389
ehtiyotkorlik bilan yondoshishiga qaramay, tashabbuskor,
izlanuvchan,
tadbirkor va taraqqiyparvar kishilarning tobora ortib borishi kabilar.
Tarix tajribasiga ko`ra, madaniylashgan bozor munosabatlariga
o`tish davrining dovomiyligi bozor iqtisodiga o`tishning qanday yo`li,
andozasi tanlanishi kabi boshqa shart-sharoitlarga bog`liq bo`ladi.
XX asr nihoyasiga kelib, shakllangan iqtisodiy taffakur va iqtisodiy
taraqqiyot istiqbollari to`g`risidagi qarashlarda erkin itisodiy tartibga solish
g`oyasi ham, markazlashtirilgan tarzda rejalashtirish g`oyasi ham inqirozga
uchraganligii bayon etilmoqda. Chunki, I.Karimov ta'kidlaganidek: Jahon
sivilizatsiyasi ijtimoiy taraqqiyotning sifat jihatdan yangi yo`llarini ishlab
chiqdi, tartibga solinadigan bozor iqtisodiyoti mana shu yo`lga asos qilib
olingan.
O`tish davri ko`hna Yevropa mamlakatlarida bir necha yuz yilni
tashkil etgan bo`lsa, mustamlakachilikdan ozod bo`lgan Osiyo va boshqa
qit'a mamlakatlarida bir necha o`n yildan iborat bo`ldi. Masalan,
Buyuk
Britaniya-200 yil, Fransiya -150 yil, Germaniya va AQSH-50-100 yil.
Boshlang`ich shart-sharoitlarga ko`ra, yondoshilgan guruhlash
mezoniga asosan tartiblashga solinadigan bozor iqtisodiyoti mamlakatlari
uchun 3 ta yondashuv va yana bir turdagi urinish mavjudligi I.Karimov
tomonidan tahlil etilgan. Bular:
1. Uzoq davom etgan evolyusion taraqqiyotni bosgan rivojlangan
mamlakatlardagi aralash iqtisodiyot;
2. An'anaviy (oddiy va bozor, patriarxal feodal munosabatlariga
ega)
iqtisodiyot
asosida
shakllanayotgan
madaniylashgan
bozor
munosabatlari;
3.
Rejalashtirilgan
buyruqbozlik
iqtisodiyoti
negizida
shakllanayotgan bozor munosabatlariga asoslangan demokratik jamiyat;
4. Sotsializm g`oyalarini samarali bozor iqtisodi vujudga keltirish
bilan qo`shib olib borishga urinayotgan sotsialistik
iqtisodiyotning
Xitoycha yo`li.
Yuqoridagi yondoshuvlar asosidagi tahlillar ko`rsatishicha, bozor
munosabatlarining rivojlanishi birorta ham mamlakatda benuqson va tekis
kechmagan.
Bozor mexanizmlarini ideallashtirish ham katta xato bo`ladi.
Shuning uchun ham "O`zbekiston tanlab olgan yo`l respublika va
uning xalqining manfaatiga nihoyatda mos keladigan ijtimoiy jihatdan
yo`naltirilgan bozor iqtisodiyotini shakllantirishga qaratilgan iqtisoddir", -
deb ta'kidlaydi I.Karimov.
PDF created with pdfFactory trial version
www.pdffactory.com
390
Ijtimoiy yo`naltirilgan bozor iqtisodiyoti iqtisodiy rivojlanish
samaradorligini ijtimoiy kafolatlar va ijtimoiy adolat bilan bog`lash
maqsadini ko`zlaydi.
Mamlakatimizda ijtimoiy yo`naltirilgan bozor iqtisodiyotini
batamom shakllanishi uchun zarur bo`lgan vazifalar nechog`lik tez hal
etilishi o`tish davri davomiyligini belgilaydi:
Birinchi galdagi asosiy vazifa-mulkdor singari masalasining tubdan
hal
etilishi, boshqacha aytganda xususiy mulkchilik yetakchiligidagi ko`p
ukladli iqtisodiyotning barpo etilishi.
2.Haqiqiy raqobat muhitini shakllantirish.
3.Keng tarmoqli bozor infratuzilmasini (fond va moliya
muassasalari, tadbirkorlarga xizmat qiluvchi boshqa muassasalarni)
rivojlantirish.
4.Tashqi iqtisodiy faoliyatda ma'muriy cheklashlar orqali
boshqarishdan iqtisodiy tariflar yo`li bilan boshqarishga, ya'ni jahonda
qabul qilingan ma'rifiy shakllarga o`tish.
5.Milliy valutani erkin muomaladagi valutaga almashtirish
masalasini hal etish orqali valuta tizimi va bozorini erkinlashtirish.
6.Xorijiy
samaradorlarning
O`zbekiston
bozorida
faoliyat
ko`rsatishi uchun kafolat va imtiyozlar va rag`batlantirishni kuchaytirish.
7.Korxonalarning xo`jalik favoliyatiga noo`rin aralashuvning
cheklab qo`yilishi.
8.Xo`jalik yurituvchi subektlarning o`z faoliyati uchun iqtisodiy va
moliyaviy ma'suliyatning oshirilishi. Bankrotlik
instituti ahamiyatini
oshirish.
Bozor iqtisodiyotiga o`tishning milliy xususiyatlari akademiklar
S.S.G’ulomov, M.Sharifxo`jayev, professorlar A.O`lmasov, N.To`xliyev,
Yo.Abdullayev, Sh.Shodmonov, A.Razzoqov kabilarning tadqiqotlarida
batafsil bayon etilgan.
Biroq, bozor iqtisodiyotiga oid tushunchalarni bayon etishdagi
yondoshuvlarda ayrim farqlar ham mavjud. Masalan, prof. Razzoqov A.A.
bozor munosabatlarining 3 ta shakli mavjudligini qayd etadi. Bular:
1.Yovvoyi bozor (dastlabki paytlarda);
2.Ma'muriy-buyruqbozlik bozori (sobiq SSSR va sotsialistik deb
atalgan mamlakatlarda);
3.Boshqariladigan bozor (hozirgi deyarli barcha rivojlangan
yetakchi mamlakatlarda).
PDF created with pdfFactory trial version
www.pdffactory.com
391
Ayni paytda prof. A.O`lmasov ta'kidlashicha, "Tarixan bozor
iqtisodiyotining 2 turi bo`lgan: yovvoyi
va madaniylashgan bozor
iqtisodiyoti".
Umuman olganda, barcha tadqiqotlar I.Karimov asarlaridagi ilmiy-
nazariy qoidalarni chuqurroq va kengroq sharhlash vazifasini hal
etganligini ta'kidlash lozim.
Dostları ilə paylaş: