Iqtisodiy Protsessual huquqi modulidan oraliq nazorati 3-kazus


Ishonchnoma nima va u qanday hollarda amal qiladi?



Yüklə 32,51 Kb.
səhifə5/8
tarix20.11.2023
ölçüsü32,51 Kb.
#165418
1   2   3   4   5   6   7   8
Iqtisodiy Protsessual huquqi modulidan oraliq nazorati (1)

4

Ishonchnoma nima va u qanday hollarda amal qiladi?

Bir shaxs (ishonch bildiruvchi) tomonidan ikkinchi shaxsga (ishonchli vakilga) uchinchi shaxslar oldida vakillik qilish uchun berilgan yozma vakolat ishonchnoma hisoblanadi.


Ishonchli vakil o‘ziga ishonchnoma bilan berilgan vakolatlar doirasida ish olib boradi.
Ishonchnomani tuzish va tasdiqlash uchun ishonchli vakilning ishtiroki talab etilmaydi.
Ishonchli vakil haqidagi, shuningdek ishonchnoma ob’ekti haqidagi ma’lumotlar ishonchnoma beruvchi tomonidan taqdim etilgan hujjatlar yoki uning so‘zlariga asosan yozilishi mumkin. Ishonchli vakil haqidagi, shuningdek ishonchnoma ob’ekti haqidagi ma’lumotlar ishonchnoma beruvchining so‘zlariga asosan yozilgan hollarda berilgan ma’lumotlarning to‘g‘riligi uchun ishonchnoma beruvchi mas’uldir.
FKning 134-modda. Ishonchnoma
Bir shaxs (ishonch bildiruvchi) tomonidan ikkinchi shaxsga (ishonchli vakilga) uchinchi shaxslar oldida vakillik qilish uchun berilgan yozma vakolat ishonchnoma hisoblanadi. Ishonchli vakil o‘ziga ishonchnoma bilan berilgan vakolatlar doirasida ish olib boradi.
Yuridik shaxs nomidan, shuningdek yuridik shaxsga ham ishonchnoma faqat yuridik shaxsning ustavida (nizomida) ko‘rsatilgan faoliyat maqsadlariga zid bo‘lmagan bitimlarni tuzish uchungina berilishi mumkin.
135-modda. Ishonchnomaning shakli
Ishonchnoma oddiy yozma shaklda yoki notarial shaklda rasmiylashtiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Notarial shaklni talab qiluvchi bitimlarni tuzish yoxud yuridik shaxslarga nisbatan harakatlarni amalga oshirish uchun berilgan ishonchnoma notarial tasdiqlangan bo‘lishi kerak, ushbu Kodeksning 136, 137, 138-moddalarida nazarda tutilgan hollar va qonunchilik bilan ishonchnomaning o‘zgacha shakli belgilab qo‘yilgan boshqa hollar bundan mustasno.
137-modda. Ishonchnomaning boshqa shakllari
Xat-xabarlarni, shu jumladan pul va posilkalarni olishga, ish haqini hamda mehnat munosabatlari bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa to‘lovlarni olishga, mualliflar va ixtirochilarga to‘lanadigan haqlarni, pensiyalar, nafaqalar va stipendiyalarni, shuningdek bank muassasalaridan summalarni olish haqidagi ishonchnoma vakolat beruvchi ishlaydigan yoki o‘qiydigan tashkilot, u yashaydigan uyga xizmat ko‘rsatuvchi uy-joydan foydalanish tashkiloti, o‘zining yashash joyidagi fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari yoxud fuqaro davolanishda bo‘lgan davolash muassasasining ma’muriyati tomonidan tasdiqlanishi mumkin.




Yüklə 32,51 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin