Iqtisodiy Protsessual huquqi modulidan oraliq nazorati 3-kazus


Birinchi instansiya sudining 2017 yil 5 noyabrdagi hal qiluv qaroriga ko‘ra solidar tartibda undirilganligi to‘g‘rimi solidar tartib qanday?



Yüklə 32,51 Kb.
səhifə4/8
tarix20.11.2023
ölçüsü32,51 Kb.
#165418
1   2   3   4   5   6   7   8
Iqtisodiy Protsessual huquqi modulidan oraliq nazorati (1)

Birinchi instansiya sudining 2017 yil 5 noyabrdagi hal qiluv qaroriga ko‘ra solidar tartibda undirilganligi to‘g‘rimi solidar tartib qanday?

Solidar (fr. solidarisme, solidaire so’zidan – birgalikda harakat qilish) javobgarlik – bu bir necha qarzdor majburiyatiga oid fuqarolik javobgarligi. Xususan, qarzdorlar sherik bo’lib majburiyat olganida kreditor hamma qarzdorlardan majburiyatni solidar bajarishni ham, ularning har biridan alohida-alohida bajarishni ham, shu bilan birga, qarzni to’la yoki uning bir qismini to’lashni ham talab qilishga haqli.


Subsidiar (lot. subsidiārius so’zidan – qo’llab-quvvatlovchi) javobgarlik – asosiy qarzdorning javobgarligiga qo’shimcha ravishda boshqa shaxsning javobgar bo’lishi. Subsidiar javobgar bo’lgan shaxs kreditor oldida asosiy qarzdor kabi javob beradi.
Qonunchilik yoki majburiyat shartlariga muvofiq asosiy qarzdor bo’lgan boshqa shaxsning javobgarligiga qo’shimcha ravishda javobgar bo’lgan (subsidiar javobgarlik) shaxsga talablar qo’yishdan oldin kreditor asosiy qarzdorga talab qo’yishi kerak.
Agar asosiy qarzdor kreditorning talabini qondirishdan bosh tortsa yoki kreditor undan qo’yilgan talabga oqilona muddatda javob olmagan bo’lsa, bu talab subsidiar javobgar bo’lgan shaxsga qo’yilishi mumkin.

Kreditor asosiy qarzdorga bo’lgan o’z talabini qondirishni subsidiar javobgar shaxsdan talab qilishga haqli emas, basharti bu talab asosiy qarzdorga muqobil talabni hisobga o’tkazish yoki mablag’larni asosiy qarzdordan nizosiz undirib olish yo’li bilan qondirilishi mumkin bo’lsa.


Subsidiar javobgar shaxs o’ziga kreditor tomonidan qo’yilgan talabni qondirishdan oldin bu haqda asosiy qarzdorni ogohlantirishi, bordi-yu bunday shaxsga nisbatan da’vo qo’zg’atilgan bo’lsa — asosiy qarzdorni ishda qatnashishga jalb qilishi kerak. Aks holda asosiy qarzdor o’zining kreditorga qarshi e’tirozlarini subsidiar javobgar shaxsning regress talabiga qarshi qo’yish huquqiga ega.
IPKning 185-modda. Bir necha da’vogar foydasiga yoki bir necha javobgarga qarshi qabul qilingan hal qiluv qarori
Bir necha da’vogarning talablari qanoatlantirilganda hal qiluv qarorining xulosa qismida sud ularning har biriga nisbatan uning qaysi qismi tegishliligini ko‘rsatadi.
Bir necha javobgarga nisbatan talablar qanoatlantirilganda sud hal qiluv qarorining xulosa qismida javobgarlar zimmasiga ulushli yoki solidar javobgarlik yuklatilganligini ko‘rsatadi.
Dastlabki va qarshi da’volar to‘liq yoki qisman qanoatlantirilganda hal qiluv qarorining xulosa qismida sud da’volarni o‘zaro hisobga olish natijasida undirilishi lozim bo‘lgan summani ko‘rsatadi.
FKning 185-modda. Bir necha da’vogar foydasiga yoki bir necha javobgarga qarshi qabul qilingan hal qiluv qarori
Bir necha da’vogarning talablari qanoatlantirilganda hal qiluv qarorining xulosa qismida sud ularning har biriga nisbatan uning qaysi qismi tegishliligini ko‘rsatadi.
Bir necha javobgarga nisbatan talablar qanoatlantirilganda sud hal qiluv qarorining xulosa qismida javobgarlar zimmasiga ulushli yoki solidar javobgarlik yuklatilganligini ko‘rsatadi.
Dastlabki va qarshi da’volar to‘liq yoki qisman qanoatlantirilganda hal qiluv qarorining xulosa qismida sud da’volarni o‘zaro hisobga olish natijasida undirilishi lozim bo‘lgan summani ko‘rsatadi.
Shuningdek ushbu kodekisning 255-modda. Solidar talablar
Talab solidar bo‘lib qo‘yilganida har qanday solidar kreditor qarzdorga to‘la hajmda talab qo‘yishga haqli bo‘ladi.
Qarzdor solidar kreditorlardan birining talabiga qarshi o‘zining ushbu kreditor qatnashmaydigan boshqa solidar kreditorlar bilan munosabatlariga asoslangan e’tirozlarni qo‘yishga haqli emas.
Majburiyatni solidar kreditorlardan biriga nisbatan to‘la bajarish qarzdorni majburiyatni boshqa solidar kreditorlarga nisbatan bajarishdan ozod qiladi.
Qarzdordan majburiyatning ijrosini qabul qilib olgan solidar kreditor, basharti ular o‘rtasidagi munosabatlardan boshqacha tartib anglashilmasa, boshqa kreditorlarga tegishli bo‘lgan ulushlarni ularga to‘lashi shart.


Yüklə 32,51 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin