Investitsiyalar va moliya bozori


Birja savdosini kengaytirish va takomillashtirish uchun moliyaviy vositalardan foydalanish



Yüklə 1,16 Mb.
səhifə14/23
tarix20.11.2023
ölçüsü1,16 Mb.
#164447
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   23
Toshkent fond birjasi

Birja savdosini kengaytirish va takomillashtirish uchun moliyaviy vositalardan foydalanish.
Xosilaviy moliyaviy instrumentlar bozori yoki derivativlar moliya bozorining eng tez rivojlanayotgan segmentlaridan biri hisoblanadi. Moliyaviy globallashuv sharoitida bozor iqtisodiyoti sharoitida hosilaviy moliyaviy vositalar keng tarqaldi. Hosilaviy instrumentlar moliyaviy bozorning rivojlanishi va uning imkoniyatlaridan foydalanish moliyaviy bozorning turli subyektlari faoliyatini takomillashtirishga yordam beradi.
Buning uchun tizimni optimallashtirish va yangi savdo maydonchalarini yaratishni taklif qiluvchi Savdo tizimiga (EPTK) tegishli o‘zgarishlar kiritiladi:
- qimmatli qog‘ozlarga fyuchers sotish uchun savdo maydonchasi;
- qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha optsionlarni sotish uchun savdo maydonchasi.
Qimmatli qog‘ozlar fyuchers sotish uchun savdo maydonchasida quyidagi turdagi qimmatli qog‘ozlar uchun savdo fyucherslar:
sotish uchun fyucherslar;
 sotib olish uchun fyucherslar.
Emitentning optsionlarini sotish uchun savdo maydonchasida quyidagi turdagi
optsiyalar bo‘yicha bitimlar bajariladi:
 sotish (qo‘yish) optsiyasi (put);
 sotib olish opsiyasi (call);
 varrant.
Market-meykerlar institutini tashkil qilish:
 tijorat banklari va ayrim qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha marketmeyker vazifasini bajaruvchi sug‘urta kompaniyalari ro‘yxatini ishlab chiqish va tasdiqlash;
 tijorat banklari va sug‘urta kompaniyalari tomonidan ikki tomonlama kotirovka qilish mumkin bo‘lgan qimmatli qog‘ozlar emitentlarini tanlash.
 market-meyker vazifasini bajarish uchun moliyaviy tomondan o‘zini o‘zi ta'minlaydigan investitsiya vositachilarini aniqlash.



4.1-rasm. “Toshkent”RFB tashkiliy tuzilmasi.14
Birjaning yuqori turuvchi organi Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi (AUY) hisoblanadi. Kuzatuv kengashi o‘z zimmasiga yuklangan vazifalar yuzasidan ularning bajarilishi va ko‘rsatkichlari haqidan AUYga ma’lumotlar taqdi etib boradi va boshqaruvni amalga oshiradi. Korporativ maslahatchi va ichki audit xizmati Kuzatuv kengashiga ma’lumotlar taqdim etadi va jamiyat voshqaruvida unga yordam beradi. Kuzatuvdan keying urinda Jamiyatning ijroiya organi turadi. Ijroiya organi korxona faoliyati bilan bog‘liq barcha ishlarni olib boradi. Jamiyat raisi ijroiya organi boshlig‘i hisoblanadi. Boshqaruv raisi Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi qarori bilan shartnoma asosida saylanadi.

Yüklə 1,16 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin