Iqtisodiy talimot doc


Asosiy tushuncha va iboralar



Yüklə 3,09 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə38/150
tarix26.07.2023
ölçüsü3,09 Mb.
#137611
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   150
6-IQTISODIY-TALIMOTLAR-TARIXI-2005-oquv-qollanma-A.Razzaqov-va-bosh

Asosiy tushuncha va iboralar 
Klassik (namunaviy) maktab; mehnat boylik manbayi; tabiiy va si-
yosiy baholar; pulning miqdori; (iste'mol va almashinuv); V.Pettining ish 
haqi, renta nazariyalari; yer bahosi; statistika; inson resurslari; P.Buagilber; 
iste'mol qiymati; ishlab chiqarish va qishloq xo`jaligi; boylik va qashsho-
qlik. 
Nazorat va mulohaza uchun savollar 
1.Klassik iqtisodiy maktab vujudga kelishining shart-sharoitlari. Bu 
maktabning merkantilizmdan asosiy farqi nimadan iborat? 
2.V.Pettining iqtisodiy qarashlari, uning uslubi. 
3.qiymat, ish haqi, pul, renta to`g`risidagi g`oyalar. 
PDF created with pdfFactory trial version 
www.pdffactory.com


131 
4.Kapitalizm, xususiy mulk, erkin tadbirkorlikka bo`lgan munosa-
bat. 
5.V.Pettining qarashlaridagi cheklanganlik. 
6.Fransiyaning shu davrdagi iqtisodiy ahvoli va uning P.Buagilber 
qarashlariga ta'siri. 
7.P.Buagilber nima uchun qishloq xo`jaligini qo`llab-quvvatladi? 
8.Fransiya iqtisodiyotini rivojlantirish uchun qanday islohotlar tak-
lif etildi? 
9.Proporsional baholar, iqtisodiy inqiroz to`g`risidagi g`oyalar. 
10.Nima uchun P.Buagilber pulga qarshi edi? 
11.Qiymat tushunchasining talqini. 
12.Mo`l-ko`lchilik davrida ham qashshoqlik bo`lishi mumkinligi 
qanday isbotlanadi? 
"Kimki g`alla eksa, u haqiqatni ekadi".
Avestodan. 
7-BOB. FIZIOKRATIZM IQTISODIY TA'LIMOTI 
7.1. Fiziokratizm iqtisodiy ta'limoti vujudga 
kelishining tarixiy shart-sharoitlari va uning mohiyati 
Fiziokratlar (lotincha physio - tabiat va kratos - hokimiyat) XVIII 
asrda Fransiyada ijod etgan klassik iqtisodiy maktab namoyandalaridir. 
Fiziokratlar maktabi feodalizmdan kapitalizmga o`tish davrida rivojlandi, 
bu iqtisodiy yo`nalish Fransiyada vujudga keldi va bu tasodifiy emas edi. 
Fransiya iqtisod va ayniqsa, sanoat bo`yicha Angliyadan ancha ortda 
bo`lishiga qaramay, bu yerda ham sanoatning kapitalistik turi - manufak-
tura rivojlana boshladi (bu haqda yuqorida aytib o`tildi). Ammo mamlakat 
hali ham agrar holatda edi. Aholining asosiy qismi qishloqlarda yashar, 
milliy boylikning 2/3 qismi shu sohada yuzaga keltirilar edi. Dehqonlarn-
ing ahvoli tobora yomonlashdi, qishloq xo`jaligining tushkunligi esa eng 
yuqori cho`qqiga ko`tarildi. Asosan mayda dehqon xo`jaliklaridan iborat 
Fransiyada yangi, nisbatan samarali kapitalistik sinf - fermerlar ham paydo 
bo`lib, tobora rivojlandi. Islohotlarni amalga oshirish sust bordi, feodal ma-
jburiyatlar tobora oshdi. Oqibatda dehqonlarning norozilik harakati ku-
chaydi. Mamlakatning moliyaviy ahvoli fojiali edi. Mamlakat ishlab 
chiqarish kuchlarining rivoji feodal iqtisodiy munosabatlar bilan qarama-
qarshilikka uchradi. Burjua inqilobiga olib keladigan omillar ko`paydi. 
PDF created with pdfFactory trial version 
www.pdffactory.com


132 
Feodal tuzumga qarshi kurash g`oyasi fiziokratlar va ularning asoschisi 
F.Kenyening iqtisodiy ta'limotida asosiy o`rinni egalladi. 
Bu ta'limot fermerlar sinfini himoya qildi, ishlab chiqarishni, 
asosan qishloq xo`jaligini mamlakatni og`ir ahvoldan chiqarishning bosh 
yo`li deb belgiladi. Tabiiy qonun-qoidalarga amal qilish kerakligi, shu yo`l 
bilan mamlakat boyligini orttirish mumkinligi ko`rsatib berildi. 
Fransiyadagi qishloq xo`jaligining ahvoli va uni yaxshilash tadbir-
lari tadqiqotlarning asosi bo`ldi (P.Buagilber ham shu masalaga katta e'ti-
bor bergan edi). Ekspluatatsiyaning asosiy shakli obrok bo`lib, u pul va 
natural mahsulot shaklida olingan. Deyarli barcha haydaladigan yer, yay-
lov va o`rmonlarning 80 foizi dvoryanlarga tegishli edi. Obrok shampar - 
don sifatida to`langan va hosilning 25 foizini tashkil etgan. Ijaraga olingan 
yerning yarim hosili yer egalariga (pomeshshikka) to`langan. 1789 yilda 
(inqilob boshlangan yil) Fransiyada ikki million xonavayron bo`lgan 
dehqon bor edi, bu paytda soliq doimo oshib borgan. 
Agrar masalani hal etish fiziokratlarning asosiy vazifasi bo`lib 
qoldi. Ular qishloq xo`jaligini mamlakat boyligining asosi deb tushundilar. 
Fiziokratlarning muhim tomoni shuki, ular merkantilistlardan farq 
qilib, o`z tadqiqotlarini iqtisodiyotning muomala sohasidan ishlab chiqar-
ish sohasiga ko`chirdilar. Olimlar iborasi bilan aytganda ular "zamonaviy 
siyosiy iqtisodning haqiqiy otalari" edilar. Ularning xizmati shundaki, 
o`sha davr dunyoqarashi doirasida kapitalning dastlabki tahlilini berishdi. 
Bu ularni boshqalardan ajratib turuvchi asosiy masala edi. Ammo, fiziok-
ratlar ishlab chiqarish sohasini faqat qishloq xo`jaligi sohasi bilan cheklab 
qo`ygan edilar (Fransiyaning ta'siri), ular sanoat (hunarmandchilik)ni 
samarasiz soha deb bilganlar. 
Bu ta'limot, garchi uning ko`pgina xatolari bo`lsa ham (bu haqda 
quyida gapiriladi), haqiqatga yaqinlashish borasida navbatdagi muhim 
qadam hisoblanadi. O`sha davrda Fransiyada olib borilgan iqtisodiy siyosat 
(Kolberning merkantilizmi) qattiq tanqid qilinadi. Ludovik XIV o`rniga 
kelgan yangi qirol Ludovik XV ham eski siyosatni davom ettirdi, Fransiya 
Angliya bilan yetti yillik urush olib borib, unda yengildi, Kanadadan va 
Sharqdagi bir qancha mustamlakalaridan ajraldi, oqibatda Yevropadagi ik-
kinchi darajali davlatga aylandi. Shu sharoitda bu ahvoldan chiqish yo`li 
tabiatdan qidirildi. 
Fiziokratlarning dasturi bo`yicha Fransiyadagi feodalizm qoldiqlari 
tugatilishi, fiskal (soliq) tizimni ratsionalizatsiya qilib, rentadan yagona 
soliq olinishi, mayda yer uchastkalari birlashtirilib, don savdosidagi barcha 
PDF created with pdfFactory trial version 
www.pdffactory.com


133 
proteksionistik to`siqlar bartaraf etilishi kerak edi, oddiyroq qilib aytganda, 
Angliyadagi qishloq xo`jaligiga xos ish yuritish taklif etildi. 

Yüklə 3,09 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   150




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin