«iqtisodiy-ijtimoiy fanlar»


uddaburonligi, epchilligi



Yüklə 396 Kb.
səhifə6/7
tarix04.05.2023
ölçüsü396 Kb.
#107266
1   2   3   4   5   6   7
DURBEK 2023.2

uddaburonligi, epchilligi

  • serharakatliligini

  • quntli, matonatliligini

  • dadilligi, jasoratliligini

  • jo’shqin, biznesga berilib ketishini bildiradi.

    4. Konglomerat, modulli va "atomistik" strukturani barpo etish.
    "Konglomerat" - bu turli strukturalarni birgalikda qo’shib olib borilishini anglatadi. Bunday strukturani yirik korporatsiyalarda, ya'ni chiziqli, funktsional, dasturli maqsadli strukturalarning birgalikda amal qilishida ko’rishimiz mumkin.
    Axborot inqilobi byurokratiyaga bolta uruvchi modulli strukturaning, to’g’ridan-to’g’ri ma'muriy buysunuvchanlikka chek qo’yuvchi "atomistik" strukturalarning tashkil topishini taqozo etadi.


    5.. Bozor munosabatlariga o’tish jarayonida vujudga kelgan yangi tipdagi korxona, firmalarning mohiyati va mazmuni
    BOZOR IQTISODIYOTIGA O’TISH — an’anaviy va rejali buyruqbozlik tuzumidagi iqtisodiy munosabatlardan bozor munosabatlariga o’tish jarayoni. Bu jarayon iqtisodiy zarurat, chunki an’anaviy yoki rejali buyruqbozlik tizimlari barqaror iqtisodiy taraqqiyotni va xalq farovonligini ta’minlay olmay qoladi hamda Bozor iqtisodiyotiga o’tish orqali iqtisodiy ravnaqqa erishish yo’li tanlanadi. Tarixan Bozor iqtisodiyotiga o’tishning uch yo’lini ko’rsatish mumkin: 1) an’anaviy natural xo’jaligi iqtisodiyotidan Bozor iqtisodiyotiga o’tish; 2) qoloq va mustamlaka xarakteridagi iqtisodiyotdan Bozor iqtisodiyotiga o’tish; 3) rejali buyruqbozlik iqtisodiyotdan Bozor iqtisodiyotiga o’tish. Shunga ko’ra Bozor iqtisodiyotiga o’tishning ilk klassik modeli; mustamlakachilik zulmidan ozod bo’lgan Osiyo va Afrika mamlakatlari modeli; sobiq sotsialistik mamlakatlar modeli mavjud. Klassik model eng ko’hna model sifatida Yevropa mamlakatlariga xos bo’lgan. Bu yerda Bozor iqtisodiyotiga o’tish ko’p bosqichli bo’lib, asrlar davom etgan tabiiytarixiy jarayon shaklida kechgan. Dastlab an’anaviy natural xo’jalik mayda tovar xo’jaligiga, bu esa o’z navbatida asov bozor iqtisodiyotiga aylangan. Bozor iqtisodiyotiga o’tishga xos bo’lgan qonuniyatlar Yevropa mamlakatlarida dastlabki sinovdan o’tgan. Osiyo va Afrika mamlakatlari modelini amalga oshirish to’plangan tarixiy tajribaga tayandi: an’anaviy xo’jalikni bozor xo’jaligiga aylantirish mustamlakachilik zulmi sharoitida metropoliyalar ta’sirida boshlandi va ular manfaatiga xizmat qildi, bu jarayon sun’iy ravishda to’xtatilmay, aksincha mamlakatlar ozodlikka erishgan sharoitlarda ham davom etdi, bozor munosabatlari o’z tabiatiga mos tushadigan iqtisodiy zamindan — xususiy mulkchilikdan o’sib chikdi, chet elning moddiy va moliyaviy yordamiga tayandi. Bozor iqtisodiyotiga o’tish jarayoni tarixiy sakrash shaklida, ya’ni Yevropa uchun muqarrar bo’lgan tarixiy bosqichlarni o’tamay, ularni chetlagan holda an’anaviy iqtisodiyot yoxud rivojlanmagan bozor xo’jaligidan uning rivojlangan shakliga o’tish sari bormoqda. Bozor iqtisodiyotiga o’tishning eng so’nggi modeli sobiq sosialistik mamlakatlar modeli bo’lib, o’tish bu mamlakatlarda rejali buyruqbozlik iqtisodiyotini qayta qurish asosida bormoqda. Sobiq sotsialistik mamlakatlarda Bozor iqtisodiyotiga o’tishning dastlabki shart sharoiti har xil, shunga ko’ra aholi orasida bozor ko’nikmalari ham turlicha darajada saqlangan. Bu mamlakatlarda rejali buyruqbozlik xo’jaligidan bozor iqtisodiyotining zamonaviy taraqqiy etgan shakliga utiladi. O’tish jarayoni tez kechadi, chunki bu sotsializm davridan qolgan moddiy bazaga, malakali ish kuchiga va ilmiy texnikaviy salohiyatga tayanadi. Sobiq sotsialistik mamlakatlarda Bozor iqtisodiyotiga o’tish ulardan ba’zilarining davlat mustaqilligini ta’minlash bilan birgalikda kechmoqda. Bu MDH mamlakatlariga xos. Bozor iqtisodiyotiga o’tish keng va teran bozor islohotlarini talab qiladi. O’zbekistonning Bozor iqtisodiyotiga o’tish ham milliy mustaqillik va keng ko’lamli bozor islohotlarining o’tkazilishi bilan amalga oshirilmoqda.
    Korxona - bu har qanday iqtisodiy tizimda asosiy va birlamchi bo’g’in bo’lib hisoblanadi. Korxona to’g’risidagi qonunda korxona yuridik shaxs huquqlariga ega bo’lgan xo’jalik sub'ekti bo’lib, o’ziga tegishli yoki to’liq xo’jalik hisobidagi mulkdan foydalanish asosida mahsulot ishlab chiqaradi, sotadi yoki almashadi, ishlar bajaradi, xizmatlar ko’rsatadi, deb ta'kidlangan.
    Ular o’z faoliyatlarini amaldagi qonunchilikka muvofiq ravishda o’zaro raqobat va mulkchilikning barcha shakllari va ularning teng huquqliligi sharoitlarida amalga oshiradi.
    Har bir ayrim korxona yuqori boshqaruv organlari tomonidangina emas, balki korxonaning o’zidagi boshqaruvchi kichik tizim tomonidan ham boshqariladi. Korxonalar yakkaxokimlik tamoyili asosida va ayni zamonda ularning operativ-xo’jalik jihatdan mustaqil ish ko’rishi va tashabbus ko’rsatishi asosida boshqariladi. Shu sababli: Korxona boshqaruv tizimida shunchalik ijrochi sifatidagina emas, balki boshqaruvchi tizimning ishtirokchisi sifatida maydonga chiqadi. Korxonaga davlat vakili hisoblangan direktor (boshliq, boshqaruvchi) rahbarlik qiladi.
    Firma - bu korxonadan farqli o’laroq, ishlab chiqarish va noishlab chiqarish sohalarida turli-tuman tadbirkorlik faoliyatini bildiradi. Bunday nomni sanoat korxonasi, davolash muassasasi uchun ham, qurilish tresti va vositachilik tashkiloti uchun ham, savdo va konsullik faoliyati uchun ham, xodimlar tayyorlash va malakasini oshirish, sayyohlik va boshqa tashkilotlar uchun ham nisbatan ishlatish mumkin.
    Bozor munosabatlariga o’tish jarayonida butunlay yangi tipdagi firmalar vujudga keladi.
    Firmalar turlari:
    1. Lizing firmalar - bunda salohiyati qudratli xo’jalik tizimi etarlicha moliyaviy vositalari bo’lmagan boshqa bir korxonaga mashina-uskunalar va boshqa mulklarni shartnoma asosida muayyan muddatga berib turadi. Muddat tugagandan so’ng ijarachi bu mulkni qoldiq qiymati bo’yicha sotib olish huquqiga ega bo’ladi.
    2. Injiniring firmalari - ular turli inshootlar va tuzilmalarni loyihalash, qurish, foydalanishga topshirish bilan shug’ullanadi. Eksport injiniring firmalari boshqa mamlakatlarga xizmat ko’rsatadi, chet eldagi ilmiy g’oyalar va texnik ishlanmalar bozorida litsenziyalar sotadi. Texnik yangiliklarni xorijda joriy etadi, murakkab va ulkan loyihalarni amalga oshiradi, injiniring bilan birga mashina va uskunalarni eksport qilib, etkazib turadi.
    3. Konsalting firmalar - ular ishlab chiqarishning turli muammolari yuzasidan maslahatlar beradi, loyihalash bilan shug’ullanadi, xo’jalik yuritishning yangi shakllariga o’tish, boshqaruv tizimlarini takomillashtirish va shunga o’xshash faoliyat turlariga ko’maklashadi.
    4. Venchur firmalari - bu firmalarni tavakkalchilik firmalari deb ham atashadi. Ular kichik biznesning bir turi bo’lib: ilmiy-muhandislik ishlari; yangi texnika, texnologiya, tovar namunalarini yaratish; tijorat ishini tashkil etish usullarini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish; yirik firmalar va davlat ijara kontrakti buyurtmalarini bajarish; ishlab chiqarishni boshqarish bilan shug’ullanadi.
    6. Seleng firmalari - ular jismoniy va yuridik shaxslarning mulklarini jalb etish va bu mulklardan o’z ehtiyojlari bo’yicha erkin foydalanish masalalari bilan shug’ullanadilar. Bu mulklarga er maydonlari, binolar, mashina-uskunalar, pul, qimmatli qog’ozlar kiradi.
    7. Trast firmalari - bu xususiy shaxslar va tashkilotlar uchun sir saqlanadigan (ishonchli) xizmatlarni bajaradi Ular ishonchli vakil sifatida faoliyat ko’rsatadi. Trast firmalar shartnoma shartlariga binoan ishonchli vakil sifatida quyidagi xizmatlarni bajaradi:
    - korxona bankrotlikka uchragan paytda mulkni sotish;
    - nomli aktsiyalardan foydalanish huquqlarini boshqa shaxsga berish;
    - moliyaviy mablag’lar, xususiylashtirish cheklari, qimmatli qog’ozlar va hokazolardan foydalanish.


    XULOSA.

    Xulosa o`rnida shuni aytish mumkinki, boshqarish strukturasi ishlab chiqarish strukturasi bilan ham ifodalanadi. Bunda boshqarishni tashkil etishning dastlabki va belgilovchi omili ishlab chiqarish jarayoni bo’lib hisoblanadi. U o’zaro bog’langan asosiy, yordamchi va xizmat ko’rsatuvchi jarayonlardan iborat bo’lib, bu jarayonlar bo’limlar va xodimlar o’rtasida mehnat taqsimotini talab qiladi.


    Boshqarish tashkiliy tuzilmalari deganda, boshqarish bo'g'ini, b o 'g 'in tarkiblari soni, ularni bir-biriga bo'ysunishi, o 'zaro bog'liqligi tushuniladi. Boshqarishning tashkiliy tuzilmalaridagi oddiylik va tushunarlilik uning ish qobiliyati kafolatidir. Milliy xo'jalikning um um davlat boshqaruv organlari qonun chiqaruvchi, ijro, sud qismlariga bo'linadi. U lar milliy xo'jalik ko'p sonli tarm oqlarini bir butun bog'lab turadi. Boshqaruv tashkiliy tuzilmalari chiziqli-fimksional, chiziqli-shtabli turlariga bo'linadi. Barcha boshqaruv funksiyalari bajarilishini ta ’minlovchi eng yaxshi boshqaruv apparatini tashkil etish — boshqaruv tuzilm alarini takom illashtirishning asosiy masalasi
    Boshqarish strukturasi boshqarish apparatining operativ ishlashini ta'minlashi lozim. Bu faoliyat joriy vazifalarni o’z vaqtida va mohirlik bilan tez hal etishda namoyon bo’ladi. Bunga ishlab chiqarishning miqyosi, murakkabligi, boshqarish ob'ektlarining joylashuvi ham ta'sir ko’rsatadi. Shunday qilib, boshqarish strukturasi qanchalik mukammal bo’lsa, ishlab chiqarish jarayoniga ta'sir o’tkazish shunchalik samarali amalga oshiriladi.



    Yüklə 396 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   2   3   4   5   6   7




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin