2. BOSHQARUVNING TASHKILIY TUZILISHI HAQIDA TUSHUNCHA Boshqaruv tashkiliy tuzilishining oddiy va tushunarli boMishi uning ish qobiliyati yuqori bo'lishini kafolatlaydi, ya’ni boshqaruv tashkiliy tuzilm asida bosqich va bo‘g‘inlar qancha kam bo'lsa, boshqaruv shunchalik samarali boMadi. Boshqaruv
bo‘gfinlari — bu bitta yoki bir qancha vazifalar bajaruvchi mustaqil tarkibiy unsurlardir. Tuzilma unsurlari ularning bo‘linmalari va boshqaruv apparatida ishlovchilardir. Boshqaruv bosqichlari — bu boshqarish biror darajasidagi ma’lum bo‘g‘inlar yig‘indisidir. Shu belgisiga ko‘ra boshqaruvning tashkiliy tuzilmalari — ko‘p bosqichli (ko‘p bo‘g‘inli), uch, ikki bosqichii (bo‘g‘inli) boladi. Bosqichlar va bo‘ginlar o‘rtasidagi aloqa vertikal va gorizontal bo‘lishi mumkin. Vertikal bo‘g‘inlar rahbarlarning ularga bo‘ysunuvchilar o‘rtasidagi munosabatlarni, gorizontal aloqalar boshqaruvning teng huquqli bo‘g‘in va unsurlari o‘rtasidagi munosabatlarni bildiradi. Iqtisodiyot boshqaruv tashkilotlari yuqori, quyi, teng huquqli tashkilotlarga bolinadi. Yuqori tashkilotlar respublika va tarm oq boshqaruv tashkilotlariga ajratiladi. Umum davlat boshqaruv tashkilotlari ishlab chiqarishning turli tarmoqlarini birlashtiradilar. Umum davlat boshqaruv tashkilotlari Respublika Konstitutsiyasiga asoslangan holda faoliyat yuritadi. Milliy xo‘jalikni boshqarishning um um davlat tashkilotlari qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud tashkilotlariga bolinadi. Qonun chiqaruvchi oliy tashkilot – O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisidir. U xo‘jalik faoliyatini tartibga soluvchi qonun, qonuniy aktlarni tasdiqlaydi. Davlat rejalari va budjetining bajarilishi haqida hisobotni muhokama qilib tasdiqlaydi, iqtisodiyotni boshqarishning ijroiya tashkiiotlarini shakllantiradi. Milliy xo‘jalikni boshqarishning ijroiya tashkilotlariga umumiy, tarmoq va maxsus vakolatga ega tashkilotlar kiradi. Umumiy vakolatga ega ijroiya tashkilotlariga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va hokimiyatlar kiradi. Maxsus vakolatli tashkilotlar tarmoqlararo xususiyatga ega vazifalarni bajaradilar. Ular qatoriga Davlat qo‘mitalarini kiritish mumkin. Umum davlat boshqaruvi tashkiiotlarining asosiy vazifalari: fan-texnika taraqqiyotining asosiy yo‘nalishlarini belgilash, tabiiy muhitni muhofaza qilish, pul va kredit tizimiga rahbarlik qilish, soliq va daromadlarni belgilash, hisob va statistikani tashkil etish, narx, tariflar belgilash, milliy xo‘jalik tarmoqlariga rahbarlik qilish. O 'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining doim iy ish yurituvchi tashkilotlari faoliyati tarm oqlararo ilmiy-texnik ishlarga rahbarlik qilish, fan-texnika sohasida tanlov, ko‘ngilli asosda ishlarni tashkil etish kabi vazifalami bajaradi. Respublika tovar birjalarining asosiy vazifasi korxonalar bilan ham korlikda mintaqada moddiy-texnik ta’minotning barqaror va samarali tizimini tashkil etish, iste’molchi va ishlab chiqaruvchilar ohtasida barqaror mintaqaviy aloqalarni o‘rnatish, mahsulot yetkazib berishni nazorat qilish, korxonalarga ularni moddiy-texnik ta’minlashda ko'mak berishdan iboratdir. Moliya vazirligi va uning joylardagi tashkilotlari davlat va korxonalar manfaatlarini himoya etishga asoslangan butunlay yangi moliyaviy siyosatni amalga oshiradi, xo‘jalik yuritish samaradorligini so‘m bilan nazorat etishni ta ’minlaydi, shirkat va individual mehnat faoliyatini moliya-kredit vositasida tartibga solish bo'yicha choralarni belgilaydi, aholi daromadlaridan soliq olish, bozor iqtisodiyotiga mos ish usullari va shakllarini joriy etadi, budjct tashkilotlari faoliyatini moliyalashtirish tizimini o'zgartiradi, uni iqtisodiy me’yor va normativlar asosida tashkil etadi, ish sifatini oshirishni iqtisodiy rag'batlantirish va ajratilgan mablag'lardan maqbul ravishda foydalanishni iqtisodiy rag'batlantirish usullarini keng qo'llashni ta’minlaydi. Respublika Markaziy banki iqtisodiyotdagi barcha kredit va hisob-kitob munosabatlarini tashkil etuvchi va tartibga soluvchi bosh bankdir. Tijorat banklari tizimi faoliyati to'liq xo'jalik hisobi va o'z-o'zini moliya bilan ta’minlashi asosiga o'tkaziladi. Mehnat va ijtimoiy masalalar bilan shug'ullanuvchi davlat tashkilotlari va ularning joylardagi bo'linmalari to'liq bandlikni, band bo'lmagan mehnat resurslarini qayta tayyorlash va kasb o'rgatish, kadrlarga bo'lgan talabni qondirishni ta’minlaydilar. Respublika vazirliklari respublika hududidagi konsernlar, tarmoqlarini boshqarishni amalga oshiradilar. Tarmoqni boshqarish tizimiga yakka rahbarlik asosida ish yurituvchi vazir boshchilik qiladi. U kozostidagi vazirlik va unga qarashli korxonalar faoliyatiga shaxsan javobgardir. Har bir vazirlikda vazir tarmoqni boshqarishning muhim masalalarini kollegial ravishda ko‘rib chiqishni va amalga oshirishiga imkon beruvchi maslahat tashkilotlari tashkil etiladi. Bosh maslahat beruvchi tashkilot kollegiya bolib, uning tarkibiga vazir o‘rinbosarlari, boshqarma boshliqlari, korxonalar rahbarlari kiradi. Milliy xo'jalik tarmog'i tarkibida ham davlat, ham xususiy korxona, firma, aksiyador jamiyatlari faoliyat yuritadi. Ular xo'jalik hisobi asosida sanoat, qurilish, transport, savdo va boshqa sohalarda faoliyat yurituvchi tarkibiy qismlardan tashkil topadi. Tarkibiy qism bankda alohida balans va hisob raqamiga ega bo'lishi, ijara pudrati bo'yicha, xususiy sohada ish yuritishi mumkin. Korxona, firma, aksiyadorlik jamiyati tarkibiy birlikka qarashli asosiy fond va mablag'larni biriktiradi, ichki xo'jalik munosabatlarini amalga oshirish, tarkibiy birliklar o'rtasidagi munozaralarni hal etish, shuningdek , o‘z majburiyatlari bo'yicha javob garlik tartibini belgilaydilar. Tarkibiy birlik qonunda belgilangan huquq doirasida unga biriktirilgan mulkni tasarrufida, firma, aksiyador jamiyatlari nomidan boshqa tashkilotlar bilan shartnomalar tuzadilar. Korxona, firma, aksiyadorlar jamiyatlari tarkibiy birlikka o 'znomidan shartnoma tuzish va bu shartnoma bo'yicha javobgar bo'lish huquqini beradi. Korxonani boshqarish korxona to'g'risidagi qonunga asosan amalga oshiriladi. Bu qonunda ko'zda tutilgan tam oyillardan biri - butun jamoaning ham da uning a’zolari muhim qarorlarni qabul qilish va uni bajarishni nazorat qilishda ishtirok etish yo'li bilan amalga oshiriladigan o 'z-o 'zini boshqarish tamoyilidir.