Iqtisodiy talimot doc



Yüklə 3,09 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə105/150
tarix26.07.2023
ölçüsü3,09 Mb.
#137611
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   150
6-IQTISODIY-TALIMOTLAR-TARIXI-2005-oquv-qollanma-A.Razzaqov-va-bosh

    Bu səhifədəki naviqasiya:
  • Veblen
16.2. T.Veblen g`oyalari 

Veblen 
iqtisodiy 


jarayonlarni 
shakllangan 
an'analar sifatida tahlil etadi. Ana shunday an'anaviy 
harakatlantiruvchi kuchlar qatoriga ota-onalar his-
tuyg`usi, usta instinkti, ya'ni yaxshi ishlashga intilish, 
ilmga chanqoqlik, sof qiziquvchanlik kiritiladi. Uning 
fikricha, dastlabki instinkt avval oilaga g`amxo`rlikda 
namoyon bo`ladi, keyinchalik esa jamiyat va butun 
insoniyatga bo`lgan g`amxo`rlikka aylanib boradi. 
Darvinizm (biologik) g`oyalari iqtisodiyotga tadbiq 
etiladi. Veblen "Bekorchi sinflar nazariyasi" ("
Теория
праздного
класса
") 
kitobida quyidagilarni yozadi: "Jamiyatdagi odamning hayoti boshqa 
turdagi hayot kabi mavjudlik uchun kurashdir va demak, tanlanish va 
moslashish jarayonini aks ettiradi. Jamiyat strukturasining evolutsiyasi in-
stitutlarning tabiiy tanlanish jarayonidir". Darvinning tabiiy tanlanish ta'li-
moti ijtimoiy xodisalarga mexanik ravishda ko`chiriladi. Insonning ongli 
harakatiga yetarlicha baho bermasdan, odamlarning yurish-turishi 
g`ayriixtiyoriy saboqlar, instinkt, fe'l-atvor va odatlar orqali tushuntiriladi. 
Jamiyat rivoji biologik qonuniyatlar bilan bir xil deb qaraladi, proletariat-
nig sinfiy kurashi inkor qilinadi, markscha inqilobga darvinistik 
evolyusionizm qarama-qarshi qo`yiladi. 
U zamonaviy industrial texnokratik konsepsiyalar asoschisi bo`lib 
hisoblanadi. Industriya olamiga alohida e'tibor beriladi va unga barcha ish-
lab chiqaruvchilar va birinchi navbatda muhandislar va ishchilar kiritiladi. 
Industriya olami mehnat unumdorligini o`stirish, ishlab chiqarish jaray-
onini yaxshilash va samaradorlikni oshirishni bosh maqsad qilib qo`yadi. 
Veblen
 
PDF created with pdfFactory trial version 
www.pdffactory.com


311 
Unga moddiy ishlab chiqarish sotsial formadan butunlay ajratib qo`yiladi. 
Ishlab chiqarish asosan texnik ko`rsatkichlar, masalan texnik asos darajasi, 
malaka, bilim va boshqalar bilan xarakterlanadi. Biznes olami deganda u 
moliyachilar, trest tashkilotchilari va tadbirkorlarni tushundi. Uningcha, 
biznes imkoni boricha yuqori foyda uchun intiladi va shu sababli uni 
beayov tanqid qiladi, chunki turli moliyaviy va kredit nayranglari, turli ak-
sioner jamiyatlari tizimi tufayli sanoat unga to`la bo`ysundirilgan. Shu sa-
babli, sanoatni biznes ta'siridan "ozod" qilish kerak, deydi u. "Industriya" 
va "biznes" nazariyasida ishlab chiqarish jarayonida moddiy mazmun bilan 
uning sotsial-iqtisodiy shakli o`rtasida bog`lanish yo`q. Veblen industriya 
va biznes orasida keskin qarama-qarshilik bor deb xato qiladi, shular kapi-
talizm illatlarining sababchisi qilib ko`rsatiladi. 
Insonlarning iqtisodiy rag`bati avvalo qarindoshlik his-tuyg`usi, 
bilim va bajarilayotgan ishning yuqori sifatiga instinktiv intilishdir (A.Smit 
- foyda ketidan quvish). 
Bekorchi (to`q) sinflar to`g`risida farq yuritilib, ularga "biznes 
olami odatlari" xosligi aytiladi. Ular uchun tovarlarga alohida baho belgi-
lanadi va ular talab qonunlaridan boshqacha bo`lishi mumkin deyiladi. 
Buni "Veblen effekti" deb ataladi (bu fikrda jon bor, boy mamlakatlarda 
boylar uchun alohida do`konlar mavjud). 
Veblen nazariyasi jamiyat sotsial strukturasi to`g`risida noto`g`ri 
tushuncha hosil qiladi, jamiyat sinflarga ajratilmaydi, ishchilar va muhan-
dislar yagona sanoatchilar guruhiga kiritiladi, sinfiy kurash tushunchasi esa 
umuman yo`q. 
Mavjud tizimni o`zgartirish to`g`risida gapirib, bu masalani Veblen 
ilmiy-texnika inqilobini kuchaytirish, hokimiyatni texnik intelligensiya 
qo`liga berish bilan hal etishni taklif qiladi. Buning uchun barcha muhan-
dis-texnik xodimlar umumiy ish tashlashlari kerak, shunda tadbirkorlar 
ularning shartlariga ko`nishga majbur bo`ladilar. Kapitalizm transformatsi-
yasi "texniklar kengashi" vositasida bajariladi, hozirgi zamon jamiyatida 
intelligensiyaning roli birinchi o`ringa qo`yiladi, ya'ni biznes olamini mu-
handis- texnik intellegensiya yenga oladi. 
Sanoat mutaxassislari yagona sinf sifatida qaraladi va bu sinfning 
asosiy maqsadi texnikadan foydalanishni takomillashtirishdir. Demak, Ve-
blen yangi jamiyatni "texnokratik" ko`z bilan ko`radi va kapitalizmni 
saqlab qolish yo`lini taklif etadi. 
PDF created with pdfFactory trial version 
www.pdffactory.com


312 

Yüklə 3,09 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   150




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin