Iqtisodiy rivojlanish turlari


Iqtisodiyotni tartiblash funktsiyasi



Yüklə 1,7 Mb.
səhifə6/7
tarix05.05.2023
ölçüsü1,7 Mb.
#107889
1   2   3   4   5   6   7
Bekimbetova Asal slayd

4.Iqtisodiyotni tartiblash funktsiyasi. Bu vazifani bozor imexanizmi bajaradi. «Nimani qancha ishlab chiqarish kerak?» degan savolga bozor javob beradi. Tovarlarni bozorda chaqqon o’tishi yoki kasodligi, tovarning qimmatlashuvi yoki arzonlashuvi, ularning qanchalik kerakli yoki zarur emasligini ko’rsatadi. Bozor barometr singari iqtisodiyotdagi «ob-havodan» darak beradi. Tovar o’tmasa, demak, u kerak emas, uni ishlab chiqarish to’xtatiladi. Tovarchaqqon sotilsa va yaxshi foyda olinsa, uni ishlab chiqarish o’sadi. Tovar mo’ljallangan narxdan arzonroq narxda, lekin yaxshi sotilsa, bu tovarga ketgan sarf-harajatlarni kamaytirish zarurligini anglatadi. Bozor mexanizmi bamisoli qo’l singari iqtisodiyotni u yoki bu tomonga burib turadi. 


5.Mamlakatlar, xalqlar o’rtasida iqtisodiy hamkorlik o’rnatish funktsiyasi. Bu vazifani davlatlararo yoki jahon bozori bajaradi. Bozor iqtisodiy hamkorlikning kengayib borishini talab qiladi.
Mehnat bozori tushunchasi, uning shakllanishi va mehnat bozorini tartibga solish.
Hozirgi vaqtda o’tish davri iqtisodiyotining oldiga turgan dolzarb muammolardan biri mehnat bozorini shakllantirish va samarali rivojlantirishdir. Tadqiqotchi V.A.Pavlenkov takidlaydiki, bozor iqtisodiyotida mehnat bozori yollanib ishlashga qodir kishilarning barchasini: ham yollanma mehnat bilan band bo’lganlar, ham band bo’lmaganlarni qamrab oladi. A.A.Nikiforova esa boshqa umumiy ta’rifni taklif etadi: «Mehnat bozori rivojlanishining darajasi va bozorda ishtirok etuvchi kuchlar: tadbirkorlar, mehnatkashlar va davlat o’rtasida ma’lum davrda erishilgan manfaatlar balansini aks ettiruvchi ijtimoiy munosabatlar tizimi sifatida vujudga kelgan». Ba’zi bir tadqiqotchilar mehnat bozorini ish haqi va daromadlarning erkin harakati orqali mehnatga talabni va ishchi kuchi taklifini o’zini-o’zi tartibga soluvchi mexanizm sifatida talqin qiladilar. Boshqa tadqiqotchilarning fikricha, mehnat bozori ish beruvchilar va yollanib ishlashni xohlovchilarni bevosita kelishuvi orqali talab va taklifni qanoatlantirish uchun sharoitlar yaratadi va ishchi kuchini xarid qilish-sotish jarayonlarini bevosita tartibga solmaydi.
Mamlakatimiz iqtisodiyotida bozor munosabatlarining bosqichma-bosqich joriy etila borishi, u bilan bog’liq ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni mustaqil hal etish imkoni paydo bo’lganligi va boshqa xususlarida o’z aksini topmokda.
Bu jarayonlar orasida mehnat bozorini samarali shakllanishi va faoliyat ko’rsatishi alohida o’rin egallaydi. Bu masalaga mukammal yondashishdan avval, mehnat bozorining ijtimoiyiqtisodiy mazmuni, uning mohiyatini ochiqroq bayon etmoq o’rinli bo’ladi
И
Bozor ayrim tovarlar va xizmatlarga talab bilan murojaat qiluvchi xaridorlar va taklif asosida yetkazib beruvchi sotuvchilarni bir-biriga qushadigan institut yoki mexanizmdir. Xomashyo, materiallar, yoqilg’i, tayyor mahsulot, qimmatli qog’ozlar, pul (kredit) bozorlari bir-biridan farqlanadi.
Bozorlar orasida mehnat bozori alohida o’rin tutadi. Bozor iqtisodiyotining ajralmas va muhim tarkibiy qismi — mehnat bozoridir. Aynan mehnat bozori orqali g’oyat muhim milliy resurs bo’lgan mehnat mintaqalar, tarmoqlar, firmalar va kasblar bo’yicha taqsimlanadi. Shu bozorda uning bahosi ham belgilanadi. Mehnat bozori ish bilan bandlikni tartibga solishda faol rol o’ynaydi. Mehnat bozorida asosiy milliy resurs — ishchi kuchi shakllanadi hamda korxonalar, tarmoqlar va mintaqalar bo’yicha taqsimlanadi.
Mehnat bozori iqtisodiy faol aholining ish bilan bandligini, ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish sohasiga jalb etilishini ta’minlaydi. U xodimning o’zi uchun yanada mosroq ish joyiga o’tishini yengillashtiradi. Mehnat bozori orqali korxonalar zarur mikdorda va talab qilingan sifatga ega ishchi kuchi bilan ta’minlanadi. Mehnat bozori qanday kadrlar, mutaxassislar, kasblarga talab borligini, ulardan qandaylari ortiqchaligini ko’rsatadi.

Yüklə 1,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin