O‟zbekistonda milliy iqtisodiyotning xalqaro integratsiyasiga qaratilgan davlat siyosatining asosiy maqsadi va yo‟nalishlari. Iqtisodiyotning xalqaro integratsiyasida xorijiy
investitsiyalarning tutgan o‟rni va ulardan samarali foydalanish yo‟nalishlari
Mustaqillik yillarida O‘zbekiston Respublikasi erishgach, ham siyosiy, ham iqtisodiy sohada ko‘pgina yutuqlarga erishdi. Ularning eng muhimlaridan biri – bu respublikamizning jahon hamjamiyatida faol ishtirok etib, milliy manfaatlarga mos keladigan ko‘p tomonlama siyosat yuritishi va shu asosda jahon xo‘jaligida tutgan o‘z o‘rnini mustahkamlab borishdir.
Endilikda O‘zbekiston Respublikasi tashqi siyosat maydonida borgan sari munosib o‘rinni egallab bormoqda. Qo‘yilgan ko‘pgina amaliy qadamlar O‘zbekistonning halqaro hamjamiyatda uzoq muddatli, istiqbolli yaratuvchilik faoliyatini olib borishga mo‘ljallangandir.
Boshqa davlatlar bilan bo‘ladigan iqtisodiy integratsiya davlatning har xil ehtiyojlarini qondirish va samaradorligini oshirishning muhim omili hisoblanadi va fan-texnika taraqqiyotini jaddalashtirishga, millatlararo yaqinlashuviga, aholining turmush darajasini oshirishga yordam beradi.
Xo‘jalik aloqalarining baynalminallashtirish jarayonlarining kuchayib borishida, iqtisodiyotni rivojlantirish hamda mustahkamlashda tashqi iqtisodiy omil muhim rol o‘ynamoqda. Tashqi iqtisodiy aloqalarning rivojlanish xususiyatlari va ularning ishlab chiqarishdagi samaradorligi milliy iqtisodiy barqarorlikni va uning rivojlanish xarakatini aniqlaydi. Shunga ko‘ra jahon mamlakatlari zamonaviy xalqaro iqtisodiy aloqalarni kengaytirish va chuqurlashtirishga katta e‘tibor bermoqdalar.
Ayniqsa, bu mustaqil rivojlanish yo‘liga o‘tgan respublikamiz uchun muhim ahamiyat kasb etmoqda. Sobiq Ittifoq tarkibida bo‘lgan davrda O‘zbekiston Respublikasi xorijiy mamlakatlar bilan mustaqil ravishda aloqa qilish imkoniyatidan mahrum edi. Bundan tashqari xo‘jalik yuritishning yopiq, sotsialistik boshqaruv tizimi sharoitida, kapital migratsiyasi, ishchi kuchi migratsiyasi, valyuta-kredit munosobatlari kabi xalqaro ayriboshlash turlari deyarli rivojlanmagan edi. Shuning uchun ham o‘tkazilayotgan iqtisodiy islohatlarning barchasi O‘zbekistonni jahon xo‘jaligi tizimiga teng xuquqli kirishiga va barcha mamlakatlar bilan teng huquqli hamkorligini ta‘minlashga qaratilgan.
Iqtisodiy integratsiya bir tomondan, yangi texnologiyalardan xorijiy sarmoyalardan foydalanish orqali milliy iqtisodiyotni tezda o‘stirishga ko‘maklashsa, boshqa tomondan, O‘zbekistonning boy resurslari va ishlab chiqarish imkoniyatlarining jahon xo‘jaligiga ko‘shilishi, uning umumjahon iqtisodiy imkoniyatlarini kuchaytiradi.
Integratsiya – O‘zbekiston Respublikasining jahon xo‘jaligi tizimiga kirib borshini tezlashtiradi. Shuning uchun ham O‘zbekiston iqtisodiyotida xalqaro iqtisodiy integratsion jarayonlarning borishi muhim o‘rin tutmoqda.
Xullas, O‘zbekiston nafaqat Markaziy Osiyo Hamjamiyati (MOH), MDH va Iqtisodiy Hamkorlik tashkilotlari (IHT) miqyosidagi integratsion aloqalarini kuchaytirishi, balki istiqbolda jahondagi boshqa bir qator integratsion uyushmalar bilan ham mustahkam munosabatlar o‘rnatishi lozim.
2011-2015 yillarda tarkibiy o‘zgarishlarni, iqtisodiyotning soha va tarmoqlarini diversifikatsiya va modernizatsiya qilishni izchil davom ettirish, ishlab chiqarishni texnik va texnologik yangilash, shuningdek, transport, muhandislik, kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilmalarni rivojlantirish jarayonlarini yanada chuqurlashtirishga qaratilgan faol investitsiya siyosati olib borildi.
Asosiy kapitalga kiritilayotgan investitsiyalarning yalpi ichki mahsulotga nisbatan ulushi 24 foizdan kam bo‘lmaganligi tarkibiy o‘zgartirishlarni jadal amalga oshirish va iqtisodiyotni modernizatsiya qilishni ta‘minladi.
Investitsiya loyihalarini moliyalashtirishning asosiy hajmi ichki resurslarni safarbar qilish hisobidan amalga oshirildi.
Bu mablag‘lar, avvalo, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilashni amalga oshirayotgan korxonalarning o‘z mablag‘larini ko‘paytirishi, soliq yukini yanada kamaytirish, tijorat banklarining resurs bazasini mustahkamlash va aholining tadbirkorlik faoliyatidan oladigan daromadlarini oshirish hisobidan hosil bo‘ladi.
Strategik muhim, birinchi navbatda, infratuzilmani shakllantirish, ishlab chiqarishni rekonstruktsiya qilish va modernizatsiya etishga qaratilgan loyihalarni amalga oshirishga ichki resurslarni jalb etishda O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi alohida o‘rin egalladi. Mazkur jamg‘armaning eng muhim vazifalaridan biri strategik investitsiya loyihalarini birgalikda moliyalashtirish maqsadida yirik xorijiy investor va sheriklarni jalb etishdir. Masalan, Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi va Osiyo taraqqiyot banki ishtirokida amalga oshirilayotgan, umumiy qiymati 1,28 milliard dollarga teng bo‘lgan Tolimarjon issiqlik elektr stantsiyasida ikkita bug‘-gaz moslamasini qurish loyihasi shular jumlasidandir.
Aynan ana shu hamkorlikning moliyaviy ko‘magida kelgusi yillar davomida O‘zbek milliy avtomagistrali uchastkalarini qurish, ichimlik suvi bilan ta‘minlash tizimlarini barpo etish va rekonstruktsiya qilish, qishloq xo‘jaligi erlarining meliorativ holatini yaxshilash, polivinilxlorid va kaustik soda ishlab chiqarish bo‘yicha yangi majmua barpo etish, qishloq xo‘jaligi texnikasi va avtomobil shinalarini ishlab chiqarishni tashkil etish kabi ko‘plab loyihalar amalga oshiriladi.
Dostları ilə paylaş: |