Ipoteka qimmatli qog’ozlar Elmatov Shahzod Zafar o’g’li
Denov tadbirkorlik va pedagogika institute
Annotatsiya: Mamlakatimizda iqtisodiy islohotlar bilan bir qatorda ijtimoiy sohani rivojlantirish, aholini uy-joy bilan taʼminlash boʻyicha ham qator islohotlar va chora-tadbirlar amalga oshirilib kelinmoqda. Bunda aholini uy-joy bilan taʼminlash maqsadida barcha hududlarda keng miqyosli ishlar davom ettirilayotganligini ham qayd etib oʻtish zarur. Mazkur amaliyotda tijorat banklari faol ishtirok etayotganligi, ipoteka kreditlari taqdim etilayotganligi barchamizga maʼlum. Jahon amaliyotida ipoteka kreditlash amaliyoti bilan bir vaqtda ipoteka qimmatli qogʻozlari muomalasi ham keng doirada qoʻllaniladi.
Kalit so’zlar:ipoteka, qimmatli qog’ozlar, ssuda, ipoteka obligatsiyalari.
Mortgage securities Elmatov is the son of Shahzod Zafar
Denov Institute of Entrepreneurship and Pedagogy
Abstract: In addition to economic reforms, a number of reforms and measures are being implemented in our country to develop the social sphere and provide housing to the population. It should also be noted that large-scale works are being continued in all regions in order to provide the population with housing. We all know that commercial banks are actively participating in this practice, providing mortgage loans. At the same time as mortgage lending, mortgage securities are widely used in world practice.
Key words: mortgage, securities, loan, mortgage bonds.
KIRISH
Ipoteka - bu real aktiv bilan taʼminlangan uzoq muddatli kreditdir. Kengroq taʼkidlaydigan boʻlsak, “Ipoteka – majburiyatlarni koʻchmas mulk bilan taʼminlashning bir usuli boʻlib, bunda agar garovga qoʻyuvchi oʻz majburiyatlarini bajarmasa, garovga oluvchi oʻz talablarini garovga qoʻyilgan koʻchmas mulk hisobidan qondirish huquqiga ega boʻladi”.
Ipoteka va ipoteka kreditlash amaliyotini moliyaviy taʼminlash maqsadida tijorat banklari tomonidan ipoteka qimmatli qogʻozlari muomalaga chiqarilishi
mumkin. Bunday amaliyot xalqaro tajribada keng qoʻllaniladi. Ipoteka bozori rivojlanish jarayonida bir nechta muammolarga duch kelingan.
Ipoteka qimmatli qogʻozlari bu, ipoteka amaliyotini moliyalashtirish maqsadida muomalaga chiqariladigan va uzoq muddatli ipoteka bilan taʼminlangan qimmatli qogʻozlardir. Bunda ipoteka qimmatli qogʻozlari orqali jalb qilingan mablagʻlar qayta moliyalashtirish natijasida ipoteka kreditlari taqdim etiladi. Ipoteka qimmatli qogʻozlari tasnifi va tavsifi.
Ipoteka qimmatli qogʻozlari ichida eng keng qoʻllaniladigan qimmatli qogʻoz turi bu ipoteka obligatsiyalaridir. Ipoteka obligatsiyalari muomalasi ipoteka kreditlari sekyuritizatsiyasi yuzaga kelishiga xizmat qiladi. Bunday amaliyot bozor iqtisodiyoti sharoitida quyidagilarga imkon beradi:
Aholi va tashkilotlarning boʻsh pul mablagʻlarini moliya bozoriga jalb qilish va daromadlilikni taʼminlash;
Uy-joy bozorini rivojlantirish asosida aholining uy-joyga talabini
Ipoteka amaliyotining yuzaga kelishi Qadimgi Gretsiyada yerga egalik qilish va quldorlik bilan oʻzaro bogʻlanadi. Bunda qarzga yer olgan shaxs oʻz vaqtida qarzini qaytara olmagan holatda qullikka olingani manbalarda qayd etiladi. Qadimgi Rim, umuman Yevropada esa ipoteka amaliyoti oʻrta asrlardan boshlab qoʻllanilganligi taʼkidlanadi. Ipoteka kreditlari boʻyicha qayta moliyalashtirish sxemasi Amerika qoʻshma shtatlarida 1930-yillardan boshlab keng qoʻllanila boshlangan. Aynan shu davrdan boshlab mamlakatda ipoteka kreditlash amaliyotini qoʻllabquvvatlash maqsadida ixtisoslashgan tashkilotlar, shu jumladan ipoteka agentliklari tashkil etiladi. Aqshda ipoteka kreditlari bozori rivojlangan ipoteka obligatsiyalari bozori asosida faoliyat yuritadi. Chunki ipoteka obligatsiyalari ipoteka kreditlashini amalga oshirishda banklarning qayta moliyalashtirishini taʼminlaydi.
Bir bosqichli, yevropa modeli: Ipoteka bozori boʻyicha anʼanaviy model (bitta bosqichli, yevropa modeli) bankning taʼminlangan obligatsiya tipidagi qimmatli qogʻozlarni mustaqil chiqarishi va shu asosda garovga qoʻyilayotgan koʻchmas mulkni kreditga berishi bilan tavsiflanadi. Bu model nemis modeli deb ham ataladi. Mablagʻlar jalb qilish va kredit berish muddatlari oʻrtasida vaqtinchalik farq mavjudligi, bank uchun kredit va foiz riskining yuqoriligi kabilar mazkur modelning kamchiliklari hisoblanadi. Lekin bu model asosida ipoteka kreditlashni tashkil etish nisbatan jahon amaliyotida keng qoʻllaniladi.
Ikki bosqichli model (amerika modeli): Ikki bosqichli model (amerika modeli) ipoteka bozorining berilgan ipoteka kreditlarini qayta moliyalashtirish koʻchmas mulk bilan taʼminlangan ikkilamchi qimmatli qogʻozlar bozori hisobiga amalga oshirilishi bilan tavsiflanadi. Bu modelning asosida risklarni taqsimlash gʻoyasi yotadi. Ipoteka krediti beruvchi bank uni sekʼyuritizatsiya oʻtkazish uchun tashkil etilgan maxsus tashkilotlar, yaʼni ipoteka agentlariga sotadi. Ipoteka agentlari oʻz navbatida ipoteka qimmatli qogʻozlari chiqaradilar va ularni bozorda sotadilar hamda bankni qayta moliyalashtiradi. Natijada ipoteka krediti bank balansidan chiqarilib, poteka balansiga kirim qilinadi. Kredit oʻtkazilgan vaqtdan boshlab bankda bu amaliyot boʻyicha hech qanday risk qolmaydi va yangi moliyalashtirishga ega boʻladi.
Ssuda-jamgʻarma modeli: Ssuda-jamgʻarma modelida ipoteka kreditlarini qayta moliyalashtirish ipoteka qimmatli qogʻozlari hisobiga emas, balki aniq maqsadli yoʻnaltirilgan tartibda tashkil etiladigan oʻzaro yordam kassalari prinsipi boʻyicha kelgusi qarz oluvchilarning jamgʻarmalarini jalb qilish hisobiga amalga oshiriladi.
XULOSA
Mamlakatimizda ipoteka kreditlash amaliyoti toʻgʻridan-toʻgʻri kreditlash amaliyotiga asoslanib, oʻzbekiston Respublikasining 2006 yil 4 oktyabrdagi “Ipoteka toʻgʻrisida”gi Qonuni, Vazirlar mahkamasining 2007 yil 3 yanvardagi “Uy-joy qurilishiga, uni rekonstruksiya qilishga va sotib olishga ipoteka krediti berish toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” gi 2-sonli qaroriga asosan tartibga solinadi. Ipoteka krediti uchun berilgan xalqaro va xorijiy moliya institutlari mablagʻlari hisobiga tijorat banki tomonidan beriladigan ipoteka krediti miqdori ushbu mablagʻlarni berish toʻgʻrisida tijorat banki va koʻrsatib oʻtilgan moliya institutlari oʻrtasida tuzilgan tegishli shartnomalar shartlaridan kelib chiqqan holda belgilanadi.
Ariza beruvchi tijorat banklarining oʻz mablagʻlari va jalb etilgan mablagʻlari hisobiga ipoteka krediti olish uchun: - quriladigan, sotib olinadigan uy-joy yoki koʻp kvartirali uydagi kvartira qiymatining; - uy-joyni rekonstruksiya qilish qiymatining kamida 25 foizi miqdoridagi oʻz mablagʻiga ega boʻlishi kerak.
Ushbu mablagʻlar ariza beruvchining nomiga bankda ochilgan jamgʻarma omonat hisob raqamida milliy yoki chet el valyutasida mavjud boʻlishi, shuningdek qurilayotgan uy-joy smeta qiymatining yoki rekonstruksiya qilish qiymatining 25 foizidan kam boʻlmagan miqdorda ariza beruvchi tomonidan oʻz mablagʻlari hisobiga sotib olingan qurilish materiallari tarzida boʻlishi mumkin.
Foydalanilgan adabiyotlar
Красавиной Л.Н. Международные валютно-кредитные и финансовые отношения. – М.: Финансы и статистика, 2007. – С.289.
Михайлов Д.М. Мировой финансовый рынок: тенденции и инструменты. – М.: Издательство «Экзамен», 2000. – С.150.
Авдокушин Е.Ф. Международные экономические отношения. – М.: Маркетинг, 2003.
Слепова В.А., Звоновой Е.А. Международный финансовый рынок. – М.: Магистр, 2009.
Xojimatov R.X. Xalqaro moliya bozori: nazariy qarashlar va umumiy tavsif. “Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar” ilmiy elektron jurnali. № 3, may-iyun, 2015-yil.
Vahobov А., Jumayev N., Burxonov U. Xalqaro moliya munosabatlar. Darslik.
-T.: “Sharq”, 2003.
Ataniyazov J.X., Alimardonov E. D. Xalqaro moliya munosabatlari. Darslik.T.: “O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati nashiriyoti” 2014. -333 b
Seeking Alpha - Country Stock Markets As A Percent Of World - https://seekingalpha.com/article/4225343
Киреев А.П. Международная экономика. В 2-х ч. - Ч. I. Международная микроэкономика: движение товаров и факторов производства. Учебное пособие для вузов. - М.: 1997, 416 с., С. 292-293
Khidirov N. (2020) "SPECIFIC FEATURES OF FINANCING INVESTMENT ACTIVITY OF INDUSTRIAL ENTERPRISES," International
Finance and Accounting: Vol. 2020: Iss. 1, Article 31.
Sotvoldiyev, A. I., & Xidirov, N. G. (2022). Dinamik modellarni iqtisodiyotda qoʻllanilishi. Science and Education, 3(3), 1128-1137.
Khidirov, N. G. (2021). Mechanisms and methods of financing enterprise investment projects. Journal of Economics, Finance and Management Studies, 4(05), 475-482.