Iqtisodiy bilim asoslari 9 E. Sariqov, B. Haydarov Toshkent — 2014 «O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi»



Yüklə 1,18 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə100/153
tarix25.12.2023
ölçüsü1,18 Mb.
#196411
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   153
Iqtisodiy bilim asoslari. 9-sinf (2014, E.Sariqov, B.Haydarov)

ISH HAQI NEGA HAR XIL? 
Nima sababdan to‘qimachilik kombinatining menejeri 
oddiy ishchiga nisbatan ko‘p maosh olishini asoslashga 
urinib ko‘raylik. Ishchi va xizmatchilar maoshining ko‘p 
yoki kam bo‘lishi quyidagi omillarga bog‘liq bo‘ladi:
1. Ish kishidan qanchalik ko‘p maxsus bilim, malaka 
va tayyorgarlikni talab qilsa, u shunchalik qimmat turadi. 
Haqiqatan, katta o‘quv va malaka talab qilmaydigan, oddiy 
ishlarni bajara oladigan ishchilar juda ko‘p. Maxsus bilim 
va alohida boshqarish qobiliyatiga ega bo‘lgan tajribali 
menejerlar esa kam. Shu bois, oddiy ishchilar ishchi 
kuchining taklifi — 
S
2
, menejer xodimlar ishchi kuchi 
taklifi — 
S

dan ko‘p bo‘ladi. Bu holatda, menejerlar ish haqi — 
p
1
, oddiy ishchilar 
ish haqi — 
p

dan ko‘p bo‘lishini 24.2- chizmadan aniqlashimiz mumkin bo‘ladi.
2. Ishning natijasi, ya’ni uning evaziga yaratilgan tovar sotilgach, ish beruvchiga 
qanchalik ko‘p foyda olib kelsa, ishchi kuchi ham shunga mos ravishda yuqori 
baholanadi.
3. Ish qanchalik og‘ir va kishidan katta jismoniy kuchni talab qilsa, shuncha 
qimmat bo‘ladi. Masalan, ko‘mir koni ishchisi oddiy ishchilardan ko‘proq maosh 
oladi.
24.2- chizma.
p
S
2
D
q
Oylik ish haqi
Ishchilar soni
S
1
p
2
p
1


113
113
112
8 – E. Sariqov, B. Haydarov
4. Ish qanchalik xavfli, sog‘liqqa ziyon yetkazadigan yoki tavakkalchilikni talab 
qiladigan bo‘lsa, shuncha qimmat baholanadi.
Iqtibos
Aholini ish bilan ta’minlash muammolarini hal qilishda ham jiddiy sifat 
o‘zgarishlari ko‘zga tashlanmoqda. Biz uchun o‘ta dolzarb bo‘lgan bu masalani 
yechishda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni jadal rivojlantirish bilan birga, 
xizmat ko‘rsatish sohasi va kasanachilikning turli shakllarini keng joriy etish, 
qishloq joylarda chorvachilikni rivojlantirishni rag‘batlantirishga alohida ahamiyat 
berilmoqda.
Islom Karimovning «Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, 
O‘zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo‘llari va choralari» kitobidan
Mashq
Ishchi kuchi bozorida ishchi kuchiga talab va taklif quyidagi jadvalda berilgan:
Ishchi kuchining bozor narxini toping. 
Ish haqi
300000
400000
500000
Ishchi kuchi taklif miqdori
Ishchi kuchiga talab miqdori
300
200
100
100
200
300

Yüklə 1,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   153




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin