«iqtisodiy-ijtimoiy fanlar»


BOSHQARISH STRUKTURALARINING TASHKILIY TURLARI



Yüklə 396 Kb.
səhifə4/7
tarix04.05.2023
ölçüsü396 Kb.
#107266
1   2   3   4   5   6   7
DURBEK 2023.2

3. BOSHQARISH STRUKTURALARINING TASHKILIY TURLARI
Tashkiliy tuzilmalar jutia turli-tuman, lekin ular umumiy izchil bog'liqlikka ega va qonuniyatlarga bo'ysunadi. Boshqarishning tashkiliy tuzilmasining asosiy turi chiziqli va funksional turlaridir. Ular birikishi asosida turli xil chiziqli-fim ksional tuzilm alar tarkib topadi
Boshqarishning quyidagi asosiy tashkiliy strukturalari mavjud:

  • Chiziqli struktura;

  • Chiziqli-shtabli struktura;

  • Funktsional struktura;

  • Chiziqli-funktsional struktura;

  • Dasturli-maqsadli struktura;


Chiziqli tuzilma uning quyi boshqaruv bo‘g‘inlari yuqori bosqichdagi rahbarga bevosita bo‘ysunishi bilan tavsiflanadi. Chiziqli tuzilmada har bir xodim bitta rahbarga bo'ysunadi va yuqori tizim bilan faqat u orqali bog'langan bo'ladi.Chiziqli tuzilmaning ijobiy tomonlari uning oddiy, ishonchli, kamxaijligidir. Har bir rahbar butun mehnat jamoasi faoliyati natijalari bo'yicha javobgar. Bu strategik va joriy qarorlarni qabul qilish huquqi markazlashishiga olib keladi. Chiziqli tuzilmalarni hal etiluvchi masalalar doirasi keng bo'lmagan, bu masalalar yechilishi oson bo'lgan hollarda qo'llash maqsadga muvofiqdir. Sof holda chiziqli boshqaruv juda kam , asosan, brigada, bo'lim , shirkat, kichik korxonalarda qo'llaniladi. Chiziqli tuzilm aning asosiy kamchiligi bo'g'inlar koordinatsiyasi puxta bo'lmaydi. Rahbar universal mutaxassis bolishi va unga bo'ysunuvchi barcha bo'g'inlar faoliyatining hamma tomonini qamrab olishi lozim. Funksional tuzilma boshqaruv vazifalarining funksional bo‘g‘inlar va rahbarlar o‘rtasida taqsirnlanishiga asoslanadi. U boshqaruv murakkablashuvi va ixtisoslashuv rivojlanishi bilan bog'liq holda vujudga kelgan. Funksional tuzilmada boshqaruvchi ko‘rsatmalar nisbatan malakali bo'ladi, lekin yakkaboshchilik tamoyiliga rioya qilinmaydi. Funksional bo‘g‘inlar soni ortishi bilan har bir bo‘g‘in mustaqil ravishda hal etuvchi m asalalar doirasi torayib boradi. Muammoning mohiyati har bir bo‘g‘in o 'z masalasini birinchi navbatda hal qilishdan manfaatdor bo'lishida emas, balki bitta ham bo'g'in bu masalani yetarli darajada asoslangan holda va to 'g 'ri hal qila olmasligi, yechim lar maydalashib, to'liq bo'lmay qolishidadir. Bu boshqaruvni murakkablashtirib, uning samaradorligini kamaytiradi. Chiziqli tuzilmani tashkil etish va funksional tuzilmaning kam - chiliklari qo'shma, biriktirilgan tuzilmalar — chiziqli-shtabli, chiziqli-funksional va boshqa tuzilmalar vujudga kelishiga sabab bo'ldi.

Chiziqli-shtabli tuzilmada chiziqli tuzilma asos qilib olinadi, lekin boshqaruvning quyi bo'g'inga ega har bir bo'g'inida ayrim muhim muammolar bo'yicha shtablar tuziladi. Shtablar malakali qarorlar tayyorlaydilar, lekin chiziqli tuzilma rahbari tasdiqlab, quyi darajaga yuboradi. U shtab tavsiyalarini koordinatsiya qiladi, muvofiqlashtiradi va natijada boshqaruv sifati yaxshilanadi. Lekin, vazifalar miqdori ko'p bo'lsa, chiziqli tuzilma rahbari vazifalari ham ortadi. Shu sababli, amaliyotda boshqa qo'shma tuzilmalar vujudga keldi.
Har bir strukturada rasmiy va norasmiy aloqalar mavjud. Rasmiy aloqalar, avvalo vertikal aloqalardir. Ular rahbarlik va bo’sunish turlariga ko’ra bir-biridan farq qiladi.
Agar rahbarlik to’laqonli bo’lib, quyi organ quyi faoliyatga doir barcha masalalarga daxldor bo’lsa, bunday aloqa chiziqli rasmiy aloqa deb ataladi.
Agar rahbarlik cheklangan bo’lib, quyi organ quyi faoliyatga doir o’zining masalalariga daxldor bo’lsa, bunday aloqa funktsional vazifaviy rasmiy aloqa deb ataladi.
Organlar o’rtasidagi vertikal aloqadan tashqari gorizontal aloqalar ham mavjud bo’lib, ular muvofiqlashtirish, uyg’unlashtirish va hamkorlik qilish tarzidagi aloqalardir.
Boshqaruv strukturasida asosiy o’rinni hokimiyatga tayanadigan rasmiy aloqalar egallaydi. Lekin norasmiy aloqalar muhimdir. Ba'zan ular tashkilotning ishini yo’lga qo’yishda hal qiluvchi ahamiyatga ega bo’ladi.
Norasmiy aloqalar turli xilda bo’lishi mumkin. Bular jumlasiga korxonadagi qarindoshlik aloqalari, unda tarkib topgan umumiy manfaatlar, masalan, kasblar, qiziqishlar, sport bilan shug’ullanish yoki do’stona munosabatlar, birga o’qiganlik va boshqalar kiradi.
Norasmiy aloqalar ham e'tibordan chetda qolmasligi kerak. Chunki:

  • norasmiy aloqalar rasmiy strukturaning barcha bo’g’inlari bilan kesishadi; qator munosabatlar ishdan tashqarida paydo bo’ladi va korxonaning barcha ishiga ta'sir ko’rsatadi;

  • norasmiy tizim o’zining ko’pgina ko’rsatkichlari bo’yicha korxona faoliyatining samarali tashkil qilishga imkon beradi.

Ammo norasmiy aloqalarning salbiy jihatlari ham yo’q emas. Ehtiyotkorlik, sezgirlik yo’q bo’lgan joyda guruhbozlik, mahalliychilik, qarindosh-urug’chilik va shunga o’xshash ko’rinishlarning sodir bo’lishi hech gap emas.
Har bir rahbar o’ziga ishonib topshirilgan bo’linma faoliyatini yakkaboshchilik asosida boshqaradi va barcha zarur qarorlarni mustaqil ravishda qabul qiladi.
Bo’ysunuvchi xodimlar faqat o’zlarining bevosita rahbarlarining farmoyishlarini bajaradilar. Yuqori turuvchi rahbar xodimlarga ularning bevosita boshlig’ini "chetlab" murojaat qilmasligi kerak. Masalan, korxona direktori tsex boshlig’ini chetlab masterga buyruq bermasligi kerak. Shu tariqa rahbarlikning vertikal liniyasi va bo’ysunuvchilarga ta'sir ko’rsatishning to’g’ridan-to’g’ri yo’li ochiladi.
Chiziqli stukturaning o’ziga xos ijobiy tomonlari va kamchiliklari bor.
Ijobiy tomonlari:

  • bunday struktura bir-biriga zid, chalkash topshiriqlar berilish hollarini kamaytiradi;

  • yakkaboshchilikni va shaxsiy javobgarlikni mustahkamlaydi;

  • bu struktura oddiy, puxta va tejamlidir;

  • bosqichlar soni kam bo’lganda boshqariluvchi ob'ekt ishiga kam kishi aralashadi;

  • vazifalar tezkor hal etiladi butun tizim samarali ishlaydi;

  • xodimlar faqat o’z rahbariga hisobot beradilar, natijada ijrochilik va intizom darajasi ancha oshadi.

Salbiy tomonlari:

  • bunday struktura oddiy, barqaror masalalarni echishga mo’ljallanganligi sababli uning doirasida kompleks masalalarni hal qilish ancha qiyin kechadi, bunday sharoitda rahbarlar ko’proq tezkor ishlar bilan band bo’lib, strategik kompleks muammolarni e'tibordan chetda qoldiradilar.

  • bunday boshqarishda teng huquqli struktura birliklari negizida gorizontal bog’lanish bo’lmaydi, bunday boshqarish sharoitida buyruqbozlik va rasmiyatchilikning paydo bo’lish xavfi kuchli chunki, strukturaning har bir bo’g’inida rahbar o’z lavozimi bo’yicha farmoyish berish uchun barcha huquqlarga ega bo’ladi.

Chiziqli-shtabli struktura har bir rahbar huzurida ixtisoslashgan xizmatlar, maslahatchilar kengashi, ya'ni shtablar tuzish orqali tashkil etiladi. Bu struktura quyidagi ko’rinishga ega:

Maslahatchilar, referentlar, yuridik xizmat bo’limi va boshqaruvchi.
Marketing tadqiqoti bo’yicha marketologlar guruhi, mehnatni muhofaza qilish xizmati, audit guruhi va boshqaruv.
Shtablarning vazifasi har xil muammolarni o’rganish orqali rahbarga qaror qabul qilishda yordam berishdan iborat. Bunday shtablarga ehtiyojning paydo bo’lishiga asosiy sabab - bu tashkilotlardagi funktsiyalarning murakkablashuvidir. Bu erda mehnat taqsimoti ikki turdagi maqsad va vazifalar bilan belgilanadi.
Chiziqli rahbarlar korxonaning bosh maqsadiga erishish yo’lidagi birlamchi vazifalarning bajarilishiga javobgar bo’lsalar, shtabdagilar esa birlamchi vazifalarga tobe bo’lgan ikkilamchi vazifalarning bajarilishiga javobgardirlar. Ular maslahat berish funktsiyasini bajaradilar. Chiziqli rahbarlarning asosiy vazifasi taklif etilgan ijobiy va salbiy maslahatlar ichidan maqsadga muvofig’ini aniqlash va uni uzil-kesil qabul qilishdan iborat.
Shtablarning tashkil qilinishi va bunday yordamchilarga ega bo’lgani uchun korxona faoliyatini boshqarish bir tomondan engillashadi, boshqa tomondan esa berilgan maslahatlar qarama-qarshi bo’lganligi sababli murakkablashadi.
Shunday hollarda har ikkala tomon o’zinikini ma'qullashga, o’z obro’larini saqlashga harakat qiladi. Natijada o’rtada nizo chiqadi.
Bu strukturaning afzalligi shundan iboratki, chiziqli rahbarlar o’z diqqatlarini ilmiy-tadqiqot ishlarga emas, balki asosan, korxonaning joriy faoliyatiga qaratadilar. Kamchiligi esa boshqaruv tizimida ortiqcha bo’g’inlarning paydo bo’lishi, boshqarish tezkorligining susayishi, boshqarish harajatlarining o’sishidadir.
Chiziqli-shtabli strukturadan farqli o’laroq boshqaruvning funktsional strukturasi rahbarlar va struktura bo’g’inlarining boshqaruv faoliyatini ixtisoslashtirishga qaratilgandir. Bunda har bir boshqaruv bo’g’iniga muayyan funktsiyalar biriktirib qo’yiladi. Masalan, biri marketingni, ikkinchisi ishlab chiqarishni, uchinchisi esa moliyani boshqarish bilan shug’ullanadi.
Boshqarish apparatini funktsional ixtisoslashtirish uning samaradorligini ancha oshiradi. Boshqarishning barcha funktsiyalarini bajarishi lozim bo’lgan universal rahbarlar o’rniga o’z sohasini puxta biladigan, o’z shtatiga ega bo’lgan, o’ziga topshirilgan ish uchastkasi uchun javob beradigan mutaxassislar apparati paydo bo’ladi.
Albatta, funktsional xizmatlar rahbarlari va mutaxassislari:

  • o’z sohasini chuqur va puxta biladigan;

  • jarayonlar va hodisalarni tahlil qilish va baholash qobiliyatiga ega bo’lgan;

  • o’z xulosa va tavsiyalarini himoya qila oladigan;

  • chiziqli struktura rahbarlarini shu tavsiyalarni amalga oshirish maqsadga muvofiqligiga ishontira oladigan kishilar bo’lishi kerak.

Funktsional bo’linmalar bevosita barcha quyi struktura bo’linmalarining faoliyatini boshqaradi. Funktsional boshqarish u yoki bu funktsiya vakolatiga taalluqli tor doiradagi masalalar bo’yicha quyi bosqich organlari va bo’linmalari faoliyatiga rahbarlikni ta'minlaydi. Masalan, korxonaning reja bo’limi tsexlarning reja byurolariga rahbarlik qiladi.

Bunda ham funktsional bo’limlar rahbarlarining vertikal bo’yicha ierarxiyasi va bo’ysunishi mavjud. Ammo chiziqli strukturadan farqli o’laroq bunday bo’ysinish ma'muriy emas, balki sof uslubiy maslahatli bo’ysinishdir. Funktsional struktura ham o’zining ijobiy va salbiy tomonlariga ega.
Salbiy tomonlari: bunda boshqaruv faoliyati chuqur ixtisoslashadi. Bu esa boshqaruv samaradorligining, kasb mahorati darajasining o’sishini ta'minlaydi, funktsional sohada muvofiqlashtirish ishini yaxshilashga erishiladi. Xizmatchilar bunga yaxshi va tez ko’nikma hosil qiladilar, moddiy harajatlarni kamaytiradi va boshqarishdagi takrorlanishlarga chek qo’yadi va hokazo.
Ijobiy tomonlari: Funktsional organlar o’ziga topshirilgan funktsiyalarni sifatli bajarishdan manfaatdor bo’lib, "begona" funktsiyalar uchun ham, butun korxonaning umumiy faoliyati uchun ham javob bermaydi. Bunda har bir rahbar o’z funktsiyalari bo’yicha farmoyish berish huquqiga ega bo’ladi. Binobarin, bu narsa: yakkaboshchilik tamoyillarining buzilishiga, ijrochilar mas'uliyatining susayishiga olib keladi, chunki ijrochi bir boshliqqa emas, bir necha boshliqqa bo’ysinadi, ko’pincha ulardan bir-biriga zid ko’rsatmalar oladi.
Funktsional strukturadagi qayd qilingan kamchiliklar, ya'ni:

  • funktsional bo’limlar ishlashlarini muvofiqlashtirish darajasining yuqori emasligi;

  • rahbarlar vazifalari va huquqlarining etarli darajada muvofiqlashmaganligi;

  • ishning pirovard natijalari uchun aniq va mas'ul xodimlarning yo’qligi;

  • funktsional bo’linmalar o’rtasida ish yuzasidan nizolarning mavjudligi;

  • boshqaruv apparatida ishga turalarcha munosabatda bo’lish hollarining mavjudligi kabilarni bartaraf etish uchun chiziqli-funktsional (aralash) turdagi boshqaruv strukturasi tuziladi.

Chiziqli-funktsional boshqaruv strukturasida asosiy boshqaruv chiziqli boshqaruv bo’lib hisoblanadi. Barcha boshqaruv bosqichlari va mustaqil uchastkalar o’z rahbariga ega bo’ladi. Rahbar ishlab chiqarish xo’jalik faoliyatini yakkaboshchilik asosida boshqarish huquqiga ega bo’ladi va faoliyat natijalari uchun to’la javobgar hisoblanadi.
Boshqaruvning chiziqli struktura sharoitida ishlaydigan rahbarlarga malakali yordam ko’rsatish uchun funktsional va idoraviy tashkilotlar tashkil etiladi va bu tashkilotlarning vazifasi boshqaruv qarorlarini tayyorlash va rahbarlarga malakali yordam berishdan iborat.
Hozirgi zamon korxonalari faoliyatidagi ko’pgina muammolarni hal etish gorizontal bo’yicha kelishib olishni va muvofiqlashni talab etadi.
Bularni mazmun va muddatlariga ko’ra kelishib olish, ishlab chiqarishning ko’pgina unsurlarini tutashtirish ishlarini turli xizmatlar bajaradi. Goho funktsional xizmatlar o’rtasidagi bu gorizontal aloqalar juda cho’zilib ketadi, baxs va nizolar bilan amalga oshiriladi. Chiziqli struktura rahbari esa ko’p sonli bo’linmalar ishini muvofiqlashtirishga juda qiynaladi.
Bu muammolarni yangi tashkiliy boshqaruv strukturalarini tuzish yo’li bilan, aniqrog’i, chiziqli-funktsional boshqaruv strukturalariga tuzatishlar kiritish yo’li bilan hal etiladi. Bunday struktura dasturli-maqsadli struktura deb ataladi.

Bunday struktura quyidagi uch ko’rinshda bo’ladi:


1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin