Iqtisodiy talimot doc



Yüklə 3,09 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə133/150
tarix26.07.2023
ölçüsü3,09 Mb.
#137611
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   150
6-IQTISODIY-TALIMOTLAR-TARIXI-2005-oquv-qollanma-A.Razzaqov-va-bosh

E. Xeksher 
PDF created with pdfFactory trial version 
www.pdffactory.com


365 
ishni tashkil etish xarakterlidir. Yetuklik, kamolot fazasida mahsulot ishlab 
chiqarish soddalashib, ommaviy tus oladi. So`nggi (eskirish) fazasi mazqur 
mahsulot o`rnini qoplovchi yangi takomillashgan mahsulotning paydo 
bo`lishi bilan bevosita bog`liq, undan tashqari avvalgi mahsulotga talab 
ham keskin kamayadi. Shunday texnologik jarayon mavjud namunaviy 
mamlakat sifatida AQSH misol qilib keltiriladi. Xalqaro mehnat taqsi-
motining rivoji esa boshqa mamlakatlarning Amerika iqtisodiyotiga 
texnologik qaramligi asosida shakllanishi tasavvur 
etiladi. 
Ilmiy - texnik progressi bilan bog`liq iqtisodiy 
qarashlar ingliz iqtisodchisi Jon Xiks (1904-1989) 
tomonidan ilgari surilgan. Uning modeli bo`yicha 
texnika progressi neytral, mehnatni iqtisod qiluvchi va 
kapitalni iqtisod qiluvchi guruhlarga bo`linadi. Texnika 
progressi oqibatida ishlab chiqarish va iste'mol xalqaro 
savdoga neytral, ijobiy va salbiy ta'sir ko`rsatishi 
mumkin. 
21.2. Xalqaro mehnat taqsimotini tadqiq etishdagi tanqidiy yo`nalish 
 
Hozirgi davrda amerikaliklar yapon avtomobillarini minadilar, 
shvedlar fransuzlar pishlog`ini iste'mol qiladilar, kanadaliklar koreys kom-
pyuterlarini sotib oladilar, italiyaliklar Liviya neftidan foydalanadilar, 
ruslar amerikaliklar donidan non pishiradilar. Bu savdo munosabatida ichki 
savdoga nisbatan ikkita o`ziga xoslik mavjud. Birinchidan, xalqaro 
savdoda ishtirok etuvchi firmalar va iste'molchilar turli mamlakatlarda ya-
shaydilar. Birinchi paydo bo`ladigan savol shundan iboratki, nega o`zi 
xalqaro savdo mavjud? 
Hozirgi davrda xalqaro mehnat taqsimoti butun jahon yo`li bilan 
ishlab chiqariladi. Ko`pincha davlat hukumatlari bu savdoni tartibga solish 
uchun tariflar, ya'ni import qilinayotgan tovarlar uchun soliqlar solinadi. 
Ikkinchi muhim o`ziga xoslik shuki, savdo qilayotganlarning har biri 
boshqa-boshqa valuta (pul)dan foydalanadilar. Masalan, Amerika xaridor-
lari yapon avtomobillarini dollarda sotib oladilar. Avtomobillarni ishlab 
chiqarayotgan yapon ishchilari o`z maoshlarini iyenlarda olishni istaydilar. 
Demak, bu yerda xalqaro hisob-kitob masalasi ko`tariladi. 
Hozirgi davrda xalqaro mehnat taqsimoti butun jahon xo`jaligining 
tashkil topishi va rivojlanishining hal qiluvchi omilidir. Bunda kapital 
J.Xiks 
PDF created with pdfFactory trial version 
www.pdffactory.com


366 
chiqarish masalalari ham yetakchi o`rinni egallaydi. Shu sababli ularga 
bag`ishlangan bir qancha nazariyalar mavjud. 
Tarixan birinchi bo`lib neoklassik ta'limotlar 
vujudga keldi. Ularning asosi B.Olin (Shvetesiya), 
K.Iverson (Daniya), R.Nurkse (Avstriya-AQSH) 
asarlarida o`z aksini topgan. Ular o`z ta'limotlarida 
marjinalizm 
konsepsiyasiga 
asoslangan 
holda, 
kapitalning harakatchanligi, "kapitalning eng yuqori 
unumi" (foiz stavkasi bilan ifoda qilinadi) u yoki bu 
mamlakat kapitalining mo`l-ko`lligining turlicha 
ekanligi bilan izohlaydilar. Kapitalning "mo`l-
ko`lligi" yoki "kamligi" uning migratsiya sababi qilib 
ko`rsatiladi. Bu jarayon to kapital unumi bir xil bo`lguncha davom etadi. 
Bu esa ishlab chiqarish omillari samaradorligining o`sishi, milliy daro-
madning ortishi, butun mamlakatlar iqtisodiy rivojlanish darajasining tekis-
lanishiga olib keladi. 
Kapital chiqarishning neokeynschilik ta'limoti 30-50-yillarda 
shakllandi, F.Maxlup, Ye.Domar va R.Xarrot bu nazariyaning asoschilari 
hisoblanadilar. Ularning fikricha, kengaytirilgan takror ishlab chiqarishda 
savdo, to`lov balansining o`zgarishi tufayli, ya'ni aktiv savdo balansi 
bo`lgan mamlakatlarda kapital ortiqchaligi (jamg`armalarning investitsiya-
lardan ko`pligi), passiv balansli mamlakatlarda esa aksincha, kapital yet-
ishmasligi sababli kapital harakati ro`y beradi. "Jamg`armalar"ning or-
tiqchaligi mamlakatni iqtisodiy depressiya va ishsizlikka olib boradigan 
eng muhim omil deb qaraladi. Unga qarshi kurash yoki uning oldini olish 
uchun "jamg`armalar" hisobiga qo`shimcha tovar eksportini moliyalash za-
rur deb topiladi. Ammo, bunda import oshmasligi, ya'ni kapital chiqarish 
yo`li bilan hal etilishi kerak. 
Bu yo`nalish vakillari kapitalistik tuzumda kapitalni realizatsiya 
qilishdagi qarama-qarshiliklarni tan oladilar va buni hal etish uchun kapital 
chiqariladi, bu esa ortiqcha tovarni ko`paytirish hisobiga ro`y beradi. Bu 
nazariya rivojlanayotgan mamlakatlarga "yordam" konsepsiyasini isbotlash 
uchun ham asos bo`ladi. 
60-70-yillarda kapital chiqarishning "dinamik modeli" ommalashdi, 
unda R.Xarrotning iqtisodiy dinamika nazariyasi asosida mamlakatlar 
o`rtasidagi o`zaro kapital eksporti sabablari va oqibatlarini aniqlashga urin-
ish bor. U kapital eksporti va importini yalpi milliy mahsulot o`sishi, in-
vestitsion daromad va to`lovlar bilan bog`lashga intiladi. Unda neokeyn-
schilikning xalqaro kapital harakati konsepsiyasiga asoslanadilar. Shu 

Yüklə 3,09 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   150




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin