Buni yodda tuting! •
Mamlakat aholisi turmush darajasining yuqori bo‘lishi iqtisodiy
farovonlikdan dalolat beradi.
•
Iqtisodiy farovonlik mamlakat bo‘yicha yaratilgan yalpi mahsulotning
ko‘pligi bilan emas, balki milliy boylikni aholi manfaatlarini ko‘zlab, adolatli
va oqilona qayta taqsimlashga bog‘liq.
1. Makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarning nominal va real qiymatlarining farqi nimada?
2. Iqtisodiy davr nima va uning qanday pallalari bor?
3. Bozor iqtisodiyoti sharoitida iqtisodiyot nega davriy ravishda tebranib
rivojlanadi?
4. Iqtisodiy o‘sish nima va u qanday o‘lchanadi?
5. Iqtisodiy o‘sishning ekstensiv va intensiv usullarining afzallik hamda kamchilik
tomonlarini aniqlang.
6. Iqtisodiy o‘sishni aholi turmush darajasining oshishi deb ta’riflash mumkinmi?
7. Iqtisodiy rivojlangan mamlakat deganda nimani tushunasiz?
8. Dunyodagi davlatlar iqtisodiy rivojlanganlik darajasiga ko‘ra qanday guruhlarga
bo‘linadi?
9. Mamlakatning iqtisodiy rivojlanganligi har doim aholi turmush darajasining
yuqori ekanligidan dalolat beradimi?
10. Aholi turmush darajasi juda past bo‘lgan davlatlarga 5 ta misol keltiring.
11. Iqtisodiy farovonlik nima va u nimaga bog‘liq?
BILIMINGIZNI SINAB KO‘RING! Rivojlangan va qashshoq mamlakatlardagi aholi jon boshiga to‘g‘ri kelgan YaIM qiymati (Xalqaro Valuta fondi ma’lumotiga ko‘ra, 2013- yil) Rivojlangan mamlakatlarda Qashshoq mamlakatlarda O ‘ rin Mamlakat AQSH doll. O ‘ rin Mamlakat AQSH doll. 1.
Lyuksembur
110573
177.
Efiopiya
483
2.
Qatar
104655
178.
Madagaskar
451
3.
Norvegiya
101271
179.
Markaziy Afrika Resp.
447
4.
Shveysariya
80276
180.
Liberiya
436
5.
Avstraliya
64157
181.
Niger
408
6.
Daniya
57999
182.
Burundi
282
7.
Shvetsiya
57297
183.
Malavi
253
8.
Singapur
52918
184.
Kongo Demokr. Resp.
237
Jadvaldan ko‘rinib turibdiki, eng rivojlangan va eng qashshoq mamlakatlarda
aholi jon boshiga hisoblangan YaIMning farqi juda katta. Lekin bu, ushbu
mamlakatlardagi odamlarning iste'mol darajasi shu darajada farq qiladi degani
emas. Chunki, Lyuksemburg, Qatar yoki Norvegiyada yashovchi oila oziq-ovqat,
kiyim-kechak yoki uy-joylarini sotib olishga sarf qiladigan mablag‘ bilan ushbu
tovarlarga Burundi, Malavi yoki Kongo Demokratik Respublikasidagi oila sarf
qiladigan mablag‘ orasidagi farq bu oilalarning boy yoki kambag‘alligigagina
bog‘liq emas. Bu oilalarning iste’mol xarajatlari mahsulot sifati, narxi, iste’mol
tovarlari tarkibiga va boshqa omillarga ham bog‘liqdir. Shularni e’tiborga olgan
va o‘z tasavvur va tahlilingizga tayangan holda, bittadan o‘quvchi bittadan
rivojlangan va qashshoq mamlakatlarni tanlang, ulardagi oilalar yashash
sharoitini solishtirib ko‘rishga harakat qiling. Bunda quyidagilarga e’tibor berish
lozim:
1) oziq-ovqat mahsulotlari turlari, ularning qayerdan va qanday narxda sotib
olinishi, qanday tayyorlanishi;
2) kiyim-kechakning turlari, ularning qayerdan va qanday narxda sotib
olinishi yoki tikilishi;
3) uy-joy, jihozlar, asbob-uskunalarning sifati va qay tariqa qurilishi, ishlab
chiqilishi yoki sotib olinishi;
4) transport vositalaridan foydalanish darajasi va sifati;
5) ijtimoiy ta'minot darajasi va sifati.