Iqtisodiy talimot doc


 Alfred Marshallning iqtisodiy ta'limoti



Yüklə 3,09 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə98/150
tarix26.07.2023
ölçüsü3,09 Mb.
#137611
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   150
6-IQTISODIY-TALIMOTLAR-TARIXI-2005-oquv-qollanma-A.Razzaqov-va-bosh

15.1. Alfred Marshallning iqtisodiy ta'limoti 
 
(1842-1924) iqtisodiyotda neoklassik (yangi klassik) 
yo`nalishning yetakchi vakili, marjinalizmning "kembrij 
maktabi"lideri 
hisoblanadi. 
Kembrij 
universitetida 
o`qidi, uni tugadi va shu yerda butun hayoti davomida 
o`qituvchilik qildi. U siyosiy iqtisod fanidan (1863 
yildan to 1908 yilgacha) dars berdi. 1902 yildan boshlab 
yangi "Ekonomiks" fanini kiritdi va siyosiy iqtisod fani 
asta-sekin siqib chiqarildi. Marshall marjinalizm 
g`oyasini musbat ravishda (Jevonani bilmagan holda) 
aniqladi. 
"Ekonomiks prinsiplari" (1890) A.Marshallning bosh asari bo`lib, 
olti jilddan iborat. Bu kitob doim to`ldirib borildi va olim hayoti davomida 
8 marta qayta nashr etilgan (ruschaga - "
Принципы
экономики
" tarjima 
qilingan). Kitob boshidayoq fanning predmeti to`g`risida fikr yuritiladi. Bu 
fan inson jamiyatining normal hayot faoliyatini tadqiq qilish bilan 
shug`ullanadi. Individual va ijtimoiy jarayonlarning farovonlikning mod-
diy asoslarini yaratish bilan chambarchas bog`liq bo`lgan sohani o`rganadi. 
Mashhur "Ekonomiks" kitobining muallifi P.Samuelson bu fan predmeti 
nomi "iqtisodiyot" bo`lib, iqtisod yoki maksimizatsiyani bildiradi. Unda 
ishlab chiqarish Hajmlari optimal bo`lganda, sof foyda maksumumga er-
ishuviga katta e'tibor qaratilgan. 
Tadqiqot metodida klassik maktab g`oyalariga vorislik mavjud 
bo`lib, ular yanada rivojlantiriladi. A.Marshall insonlarning iqtisodiy faoli-
yatini "sof" iqtisodiy nazariya pozitsiyasida turib, xo’jalikning ideal (bena-
A.Marshall
PDF created with pdfFactory trial version 
www.pdffactory.com


297 
zir) modelini, "mukammal raqobat" tufayli bo`lishi mumkin bo`lgan tadqiq 
etdi. Ammo, birqancha iqtisodiyotning mo`tadilligi (muvozanati) bilan 
bog`liq marjinal g`oyalar orqali u bu fanni "xususiy" hol, ya'ni firma, soha 
(mikro-ekonomika) darajasida qaraydi. Bunday yondoshuv olim yaratgan 
"Kembrij maktabi" va X1X asr oxiri - XX asr boshidagi ko`pchilik neok-
lassiklar uchun xosdir. Ammo shuni alohida ta'kidlash kerakki A. Marshall 
o`zida oldin o`tgan ortodoksal klassiklardan farqli ravishda, iqtisodiy kate-
goriya larni "Isbot" talab etuvchi u yoki bu asosiy chegaralanishi maqsadga 
muvofiq deb hisoblaydi. 
Olim tadqiqotlarida bozorda erkin baho shakllanish muammosi 
asosiy o`rinni egallaydi. Bunda bozor muvozanati yagona organizm sifa-
tida, xo`jalik yurituvchi subektlar chaqqan va bir-biri to`g`sida yaxshi 
ma'lumotga ega ded qaraladi. 
Bozor bahosi eng yuqori naf asosida aniqlanadigan talab bahosi va 
eng yuqori xarajatlar bilan topiladigan taklif bahosining kesishish natijasi 
deb qaraladi. Bu "Marshall xochi" deb yuritilada, talab va taklif 
chiziqlarining kesishganliging grafik (chizma) shaklidir. chiziqlar kesish-
gan joyda ular orasidagi muvozanat, ya'ni muvozanatli, mo`ta'dil baho 
o`rnatiladi. 
Shu yerda olimning tovar qimmatining mohiyati to`g`risidagi 
g`oyasi xarakterlidir. Uning fikricha, qimmatni yaratishda naflik va ishlab 
chiqarish xarajatlari (qaychining ikki tig`i) birdek faoldir. U qaychini misol 
sifatida keltirib, qaychining qog`oz qirqanda qaysi (ustki yoki pasti) tig`i 
(lezviyasi) asosiy rolni o`ynaydi, deb savol beradi. 
Marshall tomonidan "iste'mol ortiqchaligi" tushunchasini kiritadi, 
bu xaridor olishi zarur bo`lgan ilojsiz narsa uchun to`langan va amalda 
to`layotgan baholar o`rtasidagi farqdir, ya'ni xaridorning qo`shimcha talab-
ini qondirishning iqtisodiy o`lchovidir. 
Ilk majinalistlarning baho, talab va taklif kabi omillarning funk-
sional bog`lanish umumlashtiriladi. U xususan, baho pasayishi bilan talab 
ortishi (baho ortishi bilan talab pasayishi), baho pasayishi bilan taklif 
pasayishi (baho ortishi bilan taklif ortishi)ni ko`rsatib berdi. Mo'tadil (mu-
vozanat) baho talab va taklif nuqtalari kesishgan yerda o`rnatiladi (yuqori 
aytildi). Shularga mos ravishda bozorda baholarning o`zgarishi ro`y beradi. 
Daromadlar nazariyasida kapitalga foiz, ish haqi marjinalistik hal 
etiladi. Avvalgi klassiklarning tovar qiymati sarflangan mehnat bilan 
o`lchanishi qat'iyan rad etiladi. 
Foiz stavkasi darajasi to`g`risida fikr yuritilib, foiz kamayishi bilan 
insonlar kam jamg`aradilar (va aksincha) degan xulosa chiqariladi. Bu 
PDF created with pdfFactory trial version 
www.pdffactory.com


298 
qoida keyinchalik uning shogirdi J.M.Keyns tomonidan keng foydalanildi 
(yuqorida berilgan). 
"Talab bahosi" rivojlantirilib "talabning elastikligi (qayishqoqligi)" 
konsepsiyasi ilgari suriladi, bu talab hajmining baho (narx) o`zgarishiga 
bog`liqligi ko`rsatkichidir. Elastiklikning turli omillarga qanchalik 
bog`liqligi tahlil etiladi (iste'mol tarkibi, daromad darajasi va b. ). Eng kam 
elastiklik keng iste'mol mollariga tegishli (ammo xuddi shu holatni zebi-
ziynat mollariga nisbatan ko`rib chiqmagan). Bu bog`lanish vaqt davomida 
o`zgarib turishi aytiladi. 
O`rganilayotgan davr qanchalik kichik bo`lsa, talabning bahoga 
ta'siri shunchalik kattadir, davr qanchalik katta bo`lsa, ishlab chiqarish 
xarajatlari (taklif) ning ta'siri asosiydir. 
Korxonada ishlab chiqarish hajmlarining o`stirish davomida sol-
ishtirma ishlab chiqarish xarajatlari o`zgarishi qonuniyatlari aniqlandi. 
Korxona ishlab chiqarish masshtabini oshirganda undan keladigan nafning 
miqdori muammosi qarab chiqiladi. Marshall xususan shuni qayd qiladiki, 
odatda raqobatli iqtisodiyotda yirik korxona (firma) o`z tovar mahsulotiga 
bahoni pasaytirishni ta'minlaydi, bu esa raqobatchilar oldida ustunlikka 
olib keladi (malaka oshuvi, maxsus mashina va asbob-uskunalarni qo`llay 
olish tufayli). Eng muhimi bunday iqtisoddan butun jamiyat manfaat 
ko`radi. 
"Repreztativ firma" (o`rtacha firmaning turi) tushunchasi kiritiladi. 
Uning hajmi ma'lum tovarni ishlab chiqarish hajmi ortishi bilan ortadi, bu 
esa ham ichki ham tashqi foyda keltiradi, chunki mehnat sarflari va boshqa 
ishlab chiqarish xarajatlari pasayadi. 
Bundan olim ikkita iqtisodiy qonun borligi to`g`risida xulosa 
chiqaradi: 1) o`sib boruvchi foyda va 2) doimiy foyda. Birinchisiga ko`ra, 
mehnat va kapital sarflari hajmi ortishi bilan odatda ishlab chiqarishni 
tashkil etishni mukammallashtirishga olib keladi, mehnat va kapitaldan 
foydalanish samarodorligini oshiradi, proporsional (mutanosib) ravishda 
yuqoriroq foyda keltiriladi. Ikkinchisiga ko`ra, mehnat va boshqa xarajatlar 
mahsulot hajmini proporsional o`sishiga olib keladi. Olim fikricha, real 
hayotda bu ikki tendensiya doimo bir-biriga qarama-qarshi turadi. 
Raqobat sharoitida ishlab chiqarish yiriklashuvi bilan nisbiy xara-
jatlar yo pasayib boradi, yoki paralel o`sadi, ammo mahsulot hajmi o`sish 
sur'atlaridan ilgarilab ketmaydi. Keyinchalik mana shu fikrlar asosida mik-
roiqtisodiy nazariya ishlab chiqarish va korxona o`lchamlari (katta-
kichikligi)ni optimallashtirish muammosini yechish bo`yicha ancha aniq 
uslubiy yechimlarni ilgari surdi. Ishlab chiqarish xarajatlarini doimiy va 
PDF created with pdfFactory trial version 
www.pdffactory.com


299 
o`zgaruvchi deb qarab, uzoq muddat davomida doimiy xarajatlar 
o`zgaruvchan bo`lib qoladi. Firma bozorni tark etishining asosiy sababi - 
xarajatlarning bozor bahosi darajasidan yuqorilab ketishidir. 

Yüklə 3,09 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   150




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin