Asosiy tushuncha va iboralar
Neoklassika; A. Marshall; "Ekonomiks"; baho, talab, taklif; talab
elastikligi; "Marshall xochi"; "iste'mol ortiqchaligi"; "reprezentativ firma";
J.B.Klark; "chegaraviy naflik"; "eng yuqori unumdorlik"; statika va
dinamika; V.Pareto; "befarqlik egri chiziqlari"; "Pareto optimumi".
Nazorat va mulohaza uchun savollar
1. A.Marshall bo`yicha bozor bahosi nima?
2. Baho, talab va taklif o`rtasidagi bog`lanish qanday?
3. Taklif elastikligi deganda nima tushuniladi?
4. "Marshall hochi"ning mazmunini izohlab bering?
5. Ishlab chiqarish hajmlari o`sishi va nisbiy ishlab chiqarish
xarajatlari o`rtasidagi bog`lanish nima?
6. Doimiy va o`zgaruvchi xarajatlarni izohlang.
7. J.B.Klarkning statik va dinamik iqtisodiyot to`g`risidagi
g`oyalari nimani anglatadi?
8. "Eng yuqori unumdorlik qonuni"ning asosiy xususiyatlari.
9. V.Paretoning umumiy iqtisodiy muvozanat konsepsiyasi mohi-
yati nimadan iborat?
10. Naflikni maksimum qilish uchun nima asos qilib olingan?
11. V.Paretoning "befarqlik egri chiziqlari" nimani bildiradi?
12.
Pareto optimumini izohlang.
PDF created with pdfFactory trial version
www.pdffactory.com
306
Bir kun urush bo`lgan yerdan, qirq kun baraka ko`tariladi.
Maqol.
16-BOB. IQTISODIYOTNI TARTIBGA SOLISH
KONSEPSIYALARI. IQTISODIY TA'LIMOTLARDAGI
INSTITUTSIONAL YO`NALISH
16.1. Institutsionalizmning asosiy xususiyatlari
XIX asr oxiri - XX asr boshlarida olamda bo`lib o`tgan aniq ijti-
moiy-iqtisodiy o`zgarishlar tufayli jahondagi mamlakatlarning salohiyoti
keskin o`zgardi, ilgari ilg`or bo`lgan davlatlar 2-o`rinlarga (Angliya, Fran-
siya), nisbatan qoloq bo`lgan davlatlar esa 1-o`rinlarga chiqib olishdi
(AQSH, Germaniya). Xuddi shu davrda yetakchi mamlakatlarda erkin
raqobatga asoslangan iqtisodiyotdan ko`pincha monopolistik (mono-bir)
iqtisodiyotga o`tish kuchaydi. Monopoliya kuchayishi monopol foyda ol-
ishga imkon yaratdi va iqtisodiy rivojlanishga salbiy ta'sir qila boshladi.
Shu sababli antimonopol choralar qo`llash g`oyasi ilgari surildi, bu birinchi
AQSHda ro`y berdi. Keyinchalik (va hozirda) barcha davlatlar bunday
chorani qo`llaydilar.
Antitrest siyosati yo`li bilan iqtisodiyot ustidan ijtimoiy nazorat-
ning turlicha metod (usul)lari Kullanila boshlandi. Ana shu usullarning
nazariy asoslari yuzaga keldi va hozirda ham mavjud.
Iqtisodiy ta'limotlardagi institutsionalizm yo`nalishi AQSHda XX
asrning 20-30 yillarida keng tarqaldi, ammo u ancha oldin, XIX asrning
ohirlarida vujudga kelgan (T.Veblennning 1899y. chiqqan "Bekorchi sin-
flar nazariyasi" asari bilan bog`liq). Bu yo`nalish nomi lotincha "instituto"
- urf-odat, ko`rsatma, muassasa so`zidan olingan va kapitalizmning imperi-
alizm bosqichiga o`tishi bilan bog`liq ravishda ro`y berdi (sanoat va moliya
monopoliyalari, korxonalarning yiriklashuvi va boshqalar), chunki bu davr
rivojlanishi erkin raqobatga asoslangan avvalgi davr ta'limotlari bilan izoh-
lash mumkin bo`lmay qoldi.
Bu ta'limot yo`nalishi vakillarining fikricha, institutlar jamiyat rivo-
jlanishining harakatlantiruvchi kuchi bo`lib xizmat qiladilar. Bu tushuncha
tagida ijtimoiy xodisalar, masalan, oila, davlat, monopoliya, kasaba
uyushmalari va boshqa muassasalar yotadi, ya'ni jamoat ruhining namoyon
bo`lishi, yurish-turish va o`ylash usulini xalqning ma'lum guruhlari uchun
odatiy, an'anaviy, shuningdek huquqiy, axloqiy va boshqa ko`rinishlarini
o`z ichiga oladi. Bu yo`nalish mafkurachilarining fikricha, iqtisodiy kate-
PDF created with pdfFactory trial version
www.pdffactory.com
307
goriyalar bo`lgan xususiy mulk, soliq, pul, kredit, foyda, savdo va bosh-
qalar jamiyat ruhining paydo bo`lishi shaklidir. Demak, ular obyektiv iqti-
sodiy qonunlaning mavjudligini to`la tan olmaydilar va jamoat ruhiyatining
evolutsiyasini tahlil etadilar.
Institutsionalizm ma'lum ma'noda neoklassik yo`nalishga muxolif-
dir.
Neoklassiklar bozor iqtisodiyotini o`zini-o`zi boshqara oladigan
(A.Smit fikri) sistema deb qarasalar (sof iqtisodiyot fani), institutsionalizm
tarafdorlari iqtisodiyot rivojlinishining harakatlantiruvchi kuchlari moddiy
omillar bilan birga tarixiy kontekstda qaraladigan ma'naviy, axloqiy, huqu-
qiy va boshqa omillarga ham bog`liqdir deb o`ylaydilar.
Demak, bu yangi yo`nalishning tadqiqot predmeti sifatida ijtimoiy-
iqtisodiy, shu bilan birga noiqtisodiy muammolarni tahlil etish ilgari suri-
ladi. Shu bilan birga, tadqiqot obyektlari, ya'ni institutlar birinchi yoki ik-
kinchi darajali deb Karalmaydi va bir-biriga qarama-qarshi qo`yilmaydi.
Bu yo`nalishning tadqiqot usulida ayrim olimlar fikricha Germani-
yada vujudga kelgan tarixiy maktabga katta o`xshashlik bor.
Tarixiy va ijtimoiy muxit omillarining hisobga olinishi tarixiy mak-
tab bilan yaqinlikni anglatsa ham, ammo to`la yakdillik yo`q. Yangi
yo`nalish neoklassiklarning marjinalizm g`oyalariga asoslangan matematik
va ekonometrik prinsiplarini keng qo`llaydilar.
Institutsionalizmga xos bo`lgan uslubiy xususiyatlar quyidagilardir:
1) neoklassikaga xos abstraksiyaning yuqori darajasi va ayniqsa
baho nazariyasining ortodoksal statik xarakteridan qoniqmaslik;
2) iqtisodiy nazariyani boshqa ijtimoiy fanlar bilan integratsiyaga
intilish yoki fanlararo yondoshuv ustuvorligiga ishonch;
3) klassik va neoklassik nazariyalarda empirizm (tajribaga suyan-
ish) yetishmasligidan norozilik, chuqur miqdoriy tadqiqotlar o`tkazishga
chorlash.
Bu yo`nalishning vujudga kelish, shakllanishi va evolutsiyasining
ma'lum tarixi bor. Uning mafkurachilari T.Veblen, J.Kommons, U.Mitchell
asarlarida iqtisodiy sikl va inqirozlar tarixi bo`yicha faktik materiallar jam-
langan. Bu olimlar jamiyat a'zolari uchun xos bo`lgan urf-odat, an'ana,
odob-ahloq, instinktlarni o`rganish bilan shug`ullanadilar. Ularda nazariy
tadqiqotdan ko`ra, yozib borish, qayd etish uslubi ortiqroqdir.
Institutsionalizm evolutsiyasi (rivoji)ni uch davrga bo`lish mumkin:
1. 20-30 yillarda institutsionalizmning keng tarqalishi. Bu davrning
bosh mafkurachisi T.Veblendir (1857-1920), uni J.R.Kommons (1862-
PDF created with pdfFactory trial version
www.pdffactory.com
308
1945), U.Mitchell (1874-1948), J.Gobson (1858-1940), U.Gamiltonlar faol
himoya qildilar.
2.
Urushdan
keyingi
kechki
institutsionalizm.
Bu
davr
mafkurachilari iqtisodiyotdagi qarama-qarshiliklarni izohlab berish bilan
birga F.Ruzvelt tomonidan ilgari surilgan "Yangi kurs" islohotlarini
amalga oshirish bo`yicha tavsiyanomalarni ham ilgari surdilar. Ular demo-
grafiya va antropologiyani o`rgandilar, ishchilar harakatining kasaba
uyushmalari nazariyalarini ishlab chiqdilar. 50 yillarda J.M.Klark "Iqtiso-
diy institutlar va insonlar farovonligi", A.Berli "Mulksiz hokimiyat" va
"XX asr kapitalistik inqilobi" kitoblarini chop etdilar, G.Minz o`zining
maqolalarida aksionerlar soni ortishi, kapital mulkning kapital funksiyadan
ajralish jarayonini qayd etdi.
3. 60-70 yillarda ijtimoiy-institutsional yo`nalish, ya'ni neoinstitut-
sionalizm paydo bo`ldi. 60-yillardagi institutsiona-lizm asoslari amerikalik
nazariyotchi A.Lou va shvetsiyalik iqtisodchi G.Myurdal tomonidan ishlab
chiqildi. Hozirgi davrdagi ijtimoiy-institutsional yo`nalish ta'limoti
J.K.Gelbreyt va R.Xeylbronerlar tomonidan davom ettirilgan.
Bu yo`nalish g`oyalari "iqtisodiy o`sish omillari nazariyasi"ning
mafkurachisi U.Rostou, so`l keynschilik yo`nalish (o`sish nazariyasi) ta-
rafdorlari hamda Joan Robinson asarlarida ham o`z aksini topgan. Ameri-
kalik institutsionalizm vakillari iqtisodiy jarayonlar asosining umumiy tu-
shunchasiga ega emaslar. Masalan, Veblen iqtisodiy jarayonlarni
ruhshunoslik, biologiya va antropologiya bilan bog`langan deb hisoblasa,
Kommons - ruhshunoslik va huquqni, Mitchell - antropologiya va mate-
matik hisob-kitoblarni ustun qo`yadi.
Amerikalik
neoinstitutsionalizm
nazariyotchilari
iqtisodiy
jarayonlarni industriya rivoji va texnokratiya rolining o`sishi bilan
bog`lamoqdalar, shuningdek bu jarayonlarning borishini tushuntirishda
jamiyat ijtimoiy hayotiga asoslanmoqdalar. Bunday xilma-xillik tufayli
ijtimoiy-institutsional yo`nalish ichida turli oqim va maktablar vujudga
keldi.
Institutsionalizmdagi ana shunday uchta asosiy:
1. Ijtimoiy-psixologik;
2. Ijtimoiy-huquqiy;
3. Empirik yoki konyunktur-statistik oqimni ajratish mumkin. Le-
kin, shu bilan birga, barcha yo`nalishlar uchun xos bo`lgan umumiylik ham
mavjud. Ularning barchasi ozmi-ko`pmi burjua jamiyatini axloqiy-
psixologik jihatdan tanqid ostiga oladilar, iqtisodiyot fanida reformistik
PDF created with pdfFactory trial version
www.pdffactory.com
309
yo`lni oqlaydilar va bu oqim olimlari burjua jamiyatini mutlaq maqtashdan
chetlangandirlar.
Bu yo`nalish g`oyalariga baho berib, g`arb iqtisodchilari institut-
sionalizmni "Formalizmga qarshi g`alayon" deb qaramoqdalar, uni klassik
iqtisodiy maktabga qarama-qarshi qo`ymoqdalar. Bu yo`nalishning paydo
bo`lishi va avvalgilaridan farq qilishi vaqt va sharoit taqozosi tufaylidir,
chunki kapitalizm avvalgi davrdagidan keskin o`zgardi, davlat va jamoat
tashkilotlari, ayniqsa, kasaba uyushmalarining roli ortib ketdi. Ularni hi-
sobga olmaslikning iloji yo`q edi.
Ikkinchi tomondan bu yo`nalishning "norozilik kayfiyati" "eng yu-
qori naf nazariyasi"ga ham qarshi qaratilgan edi. Agar bu nazariya mik-
roiqtisodiy tahlil bilan shug`ullansa, institutsionalizm makroiqtisodiy
tahlilni amalga oshiradi. "Yuqori naf" vakillari jamiyat asosiy iqtisodiy
subyekti sifatida Robinzon (alohida individ)ni tanlashsa, institutsionalizm
mafkurachilari kollektiv - jamoa "psixologiyasi"ni birinchi o`ringa
qo`yadilar. Ular "yuqori naf" nazariyasiga qarshi chiqib, jamiyatning stixi-
yali rivoji o`rniga ishlab chiqarishni boshqarishda ijtimoiy tadbirlar
qo`llashni afzal ko`rdilar.
Boshqa maktablardan farqli ravishda, institutsionalizm iqtisodiy
hayotning ba'zi ijtimoiy tomonlarini tanqidiy o`rganishni asos qilib oldi,
ammo davlat monopolistik kapitalizmi tizimini qo`llab-quvvatladi.
Ularning g`oyalarida "Ijtimoiy nazorat"ni himoya qilish orqali
yangi sharoitda iqtisodiyotni tartiblashni tashkil etishni lozim deb
ko`rsatiladi. Ayniqsa, bu sharoitda huquqiy masalalarni rivojlantirish
muammosi dolzarb qilib qo`yildi. Ular "erkin sohibkorlik" va marjinaliz-
mga qarshi chiqib, iqtisodiyotda avtomatik barqarorlik mexanizmi borligini
inkor etdilar va iqtisodiy jarayonlarni miqdoriy tahlil qilishning tarafdorlari
edilar. Keynsdan ancha avvalroq ular davlat iqtisodiyotga faol aralashishi
kerak, degan fikrni ilgari surdilar.
Endi shu yo`nalish tarafdorlarining ayrim g`oyalari bilan tanishib
chiqamiz.
Ijtimoiy-psixologik institutsionalizmning asoschisi Torsteyn Ve-
blen va uning tarafdorlari iqtisodiy jarayonlarga psixologik jihatdan yon-
dashib, iqtisodiy rivojlanishning psixologik nazariyasini yaratishga intildi-
lar. Veblenning asosiy asarlari "Bekorchi sinflar nazariyasi" (1899), "Mo-
hirlik instinkti" (1914), "Fanning hozirgi sivilizatsiyadagi o`rni va boshqa
ocherklar" (1919), "Muhandislar va baho tizimi" (1921) va "Zamonaviy
o`zgaruvchi tizimlar to`g`risidagi ocherklar" (1934) kitoblarida jamlangan.
U keng sotsiologik tadqiqotlar olib borish asosida unga zamondosh bo`lgan
PDF created with pdfFactory trial version
www.pdffactory.com
310
jamiyatni juda qattiq tanqid ostiga oldi. Kapitalizm illatlari mavjud xususiy
mulk bilan tushuntiriladi (sotsialistik yo`nalishni eslang). Xususiy mulkn-
ing tanqid qilinishi albatta burjuaziya mafkurachilarini ham tashvishga
soldi. Uningcha, xususiy mulk, ayniqsa rantye (absenteistik mulk) borligi
tufayli aholining ma'lum bir qismi parazitik hayot kechiradi. Shu tufayli
kapitalizmning harakatlantiruvchi kuchi buzilib boradi, ayniydi. Veblen
marksist bo`lmagan, ammo kapitalizm tuzumining yaramasligini tan olgan,
u hatto birinchi paytlarda 1917 yildagi oktabr inqilobini qutlagan, uni
mavjud tuzumni o`zgartirish kerak, degan fikrning tasdigi deb o`ylagan.
Amalda esa u kapitalizmni "texnokratik" jamiyatda islohotlar yo`li bilan
"yaxshilash" usulini taklif etadi. Bu g`oyalar marksizmga zid fikrlardir.
Dostları ilə paylaş: |