Iqtisodiy munosabatlar


§ 8.2. G’arbiy Yevropa davlatlarining jahon хo’jaligidagi o’rni



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə86/154
tarix29.11.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#169635
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   154
Iqtisodiy munosabatlar

§ 8.2. G’arbiy Yevropa davlatlarining jahon хo’jaligidagi o’rni 
 
Jahon хo’jaligi va ХIMda G’arbiy Yevropa mamlakatlarining 
iqtisodiy ribojlanishi alohida o’rin egallaydi. hozirgi kunda G’arbiy 
Yevropa davlatlari hissasiga jahonda ishlab chiqarilayotgan jami yalpi 
milliy mahsulotning 28-29% i, dunyo aholisining 7-8% i to’g’ri keladi. 
G’arbiy Yevropa davlatlari guruhiga jami 25 davlat kirib, bu davlatlar 
guruhi o’z hududlarining katta-kichikligi, aholisini oz-ko’pligi va turli-
tumanligi, boy tabiiy resurslarga egaligi bilan bir-biridan keskin farq 
qiladi. G’arbiy Yevropa davlatlari bazasida 1957 yilda «Umumiy bozor» 
hamkorlik tashkiloti tashkil topdi. 1962 yilda Yevropa Erkin Savdo 
Assotsiatsiyasi tuzildi. Ushbu davlatlar o’rtasida sanoat tovarlari bilan 
erkin savdo aloqalarni olib borish to’g’risida qator shartnomalar tuzildi. 
«Yevropa iqtisodiy kеngashi to’g’risida»gi shartnomaga muvofiq 1992 
yilning mayida G’arbiy Yevropa Erkin Savdo zonasi va mintaqaviy 
iqtisodiy kompleksi tuzildi. Ushbu mintaqaviy iqtisodiy kompleks G’arbiy 
Yevropaning 19 davlatini o’z tarkibiga birlashtirgan bo’lib, G’arbiy 
Yevropa va dunyo mamlakatlarida tovarlarning erkin harakatini, хizmat 
ko’rsatish sohalarni, kapital va aholi migratsiyasini doimo nazorat qilib 
turadi. 
G’arbiy Yevropa Erkin savdo zonasi hissasiga jahon savdosi 
aylanmasining 48-50%i to’g’ri kelib, bu iqtisodiy zona hozirgi kunda 400 
mln.ga yaqin istе’molchiga egadir. 
G’arbiy Yevropa davlatlarining iqtisodiy taraqqiyotida jahon 
mamlakatlari bilan olib borilayotgan tashqi savdo aloqalar muhim rol 
o’ynaydi. O’tgan asrning 70-yillardagi Yevropa Ittifoqi (YeI) davlatlari 
dunyoda eng yirik savdo blokdan biriga aylangan edi. YeI davlatlarining 
tovarlar eksporti darajasi AQShning tovarlar eksporti darajasiga nisbatan 
uch barobar yuqori bo’lib, 90-yillarda bu mamlakatlar hisobiga jahon 
savdosining 41-42% i, valyuta zahiralarining esa 36-37%i to’g’ri kelgan. 
Hozirgi kunda jahon mamlakatlarining хo’jalik aloqalarida tovarlar 
eksportini kapital eksporti bilan almashuvi holatlari kеngayib bormoqda. 
Agar 
Yevropa 
Ittifoqi mamlakatlari hissasiga to’g’ridan-to’g’ri 
yo’naltirilgan kapital eksporti 1961-1964 yillarda 8,7% ni, 1974-1975 
yillarda 37,4% ni tashkil etgan bo’lsa 1980-1995 yillarda esa 60-65% ni 
33
Nazarova G.G., Xalilov X.X., Eshtayev A.A., Axmedov I.A., Xakimov N.Z., 
Muhammedraximov U.X. Jahon iqtisodiyoti. T.: 2005 


146 
tashkil etgan edi. 1970 yilda jahon tovarlar eksportida G’arbiy Yevropa 
hamjamiyati davlatlarining hissasi 34,4% ni tashkil etgan bo’lsa, 1995 
yilda 45,8% ni tashkil etgan. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   154




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin