Fransua Kenye
PDF created with pdfFactory trial version
www.pdffactory.com
134
F.Kenye "tabiiy tartib" konsepsiyasini ilgari surdi, bu olimning us-
lubiy platformasi edi ("tabiiy huquq" konsepsiyasini eslang), bunda u
paydo bo`layotgan va tobora mustahkamlanayotgan dahlsiz xususiy mulkni
tushundi, iqtisodiyot erkin raqobat asosida rivojlanishini, bozor bahosining
stixiyali o`zgarishi, ya'ni davlatning aralashuvini inkor etadigan jarayonni
qo`llab-quvvatladi, boylikning adolatli taqsimlanishini istar edi. Iqtisodiy
rivojlanish odamlarning istak xohishiga bog`liq bo`lmagan tabiiy jarayon
bo`lib, uning ma'lum qonuniyatlarga bo`ysunishini tan olish fiziokratlarn-
ing so`zsiz yutug`i edi. Bu qonunlar ularning fikricha tarixiy bo`lmay,
abadiy qonunlar deb qaralgan edi. Shu sababli ishlab chiqarishning kapital-
istik (bozor) shakli tabiiy va abadiy ishlab chiqarish shakli deb hisoblangan
(hozirgi rivojlanish buni ko`p jihatdan isbotlamoqda).
F.Kenye almashuvning ekvivalentligi ta'limotini ilgari surdi. U al-
mashuv yoki savdo boylik yaratmaydi, demak, almashuv jarayoni hech
narsa ishlab chiqarmaydi, deb hisoblagan. Erkin raqobat sha-roitida al-
mashuv sohasida teng miqdorli qiymatlarning almashuvi ro`y beradi. Bu
qiymat tovarlarda ular bozorlarga kirmasdan oldin ham mavjud bo`ladi
(V.Pettining tovar qiymati faqat almashuv paytida paydo bo`ladi, degan
fikri noto`g`ridir). Bundan kelib chiqadiki, almashuv jarayonida boylik
yaratilmaydi va foyda paydo bo`lmaydi. Almashuvning ekvivalentligi
to`g`risidagi ta'limot mekantilistlarning qarashlarini inkor etish uchun
nazariy asos bo`ldi. Bu holat shu bilan birga fiziokratlardan boylik man-
bayini muomala sohasidan tashqarida izlashni taqozo etdi. Ammo,
F.Kenye miqdorli qiymatlarning almashuvi sababini to`g`ri tushuntirib
bera olmadi, chunki qiymat nazariyasi hali to`la ishlab chiqilmagan edi va
u qiymatni ishlab chiqarish harajatlari bilan aynan bir deb hisobladi.
Fiziokratlarning iqtisodiy tizimida "sof mahsulot" to`g`risidagi
ta'limot markaziy o`rinni egallaydi. F.Kenye yalpi ijtimoiy mahsulot va
ishlab chiqarish harajatlari o`rtasidagi farqni sof mahsulot deb bilgan,
boshqacha qilib aytganda bu ishlab chiqarish chiqimlaridan oshiqcha
mahsulotdir. F.Kenye "sof mahsulot" faqat qishloq xo`jaligida, dehqon-
chilikda yaratiladi, bu sohada tabiat kuchlari ta'sirida iste'mol qiymatlari
miqdori ko`payadi, deb ta'kidlaydi. Sanoatda esa iste'mol qiymatlari faqat
turli kombinatsiyalarga uchraydi, mehnat jarayonida dehqonchilikda
yaratilgan mahsulotning shakli o`zgaradi, lekin uning miqdori
ko`paymaydi, shuning uchun "sof mahsulot" paydo bo`lmaydi va boylik
yaratilmaydi (kuchli, ammo noto`g`ri mantiq bor).
A.Smitning fikricha, shu asosda hunarmandlar (sanoatchilar)
unumsiz, foyda bermaydigan sinf deb qaralgan. Aslida esa fiziokratlar bu
PDF created with pdfFactory trial version
www.pdffactory.com
135
sinfning borligini tan oladilar, uni unumsiz emas, balki foydaga sof
qo`shimcha daromad keltirmaydigan sinf deb qaraganlar. A.Turgo esa bu
sinfga yuqori baho berib, "haq to`lanadigan sinf" deb qaraydi.
Fiziokratlar qiymatni iste'mol qiymatiga, hatto tabiat mahsulotiga
tenglashtirganlar (almashuv qiymati ham bor). Ularni faqat miqdoriy soha,
ya'ni ishlab chiqarish jarayonida olingan iste'mol qiymatlarining ortiqcha
qiymati (iste'mol qilingandan ortig`i) qiziqtirgan. Bu narsa asosan dehqon-
chilikda aniq namoyon bo`ladi. Ammo F.Kenye ta'limotining boshqa to-
moni ham bor, uning fikricha "sof mahsulot" miqdori ishlab chiqarish
chiqimlarining miqdoriga bog`liqdir, bu chiqimlarga xom ashyo sarflari,
materiallar va ish haqi kiradi. Materiallarning qiymati belgilanganligi tu-
fayli, ish haqi tirikchilikning minimum harajatlariga keltirilgan ekan, "sof
mahsulot" (qo`shimcha qiymat) qo`shimcha mehnatning samarasi sifatida
yuzaga keladi. Shunday qilib, fiziokratlarda qo`shimcha qiymat tushun-
chasi qarama-qarshi xarakterga ega. Ular uni tabiatning sof hadyasi ham-
dir, ya'ni dehqonlarning qo`shimcha mehnati natijasidir, deb qaraganlar
(qo`shimcha qiymat yaratishda tabiat ham ishtirok etadi). Fiziokratlarning
bunday fikrlashi qiymatning ijtimoiy tabiatini tushunmaslikdan va qiymat
tushunchasini iste'mol qiymati bilan qorishtirib yuborish oqibatida yuzaga
keldi. Foyda tushunchasi mustaqil kategoriyaga ajratilmagan, hatto inkor
etilgan. Renta qo`shimcha qiymatning yagona shakli sifatida qabul qilin-
gan ekan, foyda ishlab chiqarish chiqimlarining faqat ajralmas qismi
bo`lishi mumkin edi. Ular foydani ish haqining shakli sifatida qaraganlar,
foyda go`yoki odatdagi ish haqidan o`zining kattaroq miqdori bilan farq
qilgan va u kapitalistlar tomonidan foyda sifatida to`la iste'mol qilingan.
Fiziokratlarning "unumli" va "unumsiz" mehnat to`g`risidagi ta'li-
moti "sof mahsulot" to`g`risidagi ta'limot bilan chambarchas bog`liq
bo`lib, uning mantiqiy davomi deb hisoblanadi. Merkantilistlardan farqli
ravishda ular "sof mahsulot" yaratuvchi mehnat unumli bo`ladi, ya'ni
qo`shimcha qiymatni yaratadi, degan edilar. Bu unumli mehnatning tabiati
to`g`risidagi masalaga prinsipial to`g`ri yondashish yo`li edi. Ammo renta
qo`shimcha qiymatning yakkayuyagona aniq shakli sifatida tan olinganligi
sababli dehqon mehnati birdan-bir unumli mehnat deb hisoblanadi, ishlab
chiqarishning boshqa sohalaridagi (sanoatda ham) mehnat "unumsiz", ya'ni
samarasiz deyiladi. Bundan dehqonchilik mehnatini boshqa mehnat tur-
lariga qarshi qo`yish asossizdir, chunki yollanma mehnat ishlab chiqarish-
ning qaysi sohasida qo`llanmasin, qo`shimcha qiymat yaratadi, demak bu
ham mehnat, bu soha ham unumli mehnatdir.
PDF created with pdfFactory trial version
www.pdffactory.com
136
F.Kenye "sof mahsulot" to`g`risidagi o`z qarashlari asosida jami-
yatni uch sinfga bo`ladi: unumli sinf (fermerlar), yer egalari sinfi va unum-
siz sinf (bu sinfni u sanoatchilar sinfi deb ham ataydi). Unumli sinfga
dehqonchilikdagi barcha xodimlar, qishloq xo`jalik ishchilari ham, fermer-
lar ham, ya'ni uningcha "sof mahsulot" yaratuvchilarning hammasi kiradi.
Yer egalari "sof mahsulot" yarat-maganligiga qaramasdan, shu bilan birga
bu mahsulotning iste'molchilari hisoblanadi, chunki ular uni ijara to`lovi
sifatida oladilar. Samarasiz, "unumsiz" sinf vakillari esa dehqonchilikdan
boshqa tarmoqlarda ishlaydi (sanoat, savdo, xizmat sohasi). Ular "sof
mahsulot" yaratmaydilar.
Jamiyatning sinfiy tuzilishi to`g`risidagi bu ta'limotning asosiy
kamchiligi shuki, F.Kenye yangi jamiyatning asosiy sinflarini ko`ra bil-
maydi, to`g`rirog`i bunga tarixiy sharoit halaqit beradi. Bu tizimda yol-
lanma ishchilar bilan kapitalistlar birlashtirilgan. Fransiyada o`sha davrda
kam bo`lsa ham, proletariat sinfi mavjud edi, lekin kapitalistik munosabat-
lar rivojlanmaganidan burjua jamiyatining boshqa sinflarga qarshi tura
oladigan mustaqil sinfiga ajralmagan edi. Sinflar to`g`risidagi ta'limotning
bu kamchiliklaridan qat'i nazar, jamiyatni sinflarga bo`lishning iqtisodiy
belgilarini aniqlash va iqtisodiy asoslarini ko`rsatishga urinish ijobiy voqea
hisoblanadi.
Fiziokratlarning muhim xizmatlaridan biri shuki, ular birinchilar-
dan bo`lib, kapital tushunchasini tahlil qilishgan. Asarlarida bevosita "kapi-
tal" so`zi qo`llanilmagan, ammo yerlarning zaxini qochirish, ya'ni yer si-
fatini yaxshilash, qurilish, ot, plug, borona uchun ma'lum tipdagi dastlabki
avans (bo`nak) hamda urug`lik va ishchibatraklarga beriladigan avans
boshqacha ekanligi aniq belgilanadi. Chunki birinchisiga qilingan harajat
bir necha yilda bir marta bo`lib, o`z-o`zini asta-sekin qoplaydi (asosiy
kapital), ikkinchisi esa yiliga yoki doim bo`lib, har bir hosil tufayli qoplan-
gan. Shu sababli F.Kenye ularni dastlabki avans (hozirgi zamon nuqtayi
nazaridan asosiy kapital) va yillik avans (aylanma kapital) deb atadi. Bu
g`oya A.Smit tomonidan rivojlantirildi. Bu o`sha davr uchun buyuk
kashfiyot edi. Shunisi muhimki, aylanma kapital bilan birga asosiy kapital
ham doim harakatda deb qaraladi. Dehqonchilikda qo`llaniladigan kapi-
talning moddiy elementlariga qishloq xo`jaligi qurollari va inventar, mol,
urug`lik, odamlarning tirikchilik vositalari va boshqalar kiritilgan. F.Kenye
merkantilistlardan farqli ravishda (ular kapitalni pul bilan aynan bir deb
hisoblaganlar), pullarning o`zi emas, balki pulga olinadigan ishlab chiqar-
ish vositalari kapital hisoblanadi, deydi. Ammo kapitalning bu moddiy
elementlari umumiy mehnat jarayonining oddiy elementlari sifatida, kapi-
PDF created with pdfFactory trial version
www.pdffactory.com
137
talistik ishlab chiqarish jarayonida ishlatiladigan ijtimoiy shaklidan ajral-
gan holda qaraladi, oqibatda kapital abadiy, ya'ni tarixiy bo`lmagan kate-
goriya deb ko`rsatiladi.
Ishlab chiqarish chiqimlari (xarajatlari)ni tadqiq qilish orqali kapi-
talning tashkil etuvchi qismlarini ajratish imkoni paydo bo`ldi, bunda kapi-
talning (oborot) aylanish xarakteri hisobga olindi. Kapitalning bir qismi
boshlang`ich avans (bo`nak) hisoblanib, unga qishloq xo`jalik inventari,
qurilish, mol va boshqalarga ketgan sarflar kiradi, shulardan 10 foizi yillik
amortizatsiya hisoblangan, yillik avans deb atalgan kapitalning boshqa
qismiga urug`lik olish, asosiy qishloq xo`jalik ishlari, ishchi kuchi uchun
harajatlar kiradi.
Boshlang`ich avans bilan bog`liq kapital sarfi ishlab chiqarish sikli
bir qancha (qator yillar) ichida to`la aylansa, yillik avansga sarflangan
kapital esa bir ishlab chiqarish sikli (bir yil) davomida to`la aylanadi. Bu
yerda amalda doimiy va aylanma kapital to`g`risidagi g`oya berilgan,
ammo bu tushunchalar boshqa so`zlarda ifoda etilgan, xolos. Shunisi
diqqatga sazovorki, F.Kenye kapitalni asosiy va aylanma kapitalga
bo`lganda faqat ishlab chiqarish kapitali bilan bog`lagan holda bergan, uni
muomala kapitali (savdo kapitali) bilan qo`shib yubormagan. Shu sababli u
pul va tovarni ishlab chiqarish kapitalining biror tarkibiy qismiga kiritmas-
dan, to`g`ri fikr yuritgan. Shunday qilib, fiziokratlar asosiy va aylanma
kapitalga oid muammoni nazariy jihatdan yechishga asos soldilar.
F.Kenye iqtisodiyot tarixida takror ishlab chiqarish jarayonini va
yalpi ijtimoiy mahsulot muomalasini butunicha ko`rsatish uchun bir-
inchilardan bo`lib urinib ko`rdi. U o`sha davr jamiyati fuqarolarini uch sin-
fga bo`ladi: birinchisi - unumli sinf (fermerlar); ikkinchisi - mulkdorlar
sinfi (pomeshchik, cherkov...) va uchinchisi - unumsiz sinf (hunarmand,
ishchi va savdo xodimlari). Bu jarayon sxematik ravishda "Iqtisodiy jad-
val"da tasvirlangan. Unda mamlakatda ishlab chiqarilgan tayyor mahsulot-
ning aylanishi orqali qanday taqsimlanishi ko`rsatilgan, buning oqibatida
ishlab chiqarishning avvalgi hajmida qayta boshlash uchun shart-sharoitlar
yaratiladi.
"Iqtisodiy jadval"ning bir necha variantlari mavjud, biri Versalda
1758-1759 yillarda chop etilgan. 1894 yilda bu jadvalning boshqa varianti
topildi. Birinchi variant bo`yicha (2-chizmaga qarang) kapital aylanishi
quyidagicha ro`y beradi. qishloq xo`jaligida yaratilgan jami qimmat 5
mingga teng bo`lib, shundan 3 mingi yerni ishlashga ketgan xarajatdir.
Fermerlar yetishtirilgan mahsulotning 2/5 qismidan aylanma kapital uchun
foydalanadilar, 1/5 qismi unumsiz sinfga sotiladi va unga asosiy kapitalni
PDF created with pdfFactory trial version
www.pdffactory.com
138
(asbob-anjomni) ta'mirlash uchun kerakli asbob-uskuna olinadi. Bu yerda
fermerlar faqat "boshqarish uchun haq olganliklari" sababli unumdor narsa
fermer mehnati emas, balki yerdir. qoldiq esa yer egasiga renta sifatida
to`lanadi.
Dostları ilə paylaş: |