yopishqoqlik o‘zgaradi: kichik dozalarda kamayadi, katta dozalarda oshadi;
yopishqoqlik o‘zgaradi: kichik dozalarda kamayadi, katta dozalarda oshadi;
sitoplazmaning vakuollashuvi;
membranalarning elektrolitlar va suv uchun o‘tkazuvchanligioshadi-hujayradan kaliy chiqadi, va unda natriy to‘planadi;
Nurlatilgan hujayralarda yadro o‘lchamlari oshadi, shakli o‘zgaradi.Hujayraning nurlanishdan shikastlanishining ayrimlari nurlanishdan so‘ng birdaniga paydo bo‘ladi va tezda o‘tib ketadi.Masalan, mitozlarning nurlanish tufayli sekinlashuvi.Tajribalarda aniqlanishicha, har 1 Gr dozada bo‘linishlar 1 soatga kechikadi.Bo‘linishning kechikishi ayniqsa hujayralar siklining sintetik va sintetikdan so‘ng fazalarida nurlatilganda kuchliroq namoyon bo‘ladi.Hujayralar nurlanishdan keyingi mitotik aktivligi dinamikasi nurlanish turiga va dozasiga bog‘liq.
Hujayralarning nurlanishdan halok bo‘lishining turlari quyidagicha: interfazali va mito-tik o‘lim. Nurlanish dozasi qancha katta bo‘lsa hujayra shuncha tez o‘ladi.Mitotik o‘limning asosiy sababi DNK ning shikastlanishidir.Bu shikastlanishlar xarakteri to‘g‘risida bundan oldin aytib o‘tdik.DNK larning shikastlanishi mutasiyalar bilan bog‘liq. Biologlar mutasiyalarni ikki turga bo‘ladi: genlar nuqtaviy mutasiyasi-bitta genning o‘zgarishi, xromosomli mutasiyalar (aberrasiyalar) –xromosomalarning katta qismining o‘zgarishi yoki to‘liq xromosomalarning yo‘qolishi. Somatik hujayralarda mutasiyalar oqibati unchalik katta emas.CHunki hatto bu hujayra funksiyasi o‘zgarsa yoki hujayra o‘lsa ham, ko‘p millionli to‘qimalar yoki organlar uchun bu uncha sezilmaydi.Biroq somatik hujayralardagi mutasiyalar rak kasalligiga yoki qarishga olib kelishi mumkin
Jinsiy hujayralardagimutasiyalar keyingi avlod uchun halokatli ta’sirga sabab bo‘lishi mumkin. Tuxum hujayrasiyoki spermatozoidlar rivoylanishining har qanday bosqichida ro‘y beradigan mutasiyalar avlodnind o‘limiga yoki unda jiddiy anomaliyalarga sababchi bo‘ladi.
Jinsiy hujayralardagi mutasiyalar keyingi avlod uchun halokatli ta’sirga sabab bo‘lishi mumkin. Tuxum hujayrasi yoki spermatozoidlar rivoylanishining har qanday bosqichida ro‘y beradigan mutasiyalar avlodnind o‘limiga yoki unda jiddiy anomaliyalarga sababchi bo‘ladi.
Ionlanuvchi nurlanishning organizm to‘qimalariga va organlarga ta’siri
Nurlanishning kichik dozasi yutilganda katta biologik buzilishlar yuz berishi mumkin. Nurlanish olgan obektlarning ta’siri naslga o‘tadi. SHuning uchun nurlanishdan himoyalanish katta ahamiyatga ega.
Nurlanishning bir xil dozasiga hujayraning turli kismlarining sezgirligi turlichadir, nurlanishning ta’siriga hujayralarning yadrosi eng sezgirdir. Bo‘linish qobiliyati hujayralarning eng nozik funksiyasi bo‘lgani uchun nurlanishda eng avval o‘suvchi to‘qimalar jarohatlanadi. Demak, nurlanish eng avval bola organizmi uchun (embrionlik davridan boshlaboq) xavflidir. Odam organizmining doimiy yoki davriy bo‘linib turadigan hujayralardan tashkil topgan to‘qimaga, oshqozon va ichakning shilimshiq pardasiga, qon hosil qiluvchi to‘qimalarga, jinsiyhujayra larga nurlanish halokatli ta’sir qiladi.
Nurlanish organizmga qisqa vaqt ichida ta’sir qilsa(sekundan bir necha soatgacha), unga kiruvchi nurlanish deyiladi. Agarda organizm uni uzoq vaqt davomida olsa (yillar va o‘nlab yillar davomida) unga doimiy nurlanish deyiladi. Quyidagi jadvalda turli intensivlikdagi nurlanishning organizmga ta’siri keltirilgan.