Introduktsiya” atamasi lotincha “introductio”



Yüklə 1,31 Mb.
səhifə53/63
tarix14.12.2023
ölçüsü1,31 Mb.
#178087
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   63
portal.guldu.uz-intraduksiya

9-mavzu: Kamayib va yo‘qolib ketayotgan dorivor o‘simlik turlarini intorduksiyasi. Turli iqlim va tuproq sharoitlariga dorivor o‘simliklar introduksiyasi.


Reja:
1. Kamayib va yo‘qolib ketayotgan dorivor o‘simlik turlarini intorduksiyasi.
2. Turli iqlim va tuproq sharoitlariga dorivor o‘simliklar introduksiyasi
Oq parpi - Bo'yi 1,5 metrga yetadigan, kop yillik, tuganak, ildizpoyali o't. Ildizpoyasi tuganaklarning yonma-yon qo'shilishidan hosil bo'lgan. Poyalari oddiy, tik o'suvchi. Poyaning yuqori qismidagi barglari bandsiz, qolganlari bandli, yaprogi asosigacha yirik tishli bo'laklarga ajralgan. Gullari poyaning yuqori qismida ornashgan, yirik shingil hosil qiladi, qo'qitmir. Iyun-Iyulda gullab, Iyul-Avgust oylarida mevasi yetiladi. Urug' bilan kopayadi. Parpi tugunaklaridan xavfli o`smalar va limfa bezlari siliga davo sifatida ham foydalaniladi. Parpi tugunaklari spirtga solib qo`yilib, radikulit, nevralgiya, revmatizmda og`riqni qoldiradigan va chalg`itadigan dori o`rnida kasal joylarga surtib singdirish uchun ishlatiladi. Buning uchun tarkibida parpi tinkturasi bo`ladigan akofit preparatidan foydalaniladi. Parpi tinkturasi anginaga davo sifatida ishlatiladigan anginal preparati tarkibiga kiradi. Barcha hollarda ham parpi issig`ida iste`mol qilinib , ustidan ko`p suyuqlik ichish tafsiya etiladi. Yurak aritmiyasini davolashda allapenin preparati keng qo`llanilmoqda. Hitoy tabobatida bu o`simlikning bir turi plevrit, nevralgiya, revmatik og`riqlar, rakda shuningdek tirishish bilan birga o`tadigan kasalliklarda ko`p qo`llaniladi.
Boʻyimadaron (Achillea millefolium L.) — qoqidoshlar oilasining dastarbosh turkumiga mansub patsimon bargli koʻp yillik oʻt. Ildiz boʻgʻzidan boʻgʻiz barglari va poyalar oʻsib chiqadi. Poyasi bir nechta, yuqori qismi shoxlangan boʻlib, qalqonsimon toʻpgullar bilan tugallangan. Iyunda gullay boshlaydi; mevasi mayda, yassi pistacha, avg .da yetiladi. Oʻzbekistonda B. turkumining 5 turi uchraydi. B. adir va qirlar, yoʻl yoqalari va oʻrmon chekkalarida oʻsadi.

Tarkibida karotin, K va S vitamin, achchiq moddalar bor. Ekstrakti va damlamasi meʼdaichak yarasi kasalliklarini davolash, ishtaha ochish hamda qon toʻxtatish uchun ishlatiladi.
Kamyoblik dajasi 2. Qarbiy Pomir-Oloy va janubiy QizilQqumning oldi toqlaridagi kamayib borayotgan endem o`simlik. QisQqacha tavsifi. Bo`yi 30-60 sm oraliqidagi poyalari oddiy yoki sershox yarimbuta. Barglari keng tuxumsimon 3-5 bo`lakli. Tojbargi oqish. Gullari poyalarining yuqori qismida 4-6 tadan bo`lib o`rnashgan. Iyunь-avgustda gullab, iyulь-sentyabrь oylarida mevasi yetiladi.
Tarqalishi. SamarQand, Navoiy va Buxoro viloyatlari: Nurota tizmalari etaklarida, Zirabuloq, Ziyovuddin toqlarida, Zarafshon hamda Turkiston tizmalarida, shuningdek Qizilqumdagi Quljuqtoqda tarqalgan .
O`sish sharoiti. Dengiz sathidan 1200 m gacha balandlikdagi soz hamda shaqalli soz tuproqlarda shuvoq va boshqa turlardan hosil bo`lgan o`simlik qavmlarida uchraydi. Soni. Tabiatda onda-sonda va kichik to`plar hosil qilib tarqalgan. Eng zich to`plari Nurota va Oqtoqlarda uchraydi. Ko`payishi. Uruqidan ko`payadi. Uruqi 5-7 yil mobaynida unib chiqish qobiliyatini yo`qotmaydi. O`simlik soni va arealining o`zgarish sabablari. Namgarchilikning yetishmasligi, chorva mollari tomonidan payhon qilinishi va ko`p yillar mobaynida katta miqdorlarda yiqib olinishi soni va arealiga katta zarar yetkazgan. Madaniylashtirilishi. 1957-1960 yillar mobaynida Samarqand viloyatida 2 ga yerda ekib o`stirilgan. 1960 yildan beri O`zbekiston Respublikasi FА "Botanika" ilmiy ishlab chiqarish markazining Botanika boQida ekilib kelinadi. Muhofaza choralari. Nurota qo`rQqxonasida muhofaza qilinadi. Uni yiQib olishni qatiy cheklash, tabiiy holda tiklanishiga ko`maklashish zarur.

Yüklə 1,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   63




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin