Introduktsiya” atamasi lotincha “introductio”



Yüklə 1,31 Mb.
səhifə61/63
tarix14.12.2023
ölçüsü1,31 Mb.
#178087
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   63
portal.guldu.uz-intraduksiya

Nazorat savollari: ?
1) O’simliklar introduksiyasi ob’ektlari bo’lib qaysi turlar olinadi?
2) N.I. Vavilovning ta’kidlashicha o’simlikning introdusiyasining ijobiy natijasini bashoratlash nimaga bog’liq?
3) Rus olimasi K.A. Sobolevskaya (1989) ning fikricha florani yaxsha bilish introduktor uchun qanday imkoniyatlar yaratadi?
4) O’simliklar reproduktiv strategiyalarini tahlil qilish metodi (Guseynova, 2011) asosida qanday ishlarni amalga oshirish mumkin?
5) Introduksiya uchun boshlang’ich material qanday maqsadda maxsus jurnalda qayd etiladi?
2-amaliy mashg`ulot. Dorivor o‘simliklarni hayotiy shakli va areallar guruhi.
Darsning maqsadi: Dorivor o‘simliklarni bioekologik xususiyati, hayotiy shakllariva areallariga binoan guruxlash usullarini o‘rganish.
Identiv o`quv maqsadlari:

  1. Dorivor o`simliklarni bioekologik hususiyatlari haqida ma`lumotlarga ega bo`ladi.

  2. O`simliklarni hayotiy shakllari va areal guruhlariga ko`ra guruhlaydi.

Kerakli jihoz va materiallar: gerbariylar, slaydlar, rasmlar.
Ishni bajarish tartibi:
1.Dorivor o`simliklarni bioekologik hususiyatlariga nimalar kiradi?
2.O`simliklarni hayotiy shakllari va areal guruhlariga ko`ra guruhlang?
Qisqacha nazariy ma`lumot.
Unumdor va shoʼr yerlarda introduktsiya qilingan dorivor oʼsimliklar 37 oila va 90 turkumga mansub boʼlib, 111 turdan iboratdir. Ulardan 29 oila, 72 turkum va 92 turi oʼrtacha shoʼrlangan tuproqlarda introduktsiya qilingan boʼlsa, 31 oila, 64 turkum va 68 tur kuchli shoʼrlangan tuproqlarda introduktsiya qilindi. Biz izlanishlarimiz davomida ekilgan oʼsimliklarning oilalariga asoslanib, shoʼrga chidamliligiga eʼtibor berdik. 1- jadvaldan koʼrinadiki, introduktsiya qilingan dorivor oʼsimliklarning koʼp turlari Lamiaceae, Asteraceae, Apiaceae, Fabaceae, Rosaceae, Solanaceae va boshqa oilalar vakillariga mansubdir. Kuzatishlarimizda aniqlanishicha, tajribalarda koʼp turlarni tashkil etgan Asteraceae oilasi vakillari oʼrtacha va kuchli shoʼrlangan yerlarda tegishli tarzda -23,1 va 33,3%; Lamiaceae-17,6 va 27,3%; Apiaceae-25,0 va 25,0%; Rosaceae-50,0 va 100,0% gacha, Fabaceae-33,3 va 71,4%; Solanaceae 25,0 va 66,7% saqlanuvchanlikka ega boʼlgan. Shuningdek, 3-4 turdan iborat Malvaceae, Apocynaceae va Brassicaceae oilasiga mansub oʼsimliklar 50,0 va 100% gacha saqlanuvchanlikni tashkil etgan. 3.1- jadvaldan koʼrinadiki, baʼzi bir oilalar (Dioscoreaceae, Linaceae, Rubiaceae, Elaeagnaceae, Campanulaceae, Euphorbaceae, Urticaceae, Araceae) kam turlarni tashkil etgan boʼlib, ularning introduktsiyasi davomida shoʼrlanishga chidamliligi toʼgʼrisida aniq tavsif bera olmadik (3.1 jadval). Bir necha oilalarga mansub boʼlgan vakillar 1-2 turni tashkil etgan boʼlib, unuvchanlik va saqlanuvchanlik yuqori boʼlgan. Baʼzi bir oilalarga mansub boʼlgan vakillarning introduktsiya jarayonida faqatgina unuvchanligi kuzatilgan, lekin saqlanuvchanligi kuzatilmagan. Ular Saxifragaceae, Linaceae, Papaveraceae, Rutaceae, Lythraceae, Balsaminaceae, Caryophyllaceae oilalar vakillaridir. Hypericaceae, Tiliaceae, Scrophulariaceae, Plantaginaceae, Alliaceae, Primulaceae, Paeoniaceae oilalariga mansub boʼlgan oʼsimliklarning urugʼ unuvchanligi umuman kuzatilmagan. Olib borilgan kuzatishlar natijasini tahlil etadigan boʼlsak nisbiy fikrga kelamiz. 3.1- jadvalda koʼrsatilganidek, turli oilalarga mansub turlarning soni turlicha va 2 xil shoʼrlanish darajasida turlarning unuvchanlik va saqlanish koʼrsatkichi bir-biriga mos emas. Biz ularni tahlil etishda, turlar soni koʼproq boʼlgan oilalargagina nisbiy xulosa qildik. Qayd etsa boʼladiki, Rosaceae, Sola-naceae, Fabaceae va Asteraceae oilalariga mansub turlarning shoʼrga chidamlilik darajasi ancha yuqoridir. Shuningdek, shoʼrga chidamlilik xususiyatlari Malvaceae,Amarantaceae, Apocynaceae, Brassicaceae Rubiaceae va Campanulaceae vakillari uchun ham xos, degan fikrga keldik.

Ekologik parametrlar

Umumiy turlar soni



Unumdor

Sho`r

Turlar soni



Unuvchanlik ko`karuvchanlik, %



Saqlanish, %



Turlar soni



Unuvchanlik ko`karuvchanlik, %



Saqlanish, %



1

2

3

4

5

6

7

8

Kriofit






















Issiqqa chidamli






















Issiqsevar






















Yorug`da o`suvchi






















Soyada o`sa oladi






















Gigrofit






















Gidrofit






















Mezofit






















Unimdor va sho‘r tuproqlardao‘sa oladi (gliko-galofit)






















Kserofit






















Psammofit






















Glikofit

























O`simliklarning hayotiy shakllari

Umumiy turlar soni

Unumdor

Sho`r

Turlar soni



Unuvchanlik ko`karuvchanlik, %



Saqlanish,%



Turlar soni



Unuvchanlik ko`karuvchanlik, %



Saqlanish,%



O`t

1-2 yillik






















Ko`p yillik






















Liana






















Buta






















Chala buta






















Daraxt






















Nazorat savollari:
1. Introduksiya qilingan dorivor o‘simliklarni oilalarga asosan guruhlash.
2. Introdutsentlarni hayotiy shakllariga asosan guruhlash.
3.Introdutsentlarni ekologik ko‘rsatkichlariga asosan guruhlash.
Introdutsentlarni tashqi muhit omillariga munosabatini o‘rganish.

Darsning maqsadi: Talabalarda introdutsentlarning tashqi muhit omillariga munosabati haqida bilim va ko`nikmalarni shakllantirish.


Identiv o`quv maqsadlari:

1.Tashqi muhit omillari haqida malumotlarga ega bo`ladi

2.Introdutsentlarga tashqi muhit omillariga munosabatini o`rganadi


Kerakli jihoz va materiallar:slaydlar, rasmlar,jadvallar.

Qisqacha nazariy ma`lumot.


Har bir oʼsimlikni introdkutsiya sharoitida oʼrganishda ularni tashqi omillarga boʼlgan munosabatlarini belgilashmuhim ahamiyat kasb etadi. Chunki, introduktsiya sharoitining tashqi omillar introdutsent oʼsimliklarni yangi sharoitda u yoki bu darajada oʼsish va rivojlanishini belgilovchi (limit) omillar bgʼlib hisoblanadi. Tuproq sharoitiga boʼlgan munosabati. Oʼsimliklarning introduktsiya sharoitida baxolashning asosiy koʼrsatkichlari , ularning ushbu sharoitning tashki omillariga boʼlgan munosabati bilan belgilanadi. Har bir oʼsimlikning iklimlashtirishda, ularning tuprok sharoitiga boʼlgan munosabati xam muxim khrsatkichlardan biri xisoblanadi. Masalan, Turkman mandragorasi tabiiy sharoitda barg chirindilariga boy bulgan toshli-kumlok tuprokli qiyaliklarda tarkalgan. Indtroduktsiya sharoitida Turkman mandragorasi boʼz tuproklarda oʼstiriladi. E.T.Аxmedov (2002) oʼzining ilmiy izlanishlarida Oʼsimlikning tuprok sharoitiga bulgan munosabatlarini aniklash maksadida urugʼlarni boʼz tuprokda strukturasini oʼzgartirgan xolda ekib tajribalar oʼtkaziladi. Oʼsimliklarning yaxshi oʼsib rivojlanishi uchun tuprok tarkibiga barg chirindilari va qum koʼshilgan holda samarali natija berishini koʼrsatdi
Ekologik omillar qanchalik xilma-xil bo’lmasin, ularning tirik organizmlarga tasir etishi xarakteri nuqtai nazaridan ular uchun umumiy bo’lgan qonuniyatlar mavjud. Omillarning qulay tasir etuvchi kuchi optimum zona deb qaraladi yoki optimum deyiladi. Ekologik omil organizmga xaddan tashqari kuchsiz (minimum) va kuchli (maksimum) tasir etishi mumkin. Minimum va maksimum chegaralari kritik nuqta deb qaraladi. Kritik nuqtalardan ortiq kuch tasirida organizm nobud bo’ladi.
Kritik nuqtalar orasidagi chidamlik chegarasi mavjudodlarning muhit omillariga nisbatan ekologik valentligi hisoblanadi. Tashqi muhitning turli omillariga nisbatan ekologik valentliklar yig’indisi turning ekologik spektrini tashkil etadi. Organizmlarning normal hayoti uchun malum darajada sharoit talab etiladi. Agar barcha sharoitlar qulay bo’lib, ulardan biri yetarli miqdorda bo’lmasa, uni cheklovchi omil deb ataladi. Cheklovchi omil organizmni ushbu sharoitda yashashi yoki yashay olmasligini belgilab beradi (5-chizma).
1840 yilda ximik-organik, agrokimyo asoschilaridan biri Y. Libix o’simliklarning mineral oziqlanish nazariyasini ilgari suradi. U shu narsani aniqladiki, o’simliklarning rivojlanishi faqat organism uchun yyetarli miqdorda bo’lgan kimyoviy elementlar yoki moddalarga bog’liq bo’lib qolmasdan, balki yetishmaydiganlarga ham bog’liq bo’ladi. Masalan: ortiqcha suv yoki azot-tuproqda mikromiqdorda uchraydigan temir va bor yetishmasligining o’rnini bosa olmaydi. Libix o’zining “minimum qonuni”ni shakllantirdi. Bunga asosan-tuproqdagi minimum miqdorda uchraydigan oziq moddalarning miqdorini albatta oshirish kerak. “Minimum qonuni” faqat o’simlik uchungina xos bo’lmasdan, balki insonga ham xosdir. Inson salomatligi o’ziga xos moddalar bilan aniqlanadi, odatda bu moddalar organizmda judayam kam miqdorda uchraydi. Agarda bu moddalarning miqdori mumkin bo’lgan minimum chegarasidan ham pastga tushib ketsa, inson uning yetishmasligini vitamin yoki mikroelement istemol qilishi bilan to’ldiradi.
Amerikalik olim V.Shelfordning ko’rsatishicha-faqat minimumdagina uchrovchi moddalar emas, balki ortiqcha element ham hosildorlik yoki organizmlarning hayotiyligini aniqlashi mumkindir.
V. Shelford bo’yicha-ortiqcha yoki yetishmaydigan omillar-chegaralovchi bo’lib, bunga chegaralovchi omil, yoki “tolerantlik qonuni” deb ataladi. Minimum va maksimum chegaradan tashqariga chiqadigan omillar-cheklovchi omillardir. Turlarning shimolga tomon siljishiga harorat omilining yetishmasligi tasir etsa, qurg’oqchil rayonlarda (janubda) namlik yoki yuqori haroratning tasiri cheklovchi hisoblanadi. Demak, cheklovchi omillar turlarning geografik tarqalishni ham belgilaydi. Cheklovchi omillar faqatgina abiotik omil bo’lib qolmasdan, balki biotik omillar ham bo’lishi mumkin. Gulli o’simliklar turlarini biror joyga iqlimlashtirishda ularni changlatuvchi hasharotlar cheklovchi omil bo’ladi. Cheklovchi omillarni aniqlash amaliy jihatdan muhim ahamiyatga ega.



Yüklə 1,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   63




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin