313
oid yuridik munosabatlar shaklida namoyon bo`ladi. Kommons mulk
shakllarini iqtisodiy munosabatlar shaklida tahlil etmaydi, ammo "Mulk
tituli"ni yuridik shakl sifatida ko`radi. U mulkni uch ko`rinishga ajratadi:
moddiy, nomoddiy (qarzlar va qarz majburiyatlari) va ko`rinmas
(qimmatbaho qog`ozlar). Ko`rinmas mulk ko`pincha "mulk tituli bilan
kelishuv" mazmuni bo`lib amalga oshadi. Shu sababli, Kommons
tadqiqotlarining asosini qimmatbaho qog`ozlar - aksiya, obligatsiya va
boshqalarni sotish operatsiyalari tashkil etadi. Ko`rinib turibdiki, bu
olimning g`oyalarida birinchi o`rinda ishlab chiqarish emas, balki
muomala sohasi turadi. Uch shakldagi sanoat kapitali o`rniga fiktiv (soxta)
kapital olinadi, bu soha kapitalistik xo`jalikning mohiyati sifatida qaraladi.
U jamoat fikri bilan hisoblashuvchi va iqtisodiyotni monopoliyadan
chiqarishni amalga oshiradigan hukumat tuzish zarurligiga ishongan.
Iqtisodiy islohotlar doirasida davlat qonuniy qarorlari jamiyatdagi qarama-
qarshilik va konfliktlarni tugata oladi, bunda ma'muriy kapitalizm
bosqichiga o`tiladi.
Yuqorida keltirilgan T.Veblen va J.Kommonslarning g`oyalari
amalda, 1929-1933 yy.dagi iqtisodiy inqiroz davrida AQSH prezidentining
"yangi kurs" siyosatida amaliy tasdig`ini topdi.
Dostları ilə paylaş: