Izotonik konsentratsiyani hisoblash usullari Izotonik konsentratsiyani hisoblashning 3 asosiy usullaridan foydalaniladi:
Vant-Goff qonuniga asoslangan;
Raul qonuniga asoslangan;
Dori moddasining natriy xlor bo‘yicha izotonik ekvivalenti yordamida hisoblash usuli. %
Rp: Solutionis Hexamethylentetramini isotonicae 100 ml
Sterilisetur!
Da. Signa. In’eksiya uchun.
Elektrolit boimagan moddaning izotonik konsentratsiyasini hisoblashda Vant- Goffiiing quyidagi tenglamasidan foydalanish qulay:
m = 0,29 . M . v
1000
Geksametilentetraminning molekulyar og‘irligi 140,19 gateng: m = 0,29. 140,19. 100 =4,06
1000
Demak, 100 ml geksametilentetraminning izotonik eritmasini tayyorlash uchun 4,06 g geksametilentetramin kerak bo‘ladi.
Elektrolitlaming izotonik konsentratsiyasini aniqlashda yuqorida keltirilgan tenglama maxrajiga i — Vant-Goffning izotonik koeffisiyenti qo‘yiladi.
Izotonik koeffisiyent erigan modda zarrachalari sonining elektrolitik dissosiatsiya natijasida dissosiatsiyaga uchramagan dastlabki molekulalar soni nisbatan necha (marta) barobar ortishini ko‘rsatadi:
I = 1 + a (n - 1),
a — elektrolitik dissosiasiya darajasi.
n — dissosiatsiya natijasida 1 ta molekuladan hosil bo‘ladigan zarrachalar soni.
Misol: natriy xloridning izotonik konsentratsiyasini hisoblang.
Molekulyar og‘irlig‘i — 58,45; a=0,86, n=2, i - 1,86.
m = 0,29 . M . v = 0,29 . 58,45 . 100 = 0,906 %
I. 1000 1,86.1000
Izotonik konsentratsiyani hisoblashda Yant-Goff qonuni faqat kuchli elektrolitlar uchun ijobiy natija beradi. Kuchsiz elektrolitlar uchun bu usul bilan izotonik konsentratsiyani aniqlash aniq natija bermaydi. Bunday hollarda aniqroq natijani Raul qonuni bo‘yicha olish mumkin.
Raul qonuniga asoslanib izotonik konsentratsiyani hisoblash Rp: Solutionis Glucosi isotonica 100 ml Sterilisetur!
Da. Signa. In’yeksiya uchun.
Hisoblash formulasi quyidagicha:
m = 0,52 • v
At-100V
Glyukozaning 1% li eritmasini depressiyasi A t = 0,100 ga teng:
m — 0,52-100 =5,2% 0,100 • 100
Demak, bunda glyukozaning 5,2% li eritmasi izotonik ekan.