Iqtisodiy talimot doc



Yüklə 3,09 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə59/150
tarix26.07.2023
ölçüsü3,09 Mb.
#137611
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   150
6-IQTISODIY-TALIMOTLAR-TARIXI-2005-oquv-qollanma-A.Razzaqov-va-bosh

 
T.Maltus
yashagan davr Angliyada sanoat 
inqilobi amalga oshayotgan yillar bo`lib, qayta 
ishlab chiqaruvchilar ommaviy qashshoqlashdi, 
ishsizlar armiyasi ko`paydi, ishchilarning iqtisodiy 
ahvoli tobora yomonlashdi. Xuddi shu holatlarga 
baho berish, uni izohlash, bu ahvolning sababi 
nimada ekanligini tushuntirish Maltusga nasib etdi. 
Uning asosiy asarlari quyidagilar: "Aholi nufuzi 
qonuni 
to`g`risidagi 
tajriba" 
(1798), 
"Yer 
rentasining tabiati va o`sishi to`g`risidagi tajriba" 
(1815), "Siyosiy iqtisod prinsiplari" (1820 yilda 
yozilgan va avvalgi kitobni qayta ishlab, ikki jildli 
asarga aylantirilgan). Bu asar uning do`sti 
D.Rikardoning "Siyosiy iqtisodning boshlanishi" asaridan uch yil keyin 
chiqqan bo`lib, nazariy metodologik jihatdan undan keskin farq qilmaydi. 
Bu asarlarda Maltus lendlordlar manfaatini himoya qiladi, ammo yer 
egalari va kapitalist-fabrikantlarning manfaatlari mos kelsa va ishchilarga 
qarshi qo`yilsa, ularning ikkalasini qo`llab-quvvatladi, hukmron sinflarni 
oqladi, ommaning ochyalang`ochligi va og`ir ahvolida ularning hech qan-
day aybi yo`qligini isbotlamoqchi bo`ldi. Mavjud tizimni takomillashtirish 
kerakligini u xayoliga ham keltirmadi, buni o`ziga xos utopiya deb 
hisobladi. 
Asosiy iqtisodiy masalalarni yagona bir omil asosida oddiy-gina tu-
shuntirishga harakat qilinadi. 
Tadqiqot predmeti sifatida avvalo ishlab chiqarish sohasini rivo-
jlantirish yo`li bilan jamiyatning moddiy boyligini yanada ko`paytirish ma-
salasi qaraladi. Shu bilan birga, birinchi marta iqtisodiy o`sish muammos-
T.R.Maltus
PDF created with pdfFactory trial version 
www.pdffactory.com


191 
ini aholining o`sishi bilan bog`lashga harakat qilingan. Avvalgi tadqiqot-
larda aholi o`sishi o`z-o`zidan milliy xo`jalik rivojiga olib kelishi (va ak-
sincha) masalasi qo`yilgan bo`lsa, bu olim muammoga o`ziga xos ravishda 
yondoshadi. 
Tadqiqot usulida iqtisodiy liberalizm konsepsiyasini tan olgan 
holda, iqtisodiy o`sish sur'atlari bilan aholi soni o`rtasida o`zaro aloqador-
likni ilmiy jihatdan isbotlashga o`rinining o`ziga xos yo`llari mavjuddir. 
Jahonga ma'lum bo`lgan Ch.Darvin, D.Rikardo va boshqalarning 
qarashlari unga metodologik asos sifatida xizmat qildi. 
Bu olim metodologiyasining yangiligi va ahamiyati shundaki, un-
dan milliy iqtisodiyotni rivojlantirish va qashshoqlik sabablarini aniqlash 
va undan chiqish uchun amaliy xulosalar chiqarish mumkin, yashash 
minimumi sifatida belgilanadigan tirikchilik vositalari va aholi o`sish soni 
o`rtasidagi oddiy nisbatni isbotlashga harakat qilinadi. 
M. Blaugning ta'kidlashicha, Maltus bo`yicha insoniy jamiyatni 
sotsial qonunlar (sotsial islohotlar) yordamida har qanday ongli takomil-
lashtirishga urinish yengib bo`lmas insonlar ommasi tomonidan surib tash-
lanadi va shu sababli har bir odam o`zi haqida o`zi jon kuydirmog`i va 
o`zining xatolari uchun to`la javob berishi kerak. 
Aholi nufuzi nazariyasi Maltus go`yoki tarixiy manbalarga 
asoslanib, insoniyatning nihoyatda tez o`sganligini isbotlashga urinadi. Bu 
o`sish tirikchilik vositalari, kamchiligi kasalliklar, urushlar, chaqaloqlarni 
o`ldirish, tug`ilishni ixtiyoriy tartibga solish yo`li bilan sekinlashtirilma-
ganda ahvol bundan ham yomon bo`lar ekan. 
Maltus tabiat bilan hamohang o`simlik va hayvonlarning cheksiz 
ko`payishi va yashash uchun kerakli mablag`lar o`sishi yo`nalishlarini 
tadqiq etadi. Agar insonlar har 25 yilda ikki marta ko`payib, geometrik 
progressiya asosida ortib borsa (1, 2, 4, 8, 16, 32, 64, 128, 256 va hokazo), 
tirikchilik vositalari eng qulay sharoitlarda ham arifmetik progressiya 
asosidagina ko`payishi mumkin (1, 2, 3, 4, 5, 6, 7 va hokazo). 
Bunday sharoitda 200 yildan so`ng aholi sonining tirikchilik vosita-
lariga nisbati 256 : 9, 300 yildan so`ng esa 40096 : 13 bo`ladi va hokazo 
(2-jadvalga qarang). 
Tirikchilik vositalariga nisbatan doimo tezroq ko`payishga intilishi 
"aholining nufuz qonuni"dir, bu qonun jamiyat paydo bo`lgandan buyon 
mavjud bo`lib, doim va kudratli harakatdadir. Aholining ortiqcha qismi za-
rurat tufayli ochlik, yalang`ochlik va qirilishga mahkum etilgan. 
PDF created with pdfFactory trial version 
www.pdffactory.com


192 

Yüklə 3,09 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   150




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin