In’yeksion dori turlari


Infuzion eritmalar texnologiyasi



Yüklə 120,24 Kb.
səhifə5/7
tarix22.09.2023
ölçüsü120,24 Kb.
#147112
1   2   3   4   5   6   7
reja

Infuzion eritmalar texnologiyasi

  1. Natriy xloridning izotonik eritmasidan 1000 ml olib uni sterillang.




Avval natriy xloridni quritkich shkafida 180°C da 2 soat davomida pirogen / moddalami parchalash maqsadida qizdiriladi. Keyin apirogen suvda eritiladi. Eritma filtrlanib, tayyorlab qo‘yilgan flakonlarga quyiladi va rezina tiqin bilan yopib alyumin qopqoq bilan berkitiladi va 120°C da 12—15 daqiqa sterillanadi. Bunday tayyorlangan eritmaning saqlanish muddati 1 oy.

  1. 3%, 4%, 5% va 7% natriy gidrokarbonat eritmasi juda keng qo‘llaniladi. Lekin eritma hamma vaqt ham tiniq chiqmaydi, sterillangandan so‘ng cho‘kma, yoki xira opolessensiya pay do bo‘lishining sababi, natriy gidrokarbonat preparat yoki shishadagi kalsiy tuzlari bilan reaksiyaga kirishishi natijasidir.

Shuning uchun natriy gidrokarbonatning «kimyoviy toza» va «tahlil uchun toza» navlari (GOST 4201—79 asosida chiqarilgani) olinadi. Ko‘rsatilgan natriy gidrokarbonatda erimaydigan qo‘shimchalar miqdori juda kam bo‘lib, (0,005% dan oshmaydi), uning eritmasi tiniq bo‘lib, saqlanish muddati 1 oy . Shuning bilan birga moddaning namligi ham hisobga olinadi.
Natriy gidrokarbonatni 15—20°C haroratda eritish lozim, qattiq chayqatish mumkin emas. Idishni to‘latib yubormaslik kerak, uni 4/5 qismigacha toidirib, 1/5 qismi ochiq qoldiriladi. Aks holda sterilizatsiya vaqtida idish yorilib ketishi mumkin. Shuning uchun ham sterilizatomi bo‘shatish 20—30 daqiqadan so‘ng ya’ni u to‘liq sovigach amalga oshiriladi. Tayyor eritma 2 soat sovitilgandan so‘ng asta aralashtirilib ishlatilishi mumkin. Sterillangan eritma tiniq, rangsiz, pH ko‘rsatgichi 8,0—8,9 ga teng, saqlanish muddati 1 oy bo‘ladi.
Murakkab tuzli eritmalar texnologiyasi
Tuzli eritmalar: trisol, disol, asesol, xlosol va kvartasollardir, ular infuzion eritma sifatida har xil og‘ir holatdagi infeksion kasalliklarda (xolera, ich ketar, zaharlanish kabi oshqozon-ichak kasalliklari) ishlatiladi. Tuzli eritmalar suv-elektrolit va kislota-ishqor muvozanatini saqlaydi. Tuzli eritmalar tarkibi:

  1. Disol: Natriy xlorid 6,0

Natriy asetat 2,0
In’eksiya uchun ishlatiladigan suv 1000ml gacha
Sterillang!

  1. Trisol: Natriy xlorid 5,0

Kaliy xlorid 1,0
Natriy gidrokarbonat 4,0
In’eksiya uchun ishlatiladigan suv 1000ml gacha.
Sterillang!

  1. Asesol: Natriy xlorid 5,0

Kaliy xlorid 1,0
Natriy asetat 2,0
In’eksiya uchun ishlatiladigan suv 1000ml gacha.
Sterillang!




  1. Xlosol: Natriy xlorid 4,75

Kaliy xlorid 1,5 Natriy asetat 3,6
In’eksiya uchun ishlatiladigan suv 1000ml gacha.
Sterillang!

  1. Kvartasol: Natriy xlorid 4,75

Kaliy xlorid 1,5 Natriy gidrokarbonat 1,0 Natriy asetat 2,6
In’eksiya uchun ishlatiladigan suv 1000ml gacha.
Sterillang!

Yüklə 120,24 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin