Ionlanuvchi nurlar hayvonlarning markaziy nerv tizimsiga umumiy va spesifik ta’sir etadi. Umumiy ta’sir etish reflekslari shu bilan birgalikda markaziy nerv tizimida nurlanishga javob reaksiyasi sinxronsiz o‘tadi.

Miya po‘stlog‘i va po‘stloq tagidagimarkazlarda o‘zaro ta’sirini buzilishi ionlovchi nurlar rivojlanishida katta vazifani bajaradi. Kalamushlarni umumiy nurlantirgan-da sodir bo‘ladi. Ammo local nurlantirganda sodir bo‘lmaydi.
Radioaktiv nurlarni ta’siriga eng birinchi javob reaksiyasi bioelektrik faollik bilan markaziy nerv tizimi javob beradi. YA’ni bosh miya po‘stlog‘i quyonlarni nurlanishini birinchi sekundlaridayoq 0,05 r ni sezadi. Nerv tizimsi juda yuqori radiatsion sezgirlikka egadir. Nerv tizimsi radiatsiyaning ta’siriga spesifik va nospesifik ta’sir reaksiyalariga egadir.
Xulosa qilib aytish mumkinki, rentgen nurlari, yuqori chastotali elektromagnit maydoni bilan bir xil jarayonlar hayvonlarda kechishi aniqlangan. Hayvonlarni shartli reflektorlik faoliyatida, birinchi ta’sir mexanizmida spesifik jarayonlar ham mavjuddir.
Ionlovchi radiatsiyani hayvonlarni sezish organlariga ta’siri ya’ni eshitish, tam bilish, hid sezish, vestibulyar va boshqa organlariga ta’siri umumiy xarakterda bo‘ladi.
Ionlovchi nurning teriga, ya’ni to‘qimaga ta’siri shuni ko‘rsatadiki, hayvonlarni nurlantirilganda birinchi reaksiya terida bo‘ladi. Teri birinchi navbatda radiatsiyaga sezgir bo‘ladi. Lokal nurlantirilganda ta’sir terining oldingi holatiga bog‘liqdir. Terini ionlovchi nurlar ta’sirida o‘zgarishiga 2 R nurlanish etarli. Radiasiya miqdori oshishi bi-lan terida morfologik o‘zgarishlar ro‘y beradi.

Har xil hayvonlarning ionlovchi nurlar ta’siriga javob reaksiyasi ozgina bir-biridan farq qiladi. Masalan, qo‘yning radiatsiya ta’sirida juni tushib ketadi. Xuddi shunday holat cho‘chqalarda ham ro‘y beradi. YA’ni terisi qizarib ketadi. Agarda juda yuqori miqdorda terini lokal nurlantirilsa terining kuyishi ro‘y beradi.
Hayvonlarni tuxumdonlari 25-50 R radiatsiya ta’sirida strukturaviy o‘zgarishlarga olib keladi. Radiasiyaning 500R va undan ortiq miqdorlarida tuxumdonlari o‘lchami o‘zgarib boradi. Xo‘rozlarning 600R bilan nurlantirilganda deyarli o‘zgarishlar sezilmaydi, ammo letal va subletal radiatsiyaning miqdorlarida jinsiyorganlarida o‘zgarishlar sodir bo‘ladi, ya’ni jinsiy organlari tiklanmaydi. Ma’lumki, hayvonlar boqiladigan dalalarda har xil radionuklidlar mavjud bo‘lib em-xashak bilan tirik organizmga ham o‘tadi. Bu tirik organizmda nur kasalligining elementlarini paydo qiladi. Natijada hayvonlarning go‘shti, suti orqali odam organizmiga ham o‘tishi mumkin. SHuning uchun ham radionuklidlarning ta’sirini tirik organizmda o‘rganish muhim radiatsion biofizik ahamiyatga egadir.