Iqtisodiy talimot doc


 V.Paretoning umumiy iqtisodiy muvozanat konsepsiyasi



Yüklə 3,09 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə101/150
tarix26.07.2023
ölçüsü3,09 Mb.
#137611
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   150
6-IQTISODIY-TALIMOTLAR-TARIXI-2005-oquv-qollanma-A.Razzaqov-va-bosh

 
15.3. V.Paretoning umumiy iqtisodiy muvozanat konsepsiyasi 
Vilfredo Pareto (1848-1923) iqtisodiy ta'limotning neoklassik 
yo`nalishini davom ettirgan yirik italyan vakili hisoblanadi, u marjinal-
izmning "Lozanna maktabi" ana'nalariga sodiq edi. Bu olimni iqtisodiyot 
bilan birga siyosat va sotsiologiya sohalari ham qiziqtirgan, bu uning 
yozgan asarlaridan ma'lum. Paretoning asosiy asarlari: ikki jildli "Siyosiy 
iqtisod kursi" (1898), "Siyosiy iqtisod ta'limoti" (1906) va "Umumiy sotsi-
ologiya bo`yicha risola" (1916).
Paretoning iqtisodiy tadqiqotlarida L.Valras, 
O.Kurno, F.Edtuort va boshqa olimlarning 
g`oyalari ta'siri katta bo`lgan. 1892 yil L.Valras 
Lozanna universitetidagi kafedra mudirligini 
V.Paretoga topshiradi va shu dargohda yuqorida 
ko`rsatilgan asarlar yaratildi. V.Pareto V.Valras 
kabi umumiy iqtisodiy muvozanat muammolari 
tadqiqotiga 
katta 
ahamiyat 
berdi, 
bunda 
marjinalizmning iqtisodiy tahlil g`ochlariga amal 
qilinadi. Shu bilan birga Pareto iqtisodiyotda 
muvozanatning shart-sharoitlari va omillarini 
o`rganishda sifat jihatidan yangi prinsiplarni ilgari surib, neoklassik iqtiso-
diy g`oyalarni yangi "ikkinchi to`lqini"ni boshlab berdi. Bular quyidagi-
larda namoyon bo`ladi. 
V.Pareto funksional yondashuv asosida almashuvning birdan bir 
sababi naflik (ehtiyoj) degan qoidadan voz kechib, iqtisodiy tizimni bu-
tunligicha izohlashga o`tdi, bunda talab (iste'mol) va taklif iqtisodiyotda 
muvozanat elementlari sifatida qaraladi. Shu bilan birga, "sof" iqtisodiy 
nazariyaga asoslanib, daromadlar tengsizligi ularni sinflar o`rtasida taqsim-
lash bilan bog`liqligini inkor etadi. 
L.Valrasning umumiy iqtisodiy muvozanat modelida shu muvo-
zanatga erishuvning mezoni naflikning maksimumi (uni hisoblash mumkin 
emas) deb hisoblangan bo`lsa, Paretoda bu mezon boshqasiga, ya'ni konk-
ret individning afzal ko`rish nisbati o`lchovi bahosiga almashtiriladi.
Deyarli qirq yildan so`ng (1959) V.V.Leontyev bu muammoni dol-
zarbligi pasaymayotganligi tufayli, bu soXada uchta pozitsiya 1954 y. e'lon 
qilingan bo`lib, unda iste'molchilarning tovarlarni tanlashda o`zini qanday 

Yüklə 3,09 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   150




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin