Iqtisodiy talimot doc



Yüklə 3,09 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə129/150
tarix26.07.2023
ölçüsü3,09 Mb.
#137611
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   150
6-IQTISODIY-TALIMOTLAR-TARIXI-2005-oquv-qollanma-A.Razzaqov-va-bosh

I. Fisher 
I. Shumpeter 
PDF created with pdfFactory trial version 
www.pdffactory.com


356 
L. V. Kantorovich 
Shuni ta'kidlab o`tish kerakki, odatda o`zgaruvchilar yoki ularning 
logarifmlari orasidagi bog`lanish chiziqli bo`ladi, ya'ni ularning grafigi 
to`g`ri chiziq bo`ladi. Shunday tenglamalar yo`li bilan talab (narxlar, 
mahsulot hajmi, daromad, soliq va boshqalar), taklif, chiqimlar, import-
eksport va boshqa funksiyalarni ifodalash mumkin. Ishlab chiqarish 
funksiyalari ham shu tipdagi tenglamalar guruhiga kiradi. Birinchi, eng 
oddiy ishlab chiqarish funksiyasi Ch.Kobb va P.Duglas (AQSH, 1928) 
tomonidan tuzildi, keyin R.Solou, K.Arrou (AQSH)lar tomonidan 
umumlashtirildi, unda ishlab chiqarish ko`lami, texnika taraqqiyoti va 
boshqa omillar ham hisobga olindi. Bunday regressiv modellar alohida 
mahsulotlar uchun, korxona va firma, tarmoq va umumxalq xo`jaligi uchun 
ham tuzilishi mumkin. 
30-yillarda Ya.Tinbergen (Niderlandiya), 50-yillarda L.Klayn 
(AQSH), R.Stoun (Buyuk Britaniya) korrelatsion ko`p faktorli modellarni 
tuzdilar, unda alohida kapitalistik mamlakatlar iqtisodiyotidagi ishlab 
chiqarish, shaxsiy va davlat talabi, narx, soliq, tashqi savdo oboroti, 
kapitalning ishlatilishi va jamg`arilishi, ishchi kuchi taklifi va boshqa 
o`zgaruvchilar o`rtasidagi statistik aloqadorlik o`z aksini topgan. 
Xalq xo`jaligi tarkibini tahlil etish maqsadida 
tarmoqlararo balans tipidagi modellardan foydalaniladi. 
Dastlab bunday model 1925-26 yillarda sobiq SSSRda 
P.I.Popov (1872-1950) rahbarligida ishlab chiqildi. 
Keyinchalik bu uslub V.Leontyev (asli rossiyalik, 
AQSH) tomonidan rivojlantirildi va moliya oqimlari 
tarkibini o`rganish uchun R.Frish tomonidan tadbiq 
qilindi. 
Marksning qayta ishlab chiqarish sxemasi 
modeli sovet iqtisodchisi G.A.Feldman (1928) 
tomonidan 
tayyorlandi. 
Kapitalistik 
sikllarning 
iqtisodiy dinamika modellari Tinbergen, Frish, 
M.Kaletskiy , J.Xiks, R.Xarrot, P.Samuelson va 
boshqalar tomonidan ishlab chiqildi. 
Ekonometrika 
uslublari 
ko`pincha 
ekstrapolatsiya tendensiyalariga asoslangan. 
Sovet 
olimi 
L.V.Kantorovich 
chiziqli 
programmalash 
(1939) 
uslubining 
asoschisi 
hisoblanadi. U V.V.Novojilov, A.L.Lurye (SSSR), 

Yüklə 3,09 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   150




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin