O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlarida Iqtisodiy munosabatlari qonun va davlat tamonidan muhofaza qilinadi.
Ushbukazusni doirasidaquyidagi masalalarga oydinlik kiritish talab etiladi: Iqtisodiyo sudlarida ish yurutuvi qanday?
“Eshon Guzar Savdo” MChJ ikkinchi javobgar sifatida ishga jalb qilinishi to‘g‘rimi?
Birinchi instansiya sudining 2017 yil 5 noyabrdagi hal qiluv qaroriga ko‘ra solidar tartibda undirilganligi to‘g‘rimi solidar tartib qanday?
Ishonchnoma nima va u qanday hollarda amal qiladi?
Sud ishni “Eshon Guzar Savdo” MChJ ishtirokisiz ko‘rganligi to‘g‘rimi?
“Eshon Guzar Savdo” MChJning bosh hisobchisi tomonidan imzolangan ishonchnoma haqiqiymi?
Asosiy qisim..
1
Iqtisodiyo sudlarida ish yurutuvi qanday?
Iqtisodiyo sudlarida ish yurutuvi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va O‘zbekiston Respublikasining Iqtisodiy protsessual kodeksi va boshqa qonun hujjatlar bilan ish yuriadi.
Jumladan O‘zbekiston Respublikasining Iqtisodiy protsessual kodeksi Iqtisodiy sud ishlarini yuritish to‘g‘risidagi qonunchilik ushbu Kodeks va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir.
Iqtisodiy sud ishlarini yuritish to‘g‘risidagi qonunchilik buyruqqa, da’vo ishini yuritishga oid va alohida toifadagi ishlarni ko‘rib chiqish tartibini belgilaydi.
2-modda. Iqtisodiy sud ishlarini yuritish vazifalari
Iqtisodiy sud ishlarini yuritish vazifalari quyidagilardan iborat:
iqtisodiyot sohasida korxonalar, muassasalar, tashkilotlar (bundan buyon matnda yuridik shaxs deb yuritiladi) va fuqarolarning buzilgan yoki nizolashilayotgan huquqlarini yoxud qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini himoya qilish;
iqtisodiyot sohasida qonuniylikni mustahkamlash va huquqbuzarliklarning oldini olishga ko‘maklashish;
qonunga va sudga nisbatan hurmatda bo‘lish munosabatini shakllantirish.
4-modda. Iqtisodiy ish
Iqtisodiy ish ishda ishtirok etuvchi shaxslar va iqtisodiy sud ishlarini yuritishning boshqa ishtirokchilari tomonidan sudga taqdim etilgan hujjatlar, ishni ko‘rish jarayonida sud tomonidan talab qilib olingan hujjatlar, shuningdek qog‘ozda rasmiylashtirilgan sud hujjatlari va boshqa hujjatlar asosida shakllantiriladi.
Iqtisodiy ish elektron shaklda shakllantirilishi mumkin.
Iqtisodiy ish elektron shaklda shakllantirilgan taqdirda, ishda ishtirok etuvchi shaxslar va iqtisodiy sud ishlarini yuritishning boshqa ishtirokchilari o‘z elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlangan hujjatlarni elektron shaklda sudga taqdim etishga haqli. Ishda ishtirok etuvchi shaxslar va iqtisodiy sud ishlarini yuritishning boshqa ishtirokchilari tomonidan sudga taqdim etilgan yozma hujjatlar ishga elektron shaklda qo‘shib qo‘yiladi, shundan so‘ng yozma hujjatlar ularni taqdim etgan shaxslarga qaytariladi.
Iqtisodiy ish elektron shaklda shakllantirilgan taqdirda, sud hujjatlari sudyaning (sudyalarning) elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlanadi, sud majlislarining hamda alohida protsessual harakatlarning bayonnomalari esa raislik qiluvchining va sud majlisi kotibining elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlanadi.
Elektron shakldagi iqtisodiy ishni boshqa sudga yoki boshqa organga o‘tkazish telekommunikatsiya kanallari orqali amalga oshiriladi.
Elektron shaklda shakllantirilgan iqtisodiy ishning qog‘ozdagi ko‘chirma nusxasi bo‘lishi mumkin.
Shu tartibda amalga oshiriladi biz kazusni yechishda qisqacha yuqoridagilarga asosan yechim izlayniz.