O‘zbekiston Respublikasi tiklanish va taraqqiyot fondi
2 812 743
1.5
Hukumat kafolati ostidagi xorijiy investitsiyalar va kreditlar
6 591 528
2.
Markazlashmaganinvestitsiyalar:
45696782
2.1
Korxona mablag‘lari
16 981 877
2.2
Tijorat banklari kreditlar va boshqa qarz mablag‘lari
- ATB "Qishloq qurilish bank" ning namunali loyihalar bo‘yicha imtiyozli kreditlari
7 487 400
1 642 575
2.3
To‘g‘ridan – to‘g‘ri investitsiyalar va kreditlar
9 424 355
2.4
Aholi mablag‘lari
11 803 150
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 23 dekabrdagi ―O‘zbekiston Respublikasining 2017 yilgi Investitsiya dasturi to‘g‘risida‖gi Qaroriga muvofiq 2017 yilgi Investitsiya dasturining asosiy parametrlari tasdiqlandi.
Jadval ma‘lumotlaridan ko‘rinadiki, 2017 yil uchun investitsiya dasturda kapital qo‘yilmalarning hajmi 61 403 402 million so‘mni tashkil etgan. Shuningdek investitsiya dasturi moliyalashtirish manbalarining asosiy qismi markazlashmagan investitsiyalari tashkil etadi. Bunda korxona mablag‘lari 2017 yilda 16 981 877 mln. so‘m rejalashtirilgan, investitsiya dasturini moliyalashtirish manbalarining katta hajmi korxona mablag‘lariga to‘g‘ri kelmoqda. Oxirgi yillarda investitsiya loyihalarini dastur asosida moliyalashtirishda tijorat banklari ham o‘z kredit mablag‘lari bilan aktiv qatnashmoqda.
Ustuvor yo‘nalishlarga quyidagilarni kiritish mumkin:
Birinchi ustuvor yo‘nalish – ommaviy turar joy qurilishi;
Ikkinchi ustuvor yo‘nalish – zamonaviy kommunikatsiya vositalari, transport va aloqa vositalarini ishlab chiqarish, transport va informatsiya tarmoqlarini yaratish va modernizatsiya qilish;
Uchinchi ustuvor yo‘nalish - yuqori texnologiyalar. Yuqori texnologik va jaxon bozorlarida raqobatbardosh, import mollarining o‘rnini bosa oladigan tovarlarni ishlab chiqarishni tashkil etish;
To‘rtinchi ustuvor yo‘nalish – zaxiralarni tejovchi ekologik toza texnologiyalar. Mineral boyliklarni er ostidan qazib olish va tabiiy xom – ashyoni to‘liq va kompleks qayta ishlash uchun eng yangi fan – texnika yutuqlaridan foydalanish;
Beshinchi ustuvor yo‘nalish – fermerlik va dexqon xo‘jaliklari tarmog‘i, ishlab chiqarish, qayta ishlash, qadoqlash, transportirovka qilish, sotish va shifobaxsh qo‘shilmalari bo‘lgan ekologik va oziq-ovqat mahsulotlari bo‘yicha andozalarga amal qilgan holda nazorat qilish texnologiyasini o‘zlashtirib olgan qayta ishlovchi va savdo korxonalarning ko‘magi asosida ekologik toza oziq- ovqat mahsulotlarini chiqarish.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 18 dekabrdagi PQ-3437-sonli «O'zbekiston Respublikasining rivojlanish davlat dasturlarini shakllantirish va moliyalashtirishning yangi tartibini joriy etish to'g'risida» Qarori qabul qilindi.
«O'zbekiston Respublikasining rivojlanish davlat dasturlarini shakllantirish va moliyalashtirishning yangi tartibini joriy etish to'g'risida» Prezident Qaroriga doir atamalar sifatida quyidagilar keltirildi: