7.2. F.Kenye - fiziokratizm ta'limotining asoschisi. Uning "Iqtisodiy jadval" asaridagi g`oyalar (1694-1774 yy.) har tomonlama keng bilimli olim bo`lib, Versal
yaqinida kambag`al dehqon oilasida dunyoga keldi, u yoshligidan meditsi-
naga havas qo`ydi, qishloq jarrohidan dars oldi, tibbiyot amaliyoti unga
shuhrat keltirdi. Dvoryan unvoniga ega bo`ldi va Versal saroyiga (Ludovik
XV qirol saroyiga) o`tdi. 1718 yilda vrachlik kasbini oldi. 1744 yilda med-
itsina doktori ilmiy darajasiga erishdi, 1752 yildan esa Ludovik XV
xonadonida tabiblik qildi (Leybmedik). Tibbiyot va biologiyaga oid
ko`pgina asarlar yaratdi. Eng muhimi shuki, u oltmish yoshdan boshlab
iqtisodiyot muammolari bilan bevosita shug`ullana
boshladi.
Shuni ta'kidlab o`tish kerakki, F.Kenyening
iqtisodiy g`oyalari qirol saroyida - Versalda yuzaga
keldi. Bu yerda u umrining deyarli oxirigacha
yashadi va ijod qildi. Bizningcha, bu yerda obyektiv
iqtisodiy informatsiya yetarli bo`lgan va olim
ulardan yaxshi foydalanib o`z ta'limotlarini yaratgan.
1766 yilda Adam Smit ham uning mehmoni va
suhbatdoshi bo`lgan edi. Didro va D`Alamber
tomonidan chop etilgan "qomus"da F.Kenyening
dastlabki iqtisodiy maqolalari: "Fermerlar", "Don", "Aholi", "Soliqlar"
paydo bo`ldi (1756-1757yy). 1758 yilda uning asosiy va eng muhim asari -
"Iqtisodiy jadval" kitobi dunyoga keldi. F.Kenye bu asarlarida fiziokratizm
maktabi asoslarini yaratdi, uning nazariy va siyosiy dasturini ta'riflab berdi.
Uning ishini va tadqiqotlarini XVIII asrning ikkinchi yarmida Fransiyaning
taniqli davlat arbobi A.Turgo (1727-1781 yy.) davom ettirdi. Fiziokratizm
g`oyalarini (ayniqsa F.Kenye ta'limotini) Dupon de Nemur, D`Alamber,
V.Mirabo, G.Letron va boshqalar keng targ`ib etdilar. Shunday qilib,
haqiqiy fiziokratlar maktabi yoki o`sha davr tili bilan aytganda "iqtisod-
chilar maktabi" tarkib topdi. Uning eng rivojlangan davri XVIII asrning
60-70 yillariga to`g`ri keladi.
Qishloq xo`jalik ishlab chiqarishi muammolari tadqiqot predmeti
sifatida qaraladi. Shu bilan birga, xalq xo`jaligi tarmoqlarining o`zaro
chambarchas bog`liqligi deyarli e'tiborga olinmaydi