In’yeksion eritmalami quyidagi holatlarda alohida talabga ko‘ra nazorat qilinadi. Steril dorilami sterilizatsiya qilingandan keyin fizik-kimyoviy ko‘rsatkichlari bo‘yicha nazorat qilinadi: tashqi ko‘rinishi, pH ko‘rsatkichi, chinligi, ta’sir etuvchi moddalar
/niqdori. Nazorat uchun har bir seriyadagi eritmadan 1 flakon tanlab olinadi. Mexanik zarrachalar bor yo‘qligi sterilizatsiyagacha va undan so‘ng maxsus ko‘rsatma bo‘yicha tekshiriladi. Flakonlar tozaligini ham tekshiriladi. Maxsus ko‘rsatmaga asosan pirogen moddalar bor-yo‘qligi va sterillanganligi biologik laboratoriyalarda tekshirib ko‘riladi. Alohida tayinlangan provizor-texnolog yoki farmatsevt nazorati ostida eritmalar sterillanadi. Bular jumalga yozib boriladi. Kimyoviy tahlil natijalari ham maxsus jumalga yozib boriladi. In’eksion dorilar sifati hamma bosqichlar bo‘yicha nazorat qilinadi. Fizik- kimyoviy ko‘rsatkichlari, mexanik zarrachalaming bo‘lishi, qopqog‘i yaxshi yopilmaganligi natijasida sterilligining yo‘qolishi in’eksion eritmaning buzilganligini ko‘rsatadi. In’eksion dorilami quyidagi hollarda tayyorlab bo‘lmaydi:
kimyoviy jihatdan bir-biriga mos kelmasa;
tayyorlanishi to‘g‘risida ma’lumot bo‘lmasa;
I — sterillash tartibi, kimyoviy nazorat usuli bo‘lmasa.
In’yeksion eritmalar tayyorlashda qo‘lIaniladigan idishva yordamchi materiallarni tayyorlash Oldindan ishlatilgan va shifoxona bo‘limlaridan tushgan idishlaming qopqoqlari olinib, ichi va tashqi tomoni suvda chayiladi va 50—60°C gacha isitilgan yuvuvchi vosita eritmasiga 20—25 daqiqaga solib qo‘yiladi. So‘ngra idish yuvish mashinasi yoki chyotka yordamida yaxshilab yuviladi. 3 marta ichimlik suvi va yangi haydalgan tozalangan suv bilan chayilgan idishlar maxsus metall biksga joylashtirilib, avtoklav yoki quritgich shkafida sterillanadi (XI DF, «Sterilizatsiya» maqolasi, 2-tom, 19-bet. «Sanitamie trebovaniya i normi ustroystva, obomdovaniya i ekspluatasii aptek» SanPIN №0078—98).
Yuvilgan idishlarni sifatini nazorat qilish 1. Yuvilgan idishlarni tozalik darajasini aniqlash. Yuvilgan idishlaming ichi 3—5 ml bo‘yovchi eritma bilan chayiladi. So‘ngra bu idishni tezda ko‘p suv bilan yuviladi. Bunda idish devorida sariq dog‘ qolmasligi kerak (yog‘ dog‘lari). Bu idishning 1- darajali tozaligini ko‘rsatadi.
Bo‘yovchi eritmani tayyorlash: 70 ml 90%li etil spirtini 60°C gacha isitiladi, 0,2 g dan sudan III va metilen ko‘ki eritiladi. So‘ngra unga 10 ml 20—-25%li ammiak eritmasi va 20 ml suv qo‘shib chayqatiladi. Eritma 6 oygacha yaroqli hisoblanadi.
Yuvuvchi vositalarni to‘liq yuvilib ketganligini aniqlash.
Yuvilgan flakonlami tozalangan suvda chayiladi (flakon suv bilan to‘latilgan bo‘ladi) va bu sUvda paxta tamponi ho‘llanadi va unga 1—2 tomchi fenolftaleinning spirtli eritmasi tomiziladi. Agarda yuvuvchi vositalar qolgan bo‘Isa tampon pushti (och qizil) rangga kiradi. To ishlatilgunga qadar steril idishlar yopiq biksda saqlanadi. 0‘lchov kolbalari, kimyoviy stakanlar, voronka va yordamchi idishlar ham yuqoridagi kabi sterillanadi.
Yordamchi materiallar (paxta, doka, pergament qog‘ozlar, filtr) biks yoki og‘zi yaxshi yopiladigan bankalarga joylanib sterillanadi va yopiqligicha 3 kungacha saqlanadi. Idish
ochilgandan so‘ng bu materiallar 24 soat mobaynida ishlatilishi mumkin. Filtr yoki boshqa yordamchi materiallar steril pinset yordamida olinib, idish og‘zi zich yopib qo‘yilishi kerak. Biks yoki bankalarga yordamchi materiallami (paxtadan tampon tayyorlab, filtr qog‘oz va pergament qog‘ozini kerakli o‘lchamda kesib qo‘yib) ishlatishga tayyor holda joy lash lozim.
Kasalxona dorixonasidan uning boiimlariga sterillangan eritmalami chiqarishning j eng zamonaviy shakli ulami standart kauchuk probkali alyuminiy qalpoqcha bilan qisib berkitiladigan turli hajmli og‘zi keng standart shisha idishlarda chiqarishdir. Bunday tiqinning korpusidan tashqariga suyuqlik chiqmaydigan uchta teshigi bo‘ladi. Kauchuk qavati bu teshik ustidan ingichka shpris ignasi bilan oson teshiladi. Probkaning ikki yuzasida doira shaklidagi chiziqchasi boiib, birinchisi havo yuborish uchun, ikkinchisi shpris ignasiga eritma yig‘ish uchun mo‘ljallangan bo‘ladi. Uchinchi teshik ustida «+» ishorasi bo‘ladi. Shu teshik orqali shisha idishdagi eritmaga har qanday boshqa eritma (masalan: natriy xloming izotonik eritmasi) quyish mumkin.
4 ' ■