2) mualliflik huquqi – ilmiy, badiiy va san’at asarlari, ijro san’ati fonogrammalari, ko‘rsatuvlar, efir to‘lqini yoki kabel orqali tasvir uzatish kabilarni yaratish va ulardan foydalanish munosabatlarini qonuniy tarzda tartibga solish shakli;
3) tovar belgilari – bu savdo belgilari, nishonlari, maxsus ramzlari, nomi va boshqalarni ro‘yxatga olish, huquqiy jihatdan himoya qilish va ulardan foydalanish bo‘yicha paydo bo‘lgan munosabatlarni qonuniy tarzda tartibga solish shakli.
Sun’iy monopoliya – monopol foyda olish maqsadida tashkil etiluvchi birlashmalarning shartli (tabiiy monopoliyalardan ajratib turish uchun) nomi. Sun’iy monopoliya o‘z manfaatlari yo‘lida bozor muhiti tuzilishini ataylab o‘zgartiradi, ya’ni:
- bozorga yangi raqiblarning kirib kelishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun turli to‘siqlar hosil qiladi (xom ashyo va energiya manbalarini egallab oladi; banklarning yangi korxonalarga kredit berishini taqiqlashga harakat qiladi va boshqalar);
- ishlab chiqarishning eng yuksak darajadagi texnologiyasiga erishib, qolgan raqiblarini bu darajaga chiqishiga imkon bermaydi;
- ishlab chiqarish miqyosi samarasidan unumliroq foydalanish imkonini beruvchi nisbatan yirik hajmdagi kapitalni qo‘llaydi;
- o‘z faoliyatini yuqori darajada reklama qilish orqali boshqa raqobatchilarni bozordan siqib chiqarishga harakat qiladi.
Sun’iy monopoliyalar kartel, sindikat, trest, konsorsium, konsern kabi aniq shakllarda namoyon bo‘ladi.
O‘zbekistonda raqobatchilik muhitining vujudga kelishi va monopoliyaga qarshi qonunchilik Bugungi kunda O‘zbekistonda ham uyushmalar, konsernlar, korporatsiyalar, kompaniyalar shaklidagi monopoliyalar saqlanib qolgan bo‘lib, ular ko‘pincha tarmoq vazirliklari mavqe va vazifalariga ega bo‘ladilar. Mahsulot va xom ashyolarning alohida turlarini limit va fond ko‘rinishida taqsimlashning eskicha tizimi, shuningdek, biznesni amalga oshirish uchun ruxsat, litsenziya, sertifikatlar berish, kelishish kabi mavjud ma’muriy to‘siqlar monopolistik tendensiyalarga ko‘proq imkon yaratadi.
Shunga ko‘ra, O‘zbekistonda samarali raqobat muhitini yaratish uchun quyidagilar bo‘yicha chora-tadbirlarning amalga oshirilishi taqozo etiladi:
a) iqtisodiyotda davlat monopolizmining har qanday namoyon bo‘lishini maksimal darajada bartaraf etish. Buning uchun tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiyotni davlat tomonidan boshqarish tizimini takomillashtirish uchun nisbatan qulay shart-sharoitlarni yaratishga qaratilgan chuqur institutsional islohotlar zarur;
b) bozor sharoitida vujudga kelayotgan monopoliyalarning bozordagi o‘z ustunlik mavqelarini suiste’mol qilish imkoniyatlarining oldini olish. Davlat muassasalari raqobatning rivojlanishini ta’minlashlari lozim. Busiz samarali innovatsiyalar, past xarajatlar va narxlar, mahsulotning yuqori sifatiga erishish, boshqacha aytganda, butun iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirish mumkin emas.
Odatda AQSHdagi monopoliyaga qarshi qonunchilik nisbatan ilgariroq va mukammalroq ishlab chiqilgan, deb hisoblanadi. U quyidagi uchta qonunchilik hujjatlariga asoslanadi:
1. SHerman qonuni (1890 yilda qabul qilingan). Bu qonun savdoni yashirin monopollashtirish, u yoki bu tarmoqdagi yakka nazoratni qo‘lga olish, narxlar bo‘yicha kelishuvlarni taqiqlaydi.
2. Kleyton qonuni (1914 yilda qabul qilingan). Bu qonun mahsulot sotish sohasidagi cheklovchi faoliyatlarni, narx bo‘yicha kamsitish, ma’lum ko‘rinishdagi birlashib ketishlar, o‘zaro bog‘lanib ketuvchi direktoratlar va boshkalarni taqiqlaydi.
3. Robinson-Petmen qonuni (1936 yilda qabul qilingan). Bu qonun savdo sohasidagi cheklovchi faoliyatlar, «narxlar qaychisi», narx bo‘yicha kamsitishlar va boshqalarni taqiqlaydi.
1950 yilda Kleyton qonuniga Seller-Kefover tuzatishi kiritildi. Unda noqonuniy birlashib ketishlar tushunchasiga aniqlik kiritilib, aktivlarni sotib olish orqali birlashib ketish taqiqlandi. Agar Kleyton qonuni yirik firmalarning gorizontal ravishdagi birlashib ketishlariga to‘siq qo‘ygan bo‘lsa, Seller-Kefover tuzatishi vertikal ravishdagi birlashib ketishlarga cheklov kiritdi.
O‘zbekistonda «Monopol faoliyatni cheklash to‘g‘risida»gi qonun (1992 yil, avgust) kuchga kiritildi hamda uning asosida raqobatchilikni rivojlantirishga qaratilgan bir turkum me’yoriy hujjatlar ishlab chiqildi. Mazkur qonunga ko‘ra, bozorda ataylab taqchillik hosil qilish, narxlarni monopollashtirish, raqobatchilarning bozorga kirib borishiga to‘sqinlik qilish, raqobatning g‘irrom usullarini qo‘llash man etiladi. Qonunni buzuvchilar raqibiga yetkazgan zararni qoplashlari, jarima to‘lashlari, g‘irromlik bilan olgan foydadan mahrum etilishlari shart.
O‘zbekistonda davlatning raqobatchilik muhitini shakllantirishga qaratilgan siyosatida xususiylashtirish, davlat mulki hisobidan mulkchilikning boshqa shakllarini vujudga keltirish asosiy o‘rin tutadi. Хususiylashtirish natijasida, birinchidan, mulk o‘z egalari qo‘liga topshirilsa, ikkinchidan, ko‘p ukladli iqtisodiyot va raqobatchilik muhitini vujudga keltiradi.
Shunday qilib, O‘zbekistonda raqobatchilik muhitini vujudga keltirishning asosiy yo‘li, bu raqobatni inkor qiluvchi davlat monopoliyasidan nodavlat, turli xo‘jalik shakllarining mavjudligiga asoslangan va iloji boricha erkin raqobatni taqozo etuvchi bozor tizimiga o‘tishdir. Bu yerda raqobatchilik munosabatlarini shakllantirish, avvalo, mustaqil erkin tovar ishlab chiqaruvchilarning paydo bo‘lishini taqozo qiladi, chunki raqobatning asosiy sharti alohidalashgan, mulkiy mas’uliyat asosida o‘z manfaatiga ega bo‘lgan va tadbirkorlik tahlikasini zimmasiga oluvchi erkin xo‘jalik sub’ektlarining mavjudligi, ularning bozor orqali aloqa qilishidir.
Shu maqsadda O‘zbekistonda «Monopol faoliyatni cheklash to‘g’risida»gi qonun (1992 yil, avgust) kuchga kiritildi hamda uning asosida raqobatchilikni rivojlantirishga qaratilgan bir turkum me’yoriy hujjatlar ishlab chiqildi. Mazkur qonunga ko‘ra, bozorda ataylab taqchillik hosil qilish, narxlarni monopollashtirish, raqobatchilarning bozorga kirib borishiga to‘sqinlik qilish, raqobatning g’irrom usullarini qo‘llash man etiladi. Qonunni buzuvchilar raqibiga yetkazgan zararni qoplashlari, jarima to‘lashlari, g’irromlik bilan olgan foydadan mahrum etilishlari shart.
Iqtisodiyot va monopoliyaga qarshi amaliyot sohasidagi ahamiyatli o‘zgarishlar tegishli qonunchilik bazasini yanada takomillashtirishni taqozo etdi. Shunga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan 1996 yil 27 dekabrda «Тovar bozorlarida monopolistik faoliyatni cheklash va raqobat to‘g’risida»gi yangi qonun qabul qilindi. Ushbu qonun monopolistik faoliyat va g’irrom raqobatning oldini olish, uni cheklash, to‘xtatishning tashkiliy va huquqiy asoslari belgilab berib, respublikaning tovar bozorlarida raqobat munosabatlarini shakllantirish va samarali amal qilishga qaratilgan.
Quyidagi hatti-harakatlar monopoliyaga qarshi qonunchilikka zid hisoblanadi:
- xo‘jalik yurituvchi sub’ekt tomonidan bozordagi ustunlik holatining suiste’mol qilinishi (5-modda);
- xo‘jalik sub’ektlarining raqobatni cheklashga qaratilgan bitimlari (o‘zaro kelishilgan hatti-harakatlari) (6-modda);
- davlat boshqaruvi organlari va mahalliy hokimiyati organlarining raqobatni cheklashga yo‘naltirilgan hatti-harakatlari (7-modda);
- insofsiz raqobat (8-modda).
Monopoliyaga qarshi faol choralarni amalga oshirish uchun 1992 yilda O‘zbekistonda monopoliyaga qarshi organ Moliya vazirligining Monopoliyaga qarshi va narx siyosati bosh boshqarmasi sifatida tashkil etildi. Boshqarmaga ro‘yxatga kiritilgan monopoliya mavqeidagi korxonalar mahsuloti bo‘yicha narxlarni va rentabillikni tartibga solib turish huquqi berildi. 1996 yilda ushbu boshqarma negizida Moliya vazirligi huzuridagi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish qo‘mitasi tashkil qilindi. 2000 yilda Respublika Prezidentining «O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni riojlantirish davlat qo‘mitasini tashkil etish to‘g’risida»gi Farmoniga asosan monopoliyaga qarshi organ Moliya vazirligi tarkibidan chiqarildi va mustaqil davlat qo‘mitasiga aylantirildi. Keyinchalik mazkur qo‘mitaning faoliyatini yanada takomillashtirish va samaradorligini oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005 yil 30 apreldagi Farmoniga binoan u Monopoliyadan chiqarish, raqobatni va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat qo‘mitasiga aylantirildi.
Respublikada monopol mavqeiga ega bo‘lgan korxonalarni Davlat reestriga kiritish uchun mezonlar belgilashda jahon tajribasi hamda o‘tish davrining o‘ziga xos jihatlari hisobga olinadi. Hozirgi davrda Respublikada agar korxona ishlab chiqargan muayyan mahsulotlar bozordagi shu turdagi mahsulotning 35%idan ortiq bo‘lsa, bu korxona monopolistik korxona sifatida Davlat reestriga kiritiladi. Oziq-ovqat tovarlari guruhi uchun bunday mezon darajasi 20% deb belgilangan.