Radiobiologik effektlar deb biologik tizimlarga ionlanuvchi nurlanish ta’sir etganda paydo bo‘ladigan o‘zgarishlarga aytiladi. Ularni shakllanish darajasiga, yuzaga chiqish vaqtiga, joylashishiga, nurlanish dozasi bilan bog‘lanishiga, nurlatilgan organizm uchun ahamiyatiga, nasldan-naslga berilishiga qarab turlarga bo‘lishadi.
Nurlanishning tirik hujayralarga ta’siri kislorod mavjud bo‘lganida kuchayishiga kislorod effekti deyiladi.
Kislorod effekti tibbiyot klinikasida “nur kasalligi”ning rivojlanishida va nur kasalligi bilan jarohatlanishini kamaytirish masalalarida qo‘llaniladi.
Kemiruvchi hayvonlarda ko‘pincha me’yorida bo‘lgan kislorod bosimida (30-45 GPa) da zararli ta’sirida hayvonlarni radiatsiyaga bo‘lgan chidamligi ortadi. Kislorodni atrof-muhitda ortishi radiatsiyadan keyingi tiklanish holatiga ijobiy ta’sir etadi.
Xayvonlarda ralioaktiv jaroxatlarining tarqalgan belgilarining biri bu qonning ivishininsh buzilishidir, ko‘pincha gemorragik sindromini yuzaga keltiradi.
Nurlanish kasalligining o‘tqir kechishida qon hosil bo‘lishining 1- fazasida, shakillaniladigan tromboplastinlarning miqdori kamayadi.
2- faza qonning ivishi, aktiv tromboplastin ta’sirida protrombinning, trombinga utishi nurlanish kasalligida ham o‘zgaradi.
Qonning ivishi sezilarli o‘zgarishlari 3- fazada ta’sirlanadi. fibrinogenni fibringa aylanish jarayoni. Nurlanish kasalligini davomida fibrinogenni miqdoriy ko‘paishi kesqin ko‘zatiladi. Uning sifati va miqdori ham o‘zgaradi, bular oqsilni fibringa o‘tishini sekinlashtiradi.
O‘ta og‘ir kechishda utkir nurlanish kasalligida uni rivojlanishiga vaqt yo‘q, chunki xayvon xaloq bo‘ladi.
Ionlanuvchi nurlanishlarning qon ishlab chiqaruvchi organlarga ta’siri
Suyak iligi . Nurlanishga reaksiyalar suyak iligida tez namoyon bo‘ladi. Qondagi limfositlarning o‘zgarishlari ularning taloq, limfa tugunlar, limfa, ichaklar devorini falikulolarida, qalqonsimon bezida va boshqa organlarida barobariga o‘zgaradi.
Nurlanishning kichik dozalari ta’sirida qon tomirlar tonusida o‘zgarishlar ko‘zatilib, bosh-qa etiologiyali ta’surotlarga nisbatan chidamliligi ham pasayadi. Qon bosimi pasayadi. Nurlanish paytida qon tomirlarning barcha qavatlarida ham biokimyoviy va morfologik o‘zgarishlari ko‘zatiladi.
Ionlanuvchi nurlanishlarning suyak, tog‘ay va muskullarga ta’siri.
Normal suyak, tog‘aylar va paylar nurga chidamli. Ammo o‘sish davrida bolalar va o‘spirinlarda, ular nisbatan nurga sezgir. SHuningdek, sinishdan keyin bitayotgan suyaklar ham nurga sezgir. Suyaklarning nurlanishi ularda posttravmatik regenerasiyani sekinlashtiradi. Suyakdagi radiasion o‘zgarishlar o‘ta konservativ bo‘lib, mahalliy nurlashdan bir necha oylar va yillar o‘tgandan so‘ng osteonekroz rivojlanishi mumkin.