Investitsiya


Mavzu. Rivojlantirish davlat dasturlarini shakllantirish va moliyalashtirish



Yüklə 0,69 Mb.
səhifə73/128
tarix22.10.2023
ölçüsü0,69 Mb.
#159520
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   128
Investitsiya va innovatsiya Ma\'ruza materiallari (1)

Mavzu. Rivojlantirish davlat dasturlarini shakllantirish va moliyalashtirish




Reja:

  1. O‘zbekiston Respublikasining rivojlantirish davlat dasturi, uning mazmuni, asosiy maqsadi, tamoyillari, shakllantirish tartibi bosqichlari va muddatlari. Markazlashgan va markazlashmagan investitsiyalarni yo‘naltirish.

  2. Muhim investitsiya takliflarining yig‘ma ro‘yxati asosida investitsiya loyihalari portfelini shakllantirish va tasdiqlash jarayoni.

  3. Rivojlantirish davlar dasturlarini amalga oshirish ustidan nazorat.



Tayanch iboralar: rivojlantirish davlat dasturi, texnik-iqtisodiy asosnoma, investitsiyalarni moliyalashtirishning markazlashgan manbalari, investitsiyalarni moliyalashtirishning markazlashmagan manbalari.


    1. O‟zbekiston Respublikasining rivojlantirish davlat dasturi, uning mazmuni, asosiy maqsadi, tamoyillari, shakllantirish tartibi bosqichlari va muddatlari. Markazlashgan va


markazlashmagan investitsiyalarni yo‟naltirish.


Investitsiya dasturi (keyingi o‘rinlarda dastur deb ataladi) – bu Respublika iqtisodiyotini barqaror va tadrijiy rivojlantirishga erishishga, tabiiy, mineral xom-ashyo, moliyaviy, moddiy va mehnat resurslaridan oqilona foydalanish yo‘li bilan Respublikaning ayrim tarmoqlari va mintaqalarini tarkibiy o‘zgartirishning asosiy ustuvorliklarini va strategik vazifalarini amalga oshirishga yo‘naltirilgan bir - biri bilan o‘zaro bog‘langan chora – tabdirlar kompleksidir.
O‘zbekistonda investitsiya dasturining ustuvorliklarini belgilashda va mamlakatimizga chet el kapitalini jalb etishda davlatning ustuvorligi saqlanib kelinmoqda. Birinchi bosqichda (1992 – 1993 yillar) islohatlar siyosatida keng investitsiyalar dasturi va davlat korxonalariga markazlashtirilgan kreditlar ajratish nazarda tutildi, bu esa kattagina byudjet taqchilligiga olib keldi. Ikkinchi bosqichda (1994 – 1996 yillar) islohatlar siyosati byudjet boshqaruvini kengaytirishga qaratilgan qattiq moliya siyosati bilan ajralib turdi. Islohatlarning uchinchi bosqichida (1997 – 1999 yillar) savdo va valyuta cheklashlarining kuchayishi, ochiq valyuta kursining joriy qilinishi, moliya sektorini isloh qilish, soliq tizimini mustahkamlash, import qat‘iy cheklashlarning joriy qilinishi bilan tavsiflandi. Islohatlarning xozirgi bosqichida savdo, valyuta cheklashlarini erkinlashtirish va soliq islohatlarini o‘tkazish (soliqlarning rag‘batlantiruvchi rolini oshirish) qishloq xo‘jaligi va moliya sektorini isloh qilish yirik korxonalarni xususiylashtirish su‘atlarini jadallashtirish, iqtisodiyotni monopoliyadan chiqarish va yashashga qobil davlat korxonalarini qayta tashkil qilish hamda zarar ko‘rib ishlaydiganlarni tugatish va boshqalarni nazarda tutadi.
Investitsiya dasturini shakllantirishning asosiy tamoyillari bo‘lib quyidagilar hisoblanadi:

  • investitsiya jarayonlarini boshqarish sohasida davlat siyosatini amalga oshirish, maqbul shartlarda xorijiy investitsiyalarni va kreditlarni jalb etish, shuningdek loyihalarni tanlab olish va ularning amalga oshirilishi monitoringini olib borish asosida ulardan samarali foydalanish mexanizmini yaratish;

  • belgilangan davlat ustuvorliklari asosida eng muhim tarmoqlarini va faoliyat sohalarni qo‘llab quvvatlash;

  • ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan tarmoqlarni (ta‘lim, soliqni saqlash) birinchi navbatda, moliyalashtirish;

  • mineral xom-ashyo resurslarini va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini chuqur qayta ishlashni, tayyor mahsulotni tashqi bozorda raqobatbardoshligigi darajaga etkazishga yo‘naltirilgan ishlab chiqarishni jadal rivojlantirishga qaratilgan investitsiya loyihalarini qo‘llab quvvatlash;

  • transport infratuzilmasini rivojlantirish va takomillashtirish;

  • tarkibiy o‘zgarishlar vazifalari va amalga oshirilayotgan investitsiya siyosatiga muvofiq mablag‘ qo‘yishning o‘zaro manfaatliligi asosida xorijiy sarmoyalarni jalb qilish, tomonlarning investitsiya majburiyatlari asosida shartnomalar tuzish amaliyotini joriy etish;

  • investitsiya loyihalarni investitsiya dasturining aniq ro‘yxatiga oldindan belgilangan mezonlar asosida kiritish;

  • ilgari boshlangan ob‘ektlarni tugallash uchun markazlashtirilgan investitsiyalarni, birinchi navbatda, ajratish.

Loyihalarni tanlab olishda ularning samaradorligi, respublika iqtisodiyoti ayrim tarmoqlarini va mintaqalarini rivojlantirish ustuvorliklari, mahsulot sotish ko‘rsatkichlari, shu jumladan eksportga yo‘naltirilganlik, butlovchi buyumlar va kompanentlar ishlab chiqarishni mahalliylashtirishda qatnashish va shu kabilar asosiy mezonlar hisoblanadi.
Investitsiya dasturida loyihaning baholash qiymati, tugallanmagan qurilishi va qurilishni tugallash hamda foydalanishga topshirish uchun yillar bo‘yicha joriy narxlarda moliyalashtirishga extiyoj, moliyalashtirishning tasdiqlangan manbalari to‘g‘risidagi ma‘lumotlar ko‘rsatiladi.
Investitsiya dasturini ishlab chiqishda yirik va o‘ta muhim loyixalar alohida, katta bo‘lmagan bir tipdagi loyihalar yaxlit kiritilishi mumkin (masalan: maktablar, qishloq, vrachlik punktlari qurilishi va boshqalar).
Investitsiya dasturini ishlab chiqish va amalga oshirishi bo‘yicha barcha ishlarni O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot vazirligi muvofiqlashtirib boradi.
Investitsiya dasturi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qarori bilan tasdiqlanadi.



Yüklə 0,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   128




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin