«iqtisodiy-ijtimoiy fanlar»



Yüklə 396 Kb.
səhifə1/7
tarix04.05.2023
ölçüsü396 Kb.
#107266
  1   2   3   4   5   6   7
DURBEK 2023.2




O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI ANDIJON IQTISODIYOT VA QURILISH INSTITUTI IQTISODIYOT VA QURILISH FAKULTETI
«IQTISODIY-IJTIMOIY FANLAR» KAFEDRASI


« Menejment Marketing » fanidan


KURS ISHI

Bajardi: 201-guruh talabasi


Durbek Muhammedov




Qabul qildi: Ilohomjon Ergashov

2023
MAVZU: BOSHQARISH STRUKTURALARINIG TASHKILIY TURLARI
REJA:



1

KIRISH

2

ASOSIY QISM

2.1

BOSHQARISH STRUKTURASINING MAZMUNI.



2.2

BOSHQARUVNING TASHKILIY TUZILISHI HAQIDA TUSHUNCHA

2.3

BOSHQARISH STRUKTURALARINING TASHKILIY TURLARI.

3

BOSHQARISH STRUKTURASINI QAYTA TASHKIL QILISH USULLARI, SHAKLLARI VA YO’LLARI.

4

XULOSA

5

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI

KIRISH

Mamlakatimizni 2017 — 2021-yillarda rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi doirasida o‘tgan davr mobaynida davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarini tubdan isloh etishga qaratilgan 300 ga yaqin qonun, 4 mingdan ziyod O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarorlari qabul qilindi. 11. Iqtisodiyotda davlat ishtirokini qisqartirish va xususiy sektor uchun keng yo‘l ochish maqsadida eksklyuziv huquqlarni bekor qilish va davlat ishtirokidagi kompaniyalarni xususiylashtirish hisobiga 25 dan ortiq faoliyat turi bo‘yicha monopoliyalar tugatilsin:


2022-yilda — 14 ta, shu jumladan sertifikatlashtirish xizmatlari;
2023 — 2025-yillarda — 11 ta, shu jumladan neft mahsulotlarini saqlash, temir yo‘llarda tashishda qo‘shimcha xizmatlarni ko‘rsatish, aerovokzal va vokzal oldi komplekslarini yuritish xizmatlari, temir yo‘lda ekspeditorlik xizmatlari.
Davlat boshqaruvi organlarining “Davlat — inson uchun” tamoyili asosida hududiy masalalarni hal qilishdagi mas’uliyati va javobgarligini kuchaytirish hamda ularning strategik yo‘nalishlarni rejalashtirishga qaratilgan yangi tizim yaratish maqsadida:
mahallalarda tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha tuman (shahar) hokimi yordamchilari hamda yoshlar yetakchilari tomonidan doimiy ravishda mahallani o‘rganish va tahlil qilish natijasiga ko‘ra ularni rivojlantirish bo‘yicha “yo‘l xaritalari”ni ishlab chiqish amaliyoti yo‘lga qo‘yilsin;
barcha bo‘g‘indagi davlat boshqaruvi organlarining bir yillik ish dasturini, shu jumladan jamoatchilik ishtirokida ishlab chiqish, ularning ijro holatini doimiy e’lon qilib borish amaliyoti yo‘lga qo‘yilsin;
davlat organlarida murojaatlarni tahlil qilish, ijtimoiy so‘rovlar va jamoatchilik muhokamalarini o‘tkazish natijalaridan kelib chiqib, hududlar (tuman, shahar, qishloq va mahalla) kesimida o‘z tuzilmalarining faoliyati bo‘yicha dasturlar ishlab chiqilib, e’lon qilib borilsin;
davlat boshqaruvi organlari tomonidan qabul qilinayotgan qarorlarning ijro etilishi jarayonini jamoatchilik tomonidan kuzatib borish, shu jumladan ommaviy axborot vositalarida muntazam e’lon qilib borish tizimi yaratilsin;
har bir tarmoq va hudud bo‘yicha qabul qilingan dasturlar ijrosi yuzasidan rahbarlarning hisobot berish tizimi yo‘lga qo‘yilsin.
Vazirlar Mahkamasi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda to‘rt oy muddatda mazkur bandda nazarda tutilgan tizimni samarali yo‘lga qo‘yish yuzasidan qaror loyihasini kiritsin.[1]
Hozirgi kunda biz axborot texnologiyalari rivojlanib borayotgan davrda yashamoqdamiz. Axborot globallashuvi sharoitida ya‘ni iqtisodiyotni tubdan rivojlantirish sharoitida strategik boshqaruvning turli sohalarida ijobiy o`zgarishlar bo`lishi amalga oshirilayotgan turli xil iqtisodiy islohotlarning samarali amalga oshirilishi uchun muhim vazifalardan biri sanaladi. Bozor munosabatlarining tobora jadallashuvi natijasida aloqa korxonalarini strategik boshqarishda yangi-yangi talablar paydo bo`lmoqda. Korxona muhitida tashkilot va ishchilar faoliyatini aniq maqsad sari yo‘naltirish, menejerlarning strategik rejalarini va vazifalarini amalga oshirish, tanlangan strategiyani hayotga tadbiq etish kabi faoliyatlarni bajarishga to‘g‘ri keladi. Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov ta‘kidlaganlaridek : ―...buyuk maqsadlarni o‘z oldimizga qo‘yar ekanmiz, bugungi kunning eng muhim va dolzarb vazifasi - Konsepsiyada va uni amalga oshirish strategiyasida o‘z ifodasini topgan olijanob maqsadlar barcha-barcha yurtdoshlarimiz uchun hayot mazmuni va amaliy intilishlarga aylanib borishini istardim‖1 . Bugungi kunda mamlakatimizda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini davlat boshqaruvi, iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy soha kundalik hayotga izchil joriy etish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. ―2018-yil 9-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada rivojlantirish va xavfsizligini ta‘minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan choratadbirlar natijadorligiga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Prezidentimiz axborot texnologiyalari sohasida hali qilinadigan ishlar ko‘pligi, erishilgan natijalar boshqa davlatlarga qaraganda ancha past ko‘rsatkichda ekanligini qayd etdi. Strategik boshqaruv - bu korxona faoliyatini va darajasini mustahkamlashga, mijozlarning ehtiyojlarini qondirishga, ishchilarning qobiliyatlaridan to‘g‘ri foydalanishga va ijobiy natijalarga erishishga qaratilgan boshqaruv rejasi hisoblanadi. Aloqa korxonalarida boshqaruv tizimini shakllantirish faoliyat jarayonida korxonaning har bir bo‘limi o‘zining ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish, texnik vazifalarni bajarish, ijtimoiy masalalarda va moliyaviy faoliyatda o‘zlarining funksiyalarining samarali boshqaruvi zaruratidan yuzaga keladi. Bunday vaziyatlarda muammolarni to‘g‘ri hal qilishda aniqlik, boshqaruv strategiyasini o‘zgartirish va kerak bo‘lsa tubdan isloh qilish maqsadida turli xil qarorlar, tavsiyalar va takliflarni ishlab chiqish kabi turli tadbirlar orqali korxonaning boshqaruvini samarali tashkil qilish mumkin. Yuqoridagi bildirilgan fikrlardan kelib chiqqan holda, hozirgi sharoitda aloqa korxonalarini strategik boshqarish xususiyatlarini o‘rganish dolzarb masalalardan biri deb hisoblaymiz.

Yüklə 396 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin