Iqtisodiy talimot doc



Yüklə 3,09 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə134/150
tarix26.07.2023
ölçüsü3,09 Mb.
#137611
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   150
6-IQTISODIY-TALIMOTLAR-TARIXI-2005-oquv-qollanma-A.Razzaqov-va-bosh

B.Olin
 
PDF created with pdfFactory trial version 
www.pdffactory.com


367 
vaqtning o`zida iqtisodiy o`sishning neoklassik nazariyasi ham hisobga 
olinadi. Bularning hammasi unlab o`zgaruvchi parametrlarni o`z ichiga 
oluvchi iqtisodiy matematik modellar asosida hal qilinadi. Masalan, ameri-
kalik iqtisodchilar J.Borts va K.Kopekilar tuzgan ana shunday modelda 20 
dan ortiq o`zgaruvchi va shuncha tenglama mavjud; unda matematik appa-
rat ustun bo`lib, u nazariy asosning bo`shligini kompensatsiyalaydi. 
Ular kapital ortiqchaligi masalasini tushuntirishda neokeyn-
schilarga asoslanadilar va uni jamg`armalar va investitsiyalar orasidagi 
farq sifatida e'lon qiladilar. Bu farq ishchi kuchi yetishmasligi va tez 
o`suvchi kapital miqdori o`rtasidagi texnik-iqtisodiy disproporsiyadan ke-
lib chiqadi, deb tushuntiriladi. 
Kapital o`sishi to`lov balansi saldosi musbat bo`lganda investitsion 
daromadlar investitsion to`lovlardan ortiq hollarda ro`y beradi. Daromadi 
to`lovlardan yuqori bo`lgan mamlakatlar kapitalni sof eksport qiladigan, 
aksincha, to`lovlari daromaddan ustun bo`lganlar esa kapitalni sof import 
qiladigan mamlakatlardir. Chunki ulardagi kapital miqdori mavjud mehnat 
resurslaridan ancha kam bo`ladi. Bunda chet el investitsiyalari bilan sof 
kreditor yoki debitor mamlakatlar ahvoli o`rtasidagi o`zaro bog`lanish 
ta'kidlanadi. 
Bevosita investitsiyalar nazariyasi ham 60-70-yillarda ishlab 
chiqilgan bo`lib, kapital chiqarish va kiritishning sabab va oqibatlarini 
aniqlash masalalari asos qilib olingan. Ularning fikricha, kapital chiqarish 
asosan yirik korporatsiyalar tomonidan amalga oshiriladi va boshqa mam-
lakat kompaniyalarining chet eldagi iqtisodiy pozitsiyalari bilan raqobatga 
duch keladi. Buning sababi shuki, hozirgi sharoitda rentabel ishlab chiqar-
ishni tashkil etish asosan chet eldagi bozorlarni egallash bilan bog`liq. 
E.X.Chemberlin monopolistik konkurensiya nazariyasini ishlab chiqdi, 
unga ko`ra monopolistik konkurensiya ishlab chiqarish va kapital konsen-
tratsiyasi tufayli emas, balki firmaning bozorga, iste'molchilarning shaxsiy 
talablariga muvaffaqiyatli moslashishi natijasidir. 
Bevosita investitsiyalarni amalga oshiruvchi korporatsiyalar xuddi 
ana shunday monopolistik ustunliklarga ega bo`lishlari kerak. S. Xaymer - 
Ch. Kindlebergerlarning "oligopolik strukturalar" (monopolistik ustunlik-
lar) modelida bu jarayon korporatsiya investorda "differensiyalashgan 
mahsulot", maxsus bozor bilimlari, kerakli texnologiya, yuqori malakali 
menejment mavjudligi tufayli ro`y berar ekan. 
Keyingi davrda xalqaro monopoliyalarning yangi tipi - transmilliy 
va transkorporativ konsernlar tashkil topmoqda. Bu monopoliyalar faoli-
yatini aks ettiruvchi bir qancha ta'limotlar mavjud. Ularda xalqaro mo-
PDF created with pdfFactory trial version 
www.pdffactory.com


368 
nopoliyalar bir qancha millatlar nomidan chiqayotgan mustaqil korporat-
siya sifatida izohlanadi va butun dunyoda ilmiy-texnika taraqqiyoti me-
valarini targ`ib qiluvchi tashkilot deb qaraladi. Bu monopoliyalar misolida 
iqtisodiy aloqalar har qanday siyosat va mafkuradan xoli degan fikr ilgari 
suriladi, ya'ni u yoki bu korporatsiya ko`p mamlakatlarda ishlab chiqarish 
va kommersiya operatsiyalarini olib borayotgan bo`lsa, "sof xalqaro" 
korxonaga aylanadi va hech bir mamlakat manfaatlarini himoya qilmaydi. 
G.Jonson, Ch.Kindleberger va boshqalar xalqaro monopoliyalarning ilmiy-
texnika yangiliklarini targ`ib etish, tinchlikni saqlashga oid faoliyatlariga 
keng o`rin berishgan. Ayniqsa rivojlanayotgan mamlakatlarda bu transmil-
liy korxonalarning roli yuqori baholanadi, ularning ilmiy-texnika sohasida, 
investitsiyalar qo`yish bo`yicha faoliyati ijobiy deb qaraladi. 
Xalqaro monopoliyalar rivojiga tanqidiy bo`lgan nazariyalar ham 
mavjud (R.Barnet -AQSH, E.Penrouz - Angliya), bu nazariyalarda halqaro 
konsernlar davlat iqtisodiy siyosatining ayrim unsurlari, masalan, soliq sol-
ish, kredit va investitsion siyosat, valutani tartibga solish va boshqalarning 
samarasiz bo`lib qolishiga olib keladi. Bu korporatsiyalar o`zlari ish yuri-
tayotgan davlatlarda bu mamlakat iqtisodiyoti va siyosatiga salbiy tazyiq 
o`tkazish uchun bir qancha usullardan foydalanishlari mumkin. Ayniqsa bu 
holat iqtisodiy jihatdan qoloq rivojlanayotgan mamlakatlarda salbiy oqibat-
larga sabab bo`lishi mumkinligi aytiladi. Shu sababli ular xalqaro korporat-
siyalar faoliyatini shunday qayta ishlab chiqishni taklif etadilarki, ularning 
harakatidagi "salbiy tomonlar"ning yo`qotilishi va jahon bozorini bo`lib ol-
ish "qoidalari"ni reglamentatsiyalash kerak. 
Integratsion jarayon bo`yicha yagona alohida ta'limot yo`q, ammo 
integratsiyani 
isbotlash, 
qo`llab-quvvatlash 
borasida 
bir 
qancha 
yo`nalishlarning ba'zi bir umumiy tomonlari mavjud, ular quyidagilardir: 
kapitalistik iqtisodiy integratsiyaning ijtimoiy-iqtisodiy mazmuni soxta-
lashtiriladi; bu jarayon umumiy qonuniyat sifatida qaraladi va XVIII-XIX 
asrlarda vujudga kela boshlagan ichki bozor bilan bir narsa deb qaraladi, 
Yevropa va Shimoliy Amerika mamlakatlari rivojlanayotgan va boshqa 
davlatlar bilan olib boriladigan aloqa sifatida beriladi; monopolistik kapi-
talning kapitalistik integratsiyaning harakatlantiruvchi kuchi sifatidagi roli 
bo`yab ko`rsatiladi. 
Odatda iqtisodiy integratsiya to`g`risidagi nazariyalarda integratsi-
yaga a'zo mamlakatlar o`rtasidagi barcha to`siqlar va ayniqsa savdo, 
boshqa iqtisodiy munosabatlarda to`la erkinlik berilishi zarurligi qayd eti-
ladi. Shu bilan birga bozorning ko`lami va iqtisodiyotning o`sish sur'atlari 
o`rtasida funksional (ya'ni bevosita) bog`lanish bor degan g`oya ham ilgari 
PDF created with pdfFactory trial version 
www.pdffactory.com


369 
suriladi. Shunday qilib, iqtisodiy integratsiya zarurati tashqi bozorning 
qayta ishlab chiqarishga hal qiluvchi ta'siri tufayli yuzaga keladi (ya'ni ak-
sincha emas). 
Iqtisodiy integratsiya bo`yicha ta'limotlarda asosiy e'tibor "bojxona 
ittifoqi"ga berilib, unda o`zaro savdo bo`yicha har qanday cheklashlar be-
kor qilinishi va "uchinchi mamlakatlar" uchun yagona bojxona tarifi joriy 
qilinishi kerak bo`ladi. Bunda ayrim iqtisodchilar - B.Belash (AQSH), 
V.Rebke (Shveytsariya) va boshqalar bu jarayonni ideal erkin bozor mu-
nosabatlariga qaytish shaklida qaraydilar va avvalgi davr voqealarini 
hozirgi monopolistik davrga ko`chiradilar. Boshqalari esa, masalan 
Ch.P.Kindleberger (AQSH), P.Striten (Angliya), A.Marshall va F.Perru 
(Fransiya)lar yirik korporatsiyalar mavjudligini tan oladilar, ularning fik-
richa, jahon bozorini o`zaro bo`lib olib, "bojxona ittifoqi" kartellarga qar-
shi siyosat tufayli ularning faoliyatidagi salbiy tomonlarni neytralizatsiya 
qiladi, go`yoki xalqaro integratsiya antimonopol yo`nalishga ega. Amali-
yotda bu jarayonlar har doim ham nazariyadagidek emas, masalan Yevropa 
iqtisodiy hamjamiyati (umumiy bozor, hozir Yevropa ittifoqi)da kartel-
lashtirishni taqiqlash to`g`risida qonun bo`lishiga qaramasdan, bu jarayon 
aksincha tezlashdi, bugungi kunda ko`ptarmoqli kompaniya-konsernlar vu-
judga kelmoqda. 
Olimlarning fikricha, iqtisodiy integratsiyaning asosiy ijtimoiy-
siyosiy oqibatlari quyidagilardan iborat bo`ladi: ishlab chiqarishning do-
imo o`sishi va iqtisodiy inqirozlarning bo`lmasligi ta'minlanadi; iqtisodi-
yotning doimo o`sishi tufayli aholining turmush darajasi ko`tariladi; ishchi 
va kapitalistlar o`rtasidagi sotsial sheriklikni rivojlantiradi; turli mamlakat-
lar o`rtasidagi qarama-qarshiliklar va siyosiy nifoqlar tugatiladi. Demak, 
iqtisodiy integratsiya kapitalistik jamiyatga xos bo`lgan illatlarni kamayti-
rish vositasi sifatida qaraladi. 

Yüklə 3,09 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   150




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin