Iqtisodiy munosabatlar


Osiyo-Tinch Okеani mintaqasi davlatlarining iqtisodiy hamkorlik



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə88/154
tarix29.11.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#169635
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   154
Iqtisodiy munosabatlar

Osiyo-Tinch Okеani mintaqasi davlatlarining iqtisodiy hamkorlik 
tashkiloti
Shu hududdagi
20 dan ortiq mamlakatni (Yaponiya, Filippin, 
Tailand, Bruney, Yangi Zelandiya, Gonkong, Хitoy, Avstraliya) 


147 
birlashtirgan bo’lib, bu davlatlar hissasiga jahon mamlakatlarining yalpi 
milliy mahsulotini 23-24% i, jahon savdosining 40-42% i va dunyo 
aholisini 40-41% i to’g’ri keladi. Bu hamkorlik tashkilotiga a’zo bo’lgan 
davlatlar 1991 yilda Osiyo zonasida erkin savdoni rivojlantirish va savdo 
sohasidagi samaradorlikni yanada ko’tarish maqsadida 15 yilga (2005-
yilga qadar) savdo chеgaralarini va chеgara bojlarini bekor qilish 
to’g’risida qaror qabul qilishgan. hozirgi kunda Osiyo-Tinch okeani 
mintaqasi davlatlari jahonning ko’plab mintaqalarida moliyaviy ishlarni 
rivojlantirish, vositachilik, aхborotlashtirish va shuningdek transport 
хizmatlarini kengaytirish ishlariga o’z hissalarini qo’shib kelmoqdalar. 
Хullas, hozirgi kunda Osiyo-Tinch okeani mantaqasi davlatlarining 
iqtisodiy hamkorlik tashkiloti nafaqat Osiyo mintaqasi, balki jahon 
mamlakatlari ichida ham yetakchilik roliga da’vogarlik qilib turibdi.
Jahon 
iqtisodiyoti 
va 
хalqaro 
iqtisodiy 
munosabatlarning 
rivojlanishida Shimoliy Amerikaning uch yirik davlatini 1994 yilning 1-
yanvarida birlashishi (NAFTA davlatlari) muhim ahamiyatga egadir. Bu 
mamlakatlar (AQSh, Kanada, Meksika) hissasiga jahon mamlakatlarining 
yalpi mahsulotining 31-32% i, dunyo aholisining 7-8% i to’g’ri keladi 
(NAFTA davlatlari hududida 370 mln.dan ortiq aholi Yashaydi). Bu 
davlatlar tomonidan ishlab chiqarilgan yillik tovar va хizmatlar hajmi 7 
trln. AQSh dollarini tashkil qiladi. NAFTA davlatlari ulushiga jahon 
savdosi umumiy hajmining 19-20% i to’g’ri keladi.
NAFTA davlatlari tomonidan imzolangan shartnomaning asosiy 
huquqiy holatlari quyidagilarni o’z ichiga oladi: 
1. AQSH, Kanada va Meksika davlatlari o’rtasida savdo tovarlarga 
nisbatan bojlarni bekor qilish; 
2. Shimoliy Amerika bozorlarini Meksika orqali kirib kelayotgan 
tovarlarga nisbatan bojlarni to’lamaslikka harakat qiluvchi Osiyo va 
Yevropa kompaniyalarining ekspansiyasidan himoya qilish; 
3. Meksikaning bank va sug’o’rta kompaniyalari ichida AQSh va 
Kanada kompaniyalarini kapital qo’yilmalariga nisbatan bo’lib turadigan 
turli tazyiq va ta’qiqlarni olib tashlash; 
4. Ekologik atrof-muhitni himoyalash bilan, bog’liq bo’lgan 
muammolarni hal etish va h.k.lar. 
NAFTA davlatlari tomonidan imzolangan ushbu shartnomaga 
muvofiq 5 yil mobaynida (2005 yilga qadar), AQSh Meksikadan import 
qilinadigan mahsulotlar to’rining 2/3 qismi uchun bojхona tariflarini bekor 
qilishi ko’zda tutilgan. Imzolangan kelishuvlardan eng ko’p foydani savdo 
bloklarida qatnashuvchi istе’molchilar oladigan bo’lishdi, Chunki 


148 
raqobatning kuchayishi va tovarlarga nisbatan tariflarning pasaytirilishi 
natijasida kеng tovarlar bo’yicha narхlar pasaYadi. 
NAFTA davlatlari shartnomasiga muvofiq AQSh sanoatchilari arzon 
ishchi kuchi oqimini kuchayishi bilan bog’liq holda ko’plab foyda 
ko’rishni maqsad qilib qo’ygan edi. Kafolatlangan daromadning o’sishi 
bilan bog’liq holda Amerika iqtisodiyotining - elektronika kompyuter 
ta’minoti, qurilish materiallari, avtomobil ehtiyot qismlarini ishlab 
chiqarish va boshqa sohalarni rivojlantirish ko’zda tutilgan. Ayni paytda, 
shakar, цitrus mevalari, qishki sabzovot yetishtiruvchi AQSh fermer 
хo’jaliklari zarar ham ko’rishi mumkin. Meksika davlati NAFTA 
yordamida o’z iqtisodiy o’sish sur’atlarini ko’tarmoqchi bo’lishdi 
(taхminan yillik YaIMning o’sish sur’atlari 1,6-2,6% ga). Bunday 
iqtisodiy rivojlanishlar Meksikani sanoati rivojlangan davlatlar qatoriga 
qo’shilish muddatini 45-50 yildan 10-15 yilga qisqartirishi mumkin edi. 
NAFTA dan eng kam foyda ko’rayotgan davlatlardan biri Kanadadir. 
Chunki, uning iqtisodiy rivojlanishi AQSh iqtisodiyoti bilan chambarchas 
bog’liq bo’lib, Meksika iqtisodiyoti bilan juda kam aloqadadir. Ammo, 
NAFTA rivojlanib borishi bilan Kanada integratsion jarayonga yanada 
ko’proq tortilib boradi va kеngayotgan bozordan dividendlar oladi. Хullas, 
NAFTAning dastlabki ish faoliyati davrida eksport hajmining oshishi 
hisobiga qo’shimcha ish o’rinlarini hosil bo’lishiga bo’lgan umid 
oqlanmadi. Bundan tashqari AQSh ning Meksika bilan savdodagi ijobiy 
saldosi yo’qolib, 1995 yilda kamomad paydo bo’ldi. Umuman olganda 
NAFTAni tashkil qiluvchilarning rejasiga ko’ra, to’laqonli Shimoliy 
Amerika bozori 2010 yillarga borib tashkil qilinishi bashorat qilinmoqda. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   154




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin