364
bilan rag`batlantirilishi kerak, import esa proteksionistik choralar bilan
cheklanishi zarur. Bu choralar umummilliy manfaatlarga mos kelar emish.
Keyingi
davrda
vujudga
kelgan
iqtisodiy
ta'limotlarda E.Xeksher, B.Olin (Shvetsiya), P.Samuelson
tomonidan yaratilgan "ishlab chiqarish omillarining
xalqaro taqsimoti" nazariyasi (modeli) tipik hisoblanadi.
Ularning fikricha, har mamlakat iqtisodiyoti ishlab
chiqarish omillari bilan bir xil ta'minlanmaganligi bilan,
demak har bir omilning turlicha bahoga egaligi (ish haqi,
foiz, renta) bilan xarakterlanadi. Ayrim mamlakatlarda
mehnat asosiy omil (boshqasidan son jihatdan ko`p) bo`lsa, uning narxi
kapital va yerga nisbatan past baholanadi; kapital mo`l bo`lgan mam-
lakatda u boshqa ikki ishlab chiqarish omiliga nisbatan arzon bo`ladi. Har
bir mamlakat o`zining ustunligini realizatsiya qilishga intiladi, jahon bozo-
riga ishlab chiqarish omili nisbatan arzon bo`lgan yo`l bilan tayyorlangan
tovarlar ko`proq chiqariladi. Bunday ishlab chiqarish ixtisoslashuvi shunga
olib keladiki, barcha davlatlar o`ziga qulay va foydali bo`lgan xo`jalik tar-
moqlarini rivojlantirib, qulay sharoit bo`lmagan boshqalaridan voz ke-
chadi. Bu nazariya ishlab chiqarishning chiqimlarini mutlaqlashtiradi va
xalqaro ixtisoslashuvning yagona mezoniga asoslanadi. Shu sababli jahon
savdosi uyg`un (garmonik) jarayon deb qaraladi. Bunda jahondagi real
shart-sharoitlar to`la hisobga olinmaydi, masalan o`z davrida mustamlaka
egasi (metropoliya) bilan koloniyalar o`rtasidagi munosabatlarni hech ham
uyg`un deb bo`lmaydi. Iqtisodi yuksak davlat bilan qoloq mamlakatlar
o`rtasidagi aloqalarda ham garmoniya bo`lishi amri mahol. Lekin kela-
jakda ideal shakl sifatida bu xodisa ro`y berishi mumkin.
60-yillarda texnologik xarakterdagi yangi xalqaro mehnat taqsimoti
konsepsiyalari paydo bo`ldi. Bular orasida eng yaxshi ma'lum bo`lgani
"tovar hayotining sikli" nazariyasidir, uning mualliflari amerikalik iqtiso-
diyotchilar G.Xofbauer, R.Vernon, M.Pozner va boshqalar hisoblanadi.
Uning asosini qayta ishlash sanoatidagi xalqaro mehnat taqsimoti tashkil
etadi. Sanoatda paydo bo`ladigan texnologik jihatdan har bir yangi mahsu-
lot kirish, eksponent o`sish, sekinlashuv va tugash siklini o`tadiki, bu tartib
ishlab chiqarishga joriy etish, kengayish, kamolot va eskirish jarayoniga
to`g`ri keladi (jami 5 stadiya). Ishlab chiqarishni joriy etish fazasida yangi
mahsulotni tayyorlash asosan yuqori rivojlangan ilmiy-texnik bazaga va
bozorda shu mahsulotning raqobatbardoshlig`ini sinovchi sharoitning
mavjudligiga bog`liq. O`sish va kengayish fazasi uchun industrial bazaning
quvvati bilan belgilanadigan mahsulotni ommaviy ravishda ishlab chiqar-
Dostları ilə paylaş: