Introduktsiya” atamasi lotincha “introductio”


Qalampir (dorivor) yalpiz - (Mentha piperita L.)



Yüklə 1,31 Mb.
səhifə58/63
tarix14.12.2023
ölçüsü1,31 Mb.
#178087
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   63
portal.guldu.uz-intraduksiya

Qalampir (dorivor) yalpiz - (Mentha piperita L.)
Qalampir yalpiz - Lamiaceae oilasiga mansub koʼp yillik oʼt. Oʼsimlik kulьtigen boʼlib, madaniy holda Rossiya, Ukraina, Belorus, Shimoliy Kavkaz va Oʼrta Osiyoda ekiladi. Dorivor vosita sifatida oʼsimlikning yer ustki qismi ishlatiladi. xom - ashyo tarkibida koʼp miqdorda efir-moylar mavjud boʼlib, ulardan mentol olinadi. Oʼsimlikdan olinadigan efir moylari oshqozon – ichak kasalliklarini davolashda, ishtahani ochishda va ogʼriq qoldiruvchi vosita sifatida ishlatiladi.
Qalampir yalpiz, introduktsiya sharoitida (shoʼr tuproqlarda) ildizpoyadan ekildi. Oʼrtacha shoʼrlangan tuproqlarda koʼkaruvchanlik 85,6% va saqlanish -100% ni tashkil etgan boʼlsa, kuchli shoʼrlangan tuproqlarda muvofiq holda 100 va 85,7% ni tashkil etdi. Oʼrtacha shoʼrlangan tuproqlarda oʼsimliklar asosiy poyasining balandligi 1- vegetatsiya yilida 31,0-2,49 sm va keyingi vegetatsiya yillarida 81,6-4,04-88,3-5,42 sm ga yetadi. Kuchli shoʼrlangan yerlarda esa bu koʼrsatkich 1- vegetatsiya yilida 26,2-0,93 sm va 2- vegetatsiya yilida 64,0-3,47 sm ni tashkil etadi. Аsosiy poyadagi barglar soni oʼrtacha shoʼrlangan tuproqlarda 8,0-1,26 va keyingi yillarda 39,3-3,61 ta ga koʼpaygan boʼlsa, kuchli shoʼrlangan tuproqlarda 20,6-1,47 dan 19,8-2,41 gacha koʼpaygan. Tajribalarda kuzatilishicha, dorivor yalpizning oʼrtacha shoʼrlangan (Buxoro vohasi) va kuchli shoʼrlangan (Mirzachoʼl) tuproqlarda oʼsishi va koʼpayishi jadal kechadi. Oʼsimliklarning oʼsish koʼrsatkichlari, hatto shoʼrlanmagan (Toshkent va Namangan) tuproqlarda oʼstirilgan oʼsimliklarning oʼsishi va koʼpayishiga nisbatan yuqori boʼlgan (Murdaxaev,1990; 1991). Shoʼrlangan tuproqlarda 1- vegetatsiya yilidayoq oʼsimliklarda 1- va 2- tartibli novdalar hosil boʼladi. 1- tartibli novdalarning soni 18,0-1,89 , uzunligi -27,0-2,32 sm va 2- tartibli novdalarning soni 10,4-1,44 ta va uzunligi -10,6-1,46 sm ga yetadi. 2- vegetatsiya yilida esa 1-tartibli novdalar soni 48,0-3,09 va uzunligi -58,6-3,42 sm ga va 2- tartibli novdalar soni 26,8-2,32 va uzunligi -12,6-1,58 sm ni tashkil etdi. 3- vegetatsiya yilida oʼsimliklar asosiy poyalarining zichlashishi (200- 250 ming ekz./ga) bilan 1- tartibli novdalarning oʼsishi pasayadi. Ularning soni 17,3-2,40 , uzunligi esa 19,3-2,53 sm ni tashkil etib, 2- tartibli novdalar kuzatilmagan. 3- vegetatsiya yilida oʼsimliklar shoxlanishining kamayishi bilan, generativ aʼzolarning asosiy poyaning uchki qismida shakllanganligi qayd etilgan. 3.7 va 3.8 - jadvallardan koʼrinadiki, oʼsimliklarda generativ aʼzolarning shakllanishi 2- vegetatsiya yilida koʼpaygan. 1- vegetatsiya yilida oʼsimliklarning yosh ekanligi va 3- vegetatsiya yilida oʼsimliklar poyalarining maydonda zichlashishi, ularning shoxlanishi va generativ aʼzolari sonining kamayishiga sababi boʼladi. Misol keltiramiz, oʼrtacha shoʼrlangan tuproqlarda 2- vegetatsiya yilining sentyabrida 1 tup oʼsimlikda 86,4 ta toʼp gʼunchalar, 313,56 ta toʼp gullar, 21 115,96 ta shakllangantoʼp mevalar va 94,25 ta pishgan toʼp mevalar kuzatilgan boʼlsa, 3- vegetatsiya yilining sentyabrida 57,85 ta xom toʼp mevalar va 51,66 ta yetilgan toʼp mevalar kuzatilgan. Yuqorida aytganimizdek, oʼsimliklarning oʼsishi, rivojlanishi va koʼpayishi kuchli shoʼrlangan (Mirzachoʼl) tuproqlarda ham jadal oʼtadi. 1- vegetatsiya yilida shoʼrlanish darajasining yuqoriligi oʼsimliklarning oʼsishiga xalaqit bergan boʼlsada, 2- vegetatsiya yili ular jadal koʼpayadi va oʼsadi. 1- tartibli novdalarning soni 1- vegetatsiya yilida 6,4-0,68 ta, uzunligi -12,3-0,70 sm ga yetgani kuzatilgan boʼlsa, 2- tartibli novdalar soni 14,4-0,93 ta, uzunligi 10,3-1,90 sm ga yetadi. Oʼsimliklarning generativ aʼzolari 2-vegetatsiya yilida shakllanadi: sentyabr oyida toʼp gʼunchalar -52,6-3,64; toʼp gullar -95,8-6,72; shakllangan -98,6-7,73 va yetilgan toʼp mevalar -83,4-6,04 ta ga yetadi. Shoʼrlanmagan tuproqlarda oʼsimliklar yer ustki qismlarining hosildorligi aniqlanganda, 12 marta sugʼorish va 2 marta oʼrishdan soʼng 2,80 t/ga ni tashkil etgan Shoʼrlangan tuproqlarda bu koʼrsatkich 2,50-0,11 t/ga ni tashkil etdi.



Yüklə 1,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   63




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin