Zamonaviy sharoitda shunday vaziyat yuzaga keldiki, korxonalar, loyihalash va ilmiy- tadqiqot institutlari, banklar va boshqa tijorat tashkilotlari investitsiyalarni iqtisodiy asoslashning zamonaviy uslubiyoti bilan qurollanmaganligi ulardan foydalanish samaradorligiga salbiy ta‘sir
bu erda:
P – rejalashtirilgan davrdagi yillik foyda;
K – obyekt qurilishga kapital qo‘yilmalar (qurilayotgan obyektning smeta qiymati);
Ts – loyiha bo‘yicha bir yilda ishlab chiqarilgan mahsulot qiymati (ulgurji narxlarda, soliqsiz);
S – mahsulot ishlab chiqarishning yillik tannarxi;
N – savdo ustamalari summasi (chegirma va ustamalar);
I – muomala xarajatlari summasi.
Kapital qo‘yilmalarning qoplash muddati (Tkp). Mazkur ko‘rsatkich kapital qo‘yilmalar hajmining foydaga nisbati bilan aniqlanadi va quyidagi formula ko‘rinishiga ega:
Tkp (barcha korxonalar uchun umumiy)
|
K
|
|
P
|
(9.5),
|
Tkp (ishlab chiqarishda)
|
K
|
(9.6),
|
Ts – S
|
Ekp (savdoda)
|
K
|
(9.7)
|
N – I
|
O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyotining bozor munosabatlariga o‘tishi munosabati bilan yuqorida ta‘kidlangan uslubiyot ma‘naviy jihatdan eskirdi va amaliyotda undan keng foydalanish mumkin emas. Avvalo, buning sababini ko‘rsatishdan oldin, nima uchun ushbu uslubiyot ma‘naviy jihatdan eskirganligining mohiyatini oydinlashtirish zarur bo‘ladi. Xususan, kapital qo‘yilmalarning yuqorida ta‘kidlangan uslubiyotida vaqt omili hisobga olinmas edi, ya‘ni mahsulot ishlab chiqarish hajmi, uning tannarxi, foyda va rentabellik darajalari vaqt omilini hisobga olgan holda hisob-kitob qilinmas edi.
Bugungi kunda xo‘jalik yurituvchi subyektlar kapital qo‘yilmalarning samaradorligini baholashda vaqt omilini hisobga olishi va mahsulot ishlab chiqarish hajmi, uning tannarxi, foyda va rentabellik darajalarining vaqt mobaynida o‘zgarishini baholashi lozimdir. Bunday operatsiya diskontlashtirish deb nomlandi.