Iqtisodiy Protsessual huquqi modulidan oraliq nazorati 3-kazus



Yüklə 32,51 Kb.
səhifə3/8
tarix20.11.2023
ölçüsü32,51 Kb.
#165418
1   2   3   4   5   6   7   8
Iqtisodiy Protsessual huquqi modulidan oraliq nazorati (1)

2

Eshon Guzar Savdo” MChJ ikkinchi javobgar sifatida ishga jalb qilinishi to‘g‘rimi?





Agar da’vogar javobgarni boshqa shaxs bilan almashtirishga rozi bo‘lmasa, sud bu shaxsni da’vogarning roziligi bilan ikkinchi javobgar sifatida ishga jalb etishi mumkin.


Ikkinchi javobgar boshqa ishtirokchilar bilan bir xil huquq va majburiyatlarga ega bo‘ladi.
42-modda. Ishda ishtirok etuvchi shaxslarning huquq va majburiyatlari
Ishda ishtirok etuvchi shaxslar ish materiallari bilan tanishish, ulardan ko‘chirmalar olish, ko‘chirma nusxa olish, rad qilish to‘g‘risida ariza berish, dalillar taqdim etish, dalillarni tekshirishda ishtirok etish, savollar berish, iltimosnomalar kiritish, arz qilish, sudga og‘zaki va yozma tushuntirishlar berish, ishni ko‘rish davomida yuzaga keladigan barcha masalalar bo‘yicha o‘z vajlarini, xulosalarini taqdim qilish, ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarning iltimosnomalari, vajlariga e’tiroz bildirish, sud hujjatlari ustidan shikoyat qilish (protest keltirish) hamda ushbu Kodeksda o‘zlariga berilgan boshqa protsessual huquqlardan foydalanish huquqiga ega.
Ishda ishtirok etuvchi shaxslar ushbu Kodeksda nazarda tutilgan protsessual majburiyatlarga ega va ular o‘zlariga tegishli barcha protsessual huquqlardan insofli ravishda foydalanishi kerak.
Korporativ nizoda ishtirok etayotgan taraflar bir-biridan va guvohlardan sudda ko‘rilayotgan ishga taalluqli bo‘lishi mumkin bo‘lgan barcha hujjatlarni so‘rab olish huquqiga ega, bundan davlat sirini yoki qonun bilan qo‘riqlanadigan boshqa sirni tashkil etuvchi hujjatlar mustasno.
43-modda. Taraflar
Da’vogar (arizachi) va javobgar iqtisodiy sud ishlarini yuritishdagi taraflardir.
O‘z huquqlari va qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini himoya qilish maqsadida da’vo taqdim etgan yoki manfaatlari ko‘zlanib da’vo taqdim etilgan yuridik shaxslar va fuqarolar da’vogarlardir.
Da’vo yoki bildirilgan talab taqdim etilgan yuridik shaxslar va fuqarolar javobgarlardir.
Alohida toifadagi ishlar hamda ushbu Kodeksda nazarda tutilgan boshqa ishlar bo‘yicha ariza bergan yuridik shaxslar va fuqarolar arizachilardir.
Taraflar teng protsessual huquqlardan foydalanadi.
Demak kazus bo‘yicha “Eshon Guzar Savdo” MChJ ikkinchi javobgar sifatida ishga jalb qilinishi qonun hujjatlariga to‘g‘ri keladi.


3


Yüklə 32,51 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin