372
rivojlanish masalalari bo`yicha xalqaro konferensiya bo`ldi, unda 150 dan
ortiq davlat (oliy maqom) rahbarlari ishtirok edilar. BMT Bosh kotibi B.
Butros G’oliy (1997 yildan BMT Bosh kotibi tinchlik bo`yicha Nobel
mukofoti laureati Kofi Annan) o`z nutqida so`nggi yillarda kambag`allar
va boylar o`rtasidagi
tafovut kuchayib, 1960 yildagi nisbat 13:1 dan
hozirgi o`n yillikda 60:1 ga yetdi, deb aytdi. Hozirgi davrda bu nisbiy 75:1
Sayyoramizning 1.5 milliard aholisi (27.3 foiz) og`ir iqtisodiy ahvolda kun
kechirmoqda, ochig`ini aytganda esa och-yalang`ochdir. Bunday
differensiatsiya xavfli oqibatlarga olib kelishi mumkin.
Undan tashqari,
dunyoda ekologik muammo kuchayib bormoqda. Sog`liqni saqlash (SPID
va boshqa yuqumli kasalliklar), narkobiznes masalalari tobora avj
olmoqda.
O`zaro iqtisodiy va ayniqsa savdo
munosabatlarining nafi
hammaga ayon bo`lishiga qaramay, davlatlar o`rtasidagi munosabatlar
odatda
garmoniya asosida emas, balki qarama-qarshiliklar asosida
rivojlanmoqda. Boy va kambag`al mamlakatlar o`rtasida
savdodan
tushadigan daromadlarni taqsimlashda kelishmovchiliklar kuchayib
bormoqda. 4-jadvalda jahondagi mamlakatlarda
daromadlar taqsimoti
keltirilgan (Jahon banki ma'lumotlari).
Dostları ilə paylaş: