Iqtisodiy talimot doc



Yüklə 3,09 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə45/150
tarix26.07.2023
ölçüsü3,09 Mb.
#137611
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   150
6-IQTISODIY-TALIMOTLAR-TARIXI-2005-oquv-qollanma-A.Razzaqov-va-bosh

A.R.J.Tyurgo
PDF created with pdfFactory trial version 
www.pdffactory.com


144 
Oxirgi 52 ta teoremada A.Turgoning tarixiy ahamiyatga ega 
bo`lgan asosiy iqtisodiy g`oyalari keltiriladi. Yuqorida aytilganidek, fiziok-
ratlar jamiyatni uch sinfga bo`ladilar. A.Turgo esa jamiyatni sinflarga 
boshqacharoq ajratadi, "unumsiz" sanoatchilar sinfini u ikki qismga 
bo`ladi: birinchisiga tadbirkor manufakturistlar, fabrika egalari kiradi, ular 
katta kapital egalari sifatida namoyon bo`lib, o`z avans, ya'ni bo`naklari 
yordamida ish joyi yaratadilar va uni foyda olish uchun sarflaydilar. Ik-
kinchilari - bu oddiy hunarmandlar bo`lib (ishchilar), ular o`z qo`l kuchlari 
hisobiga ish haqi oladilar (ishlab chiqarish vositalaridan mahrum). A.Turgo 
ish haqini V.Petti va F.Kenye kabi tirikchilik uchun zarur minimum mab-
lag`lar asosida hal etadi, ammo Kenyedan farqli ravishda nega shunday 
bo`lishi kerakligining mexanizmini tushuntirib bermoqchi bo`ladi. Uning 
asosiy dalili shuki, mehnatga talab taklifga nisbatan kamayib boradi, ish-
chilar o`rtasida raqobat boradi. 
Xuddi shu kabi yer egalari sinfi ham fabrikantlar kabi ikki razry-
adga ajratiladi, bular avans beruvchi tadbirkorlar yoki kapitalistlar va faqat 
ish haqi oluvchi oddiy ishchilardir. Bu katta ijobiy voqea, chunki Fransi-
yada bu sinflar mavjud edi. 
Demak, A.Turgo bo`yicha jamiyatda besh sinf mavjud, bu 
haqiqatga yaqindir. U yollanma ishchida qo`l kuchidan boshqa ishlab 
chiqarish vositalari yo`qligini ochib beradi, kun kechirish uchun u o`z 
mehnatini boshqalarga sotishi zarurligini ko`rsatadi. A.Turgoning bunday 
fikrga kelishida vaqtning ham ta'siri bor, chunki u Kenyedan keyinroq ya-
shadi. 
Turgoning ta'limotida pul, qiymat, sinflar va daromad nazariyalari 
tahlil etiladi. 
Uning fikricha, oltin, pul ham, agar ular miqdori oshib ketsa, 
boshqa tovarlar kabi o`z qimmatini (foydalilik- naflilik) yo`qotishi mumkin 
(marjinalistik g`oya). Pulning miqdori jamiyatdagi ishlab chiqarilayotgan 
tovarlar va xizmatlarga mos kelishi shart. U shuni qayd etadiki, "milliy 
boyligi" bu avvalo yerlar va ulardan olinadigan "sof mahsulot"dir. 
Bu olim ham qiymatning sarf-xarajat konsepsiyasini qo`llaydi. 
Noyoblikka e'tibor berib, tovar xarid etishda eng muhim element deb qara-
ladi (marjinalizm mavzusiga qarang). 
A.Turgo boshqalar kabi erkin sohibkorlik mehnatini qo`llab-
quvvatladi, dehqonchilik qo`shimcha, ya'ni sof mahsulot manbayi 
ekanligini (bu fikr Kenyeniki) tan olgan holda sanoat va savdoga ham ko`p 
e'tibor qiladi. 
PDF created with pdfFactory trial version 
www.pdffactory.com


145 
U kapitalni Kenyega nisbatan ancha chuqur va to`la tahlil etdi. 
Kenye kapital deganda asosan natural (mahsulot) shaklidagi bo`naklar 
summasi (xomashyo, mehnat haqi va boshqalar)ni tushungan, shu sababli 
uning tizimida kapital jamiyatdagi sinflar o`rtasidagi mahsulotlar taqsimoti 
muammosi bilan chambarchas bog`lanmagan. Kenyening tizimida foyda 
o`rni yo`q; kapitalist faqat "ish haqi olgan", bu "ish haqi"ning qanday 
vujudga kelishi ham tahlil etilmagan. 
Bu sohada A.Turgo ancha ilgarilab ketadi. U foydani chetlab o`ta 
olmaydi, hatto to`g`ri tuyg`u asosida uni tadqiq etishni sanoat 
kapitalistidan boshlaydi; bu yerda foydaning kelib chiqishi haqiqatdan ham 
aniqroq ko`rinadi, vaholanki boshqa fiziokratlar (Kenye ham) "barcha 
ortiqcha mahsulot yerdan kelib chiqadi" degan noto`g`ri aqidaga 
asoslanadilar. 
U o`z ustozlari va maslakdoshlaridan "tabiiy tartib" konsepsiyasini 
buzayotganligi uchun kechirim ham so`rab qo`yadi, chunki u tahlilni 
sanoatdan boshlaydi va dehqonchilikni keyin qarab chiqadi. Ammo uning 
uzri noo`rindir, aksincha u muammoni yechishga to`g`ri yondashgan; 
yollanma ishchi kuchidan foydalanuvchi fermer kapitalist o`z kapitalidan 
kam deganda xuddi fabrikant singari foyda olishi va renta sifatida yer 
egasiga berishi kerak bo`lgan ma'lum ortiqcha (qo`shimcha)ni ham olishi 
kerak. 
Eng ajoyib teorema 62-tezis bo`lib, unga ko`ra ishlab chiqarishga 
qo`yilgan kapital o`z-o`zidan ortib borish qobiliyatiga egadir. Xo`sh, o`z-
o`zidan ortib borish darajasi va nisbatlari nima bilan belgilanadi? 
A.Turgo kapital tomonidan yaratiladigan mahsulot qiymati 
nimadan iborat ekanligini tushuntirmoqchi bo`ladi (aslida kapital emas, 
balki mazkur kapital asosida harakatga keladigan mehnat yaratuvchidir). 
Avvalo, uning fikricha, mahsulot qiymati kapital sarflarini, shuningdek, 
ishchilarning ish haqini qoplashi kerak. qolgan qismi (aslida qo`shimcha 
qiymat) uch qismga ajraladi: birinchisi, foyda bo`lib, kapitalist pul 
kapitalining egasi sifatida "hech qanday mehnatsiz" olishi mumkin bo`lgan 
daromadga teng. Bu ssuda (pul) foiziga mos foydadir. Foydaning ikkinchi 
qismi fabrika yoki ferma ochishga tavakkal qilgan kapitalistning "mehnati, 
tavakkalchiligi va san'atini" to`lashga sarf etiladi. Bu tadbirkorlik 
daromadidir. Shunday qilib, aslida A.Turgo sanoat foydasining ssuda va 
funksional kapitalga bo`linishini ko`rsatib berdi. Agar pul foizi past bo`lsa, 
bilingki, bu kapitalning ortiqchaligi oqibati hamdir, deydi u. 
PDF created with pdfFactory trial version 
www.pdffactory.com


146 
Foydaning uchinchi qismi rentadir. U faqat dehqonchilikda band 
kapitalistlar uchun mavjuddir. So`zsiz, bu tahlil iqtisodiyot fanida aytilgan 
yangicha g`oyadir. 
Ammo, olimning keyingi fikrlari izchil bo`lmay, yana fizio-kratizm 
qobig`iga qaytadi. Boshida foydani foizdan chiqaradi, bu minimum bo`lib, 
unga har bir kapitalist egalik qilish huquqiga ega. 
Agar kapitalist idorasida xotirjam o`tirmasdan fabrikaning 
faoliyatiga yoki qishloq xo`jaligida batraklar ishiga boshchilik qilsa, unga 
ma'lum qo`shimcha, o`ziga xos maosh beriladi. Foiz oxir-oqibatda yer 
rentasiga tenglashtiriladi, chunki kapital bilan eng oson bajariladigan 
operatsiya bu yer uchastkasi olish va uni hech tashvishsiz ijaraga 
topshirishdir. Endi qo`shimcha qiymatning asosiy shakli yer rentasi bo`lib 
qoldi, qolgani esa uning hosilalaridir. Yana butun jamiyat faqat yer 
yaratadigan "ish haqida o`tirgan" bo`lib chiqadi. 
Yuqorida aytilganidek, A.Turgo nazariyotchi olim bo`lishdan 
tashqari amaliyotchi chinovnik edi. U qirol Ludovik XVI davrida moliya 
vaziri bo`lib ham ishladi, o`zining bir qancha ilg`or g`oyalarini ilgari 
surishga intildi. 
U birinchi bo`lib davlat moliyasini sog`lomlashtirishga harakat 
qildi, bu sohada uzoq muddatli dastur tuzib chiqdi, unga ko`ra yer 
egaligidan tushadigan daromadlardan olingan soliqlar tizimi tugatilishi 
kerak edi. Umuman u sanoat va savdodagi odil bo`lmagan soliqlarni 
tartibga solishga kirishdi. U budjet chiqimlarini cheklashga intildi, bundan 
saroy xodimlarining ortiqcha sarf-harajatlarini keskin kamaytirish 
mo`ljallandi va bu sohada ma'lum yutuqlarga erishildi. 
A.Turgoning muhim muvaffaqiyatlaridan biri shuki, u don va unga 
erkin savdoni kiritdi, bu sohadagi monopoliyaga chek qo`ydi. Bu ishlar 
nihoyatda og`ir kechdi, chunki feodalizm ildizlari hali kuchli edi, bu 
kuchlar yangilikka tish-tirnogi bilan qarshi turdi. 
A.Turgo 1776 yilning 12 mayida (yilga e'tibor bering, shu yili 
A.Smitning "Xalqlar boyligi" asari chop etildi) iste'foga chiqishga majbur 
bo`ldi. Eski tuzum davom etdi, barcha ijobiy ishlar inkor etildi, demak, hali 
ularni amalga oshirish uchun kerakli shart-sharoitlar mavjud emas edi. 
Nazariyot va amaliyot bir yoqadan bosh chiqara olmadi. 
1778 yili A.Turgo amerikalik do`sti Franklinga atab o`zining 
so`nggi iqtisodiy asari bo`lgan "Soliqlar to`g`risidagi esdaliklar"ini yozadi. 
Olimning zamondoshi E.Kondilyak (1715-1780) tomonidan 1776 y 
qimmatga oid subektiv qarash ilgari surildi. Uning fikricha, qimmat bu 
buyumda emas, balki unga biz berayotgan bahoga bog`liq. Bu baho esa 
PDF created with pdfFactory trial version 
www.pdffactory.com


147 
bizning talab - ehtiyojlarimizga bog`liq: baho ana shu talabga qarab yo 
ortadi yo pasayadi. Narsalarning qimmati uning noyobligi bilan oshadi va 
mo`l-ko`lligi bilan pasayadi. Deyarli 100 yil avval aytilgan bu g`oya XIX 
asr 70-yillaridagiga marjinalistlar tomonidan isbotlandi. Istisodchilar butun 
asr davomida qiymatning insonlar xohishidan qat'iy nazar substansiyasi 
(obyektiv asosi) nimada degan savolga javob izladilar. Bu kashfiyot tufayli 
fiziokratlarning savdo (almashuv) sohasida boylik yaratilmaydi, chunki 
almashuvda teng qiymatlar almashadi degan g`oyalarini chippakka 
chiqardi. Aksincha, bozorga unga kerakmas buyum bilan kelgan xaridor 
o`ziga ko`proq foydali boylikni olib qaytadi, ya'ni kamroq nafli narsa 
o`rniga ko`prog`i olib ketadi, deb ta'kidlaydi olim (bu fikrlar "Marjinalizm" 
bobida to`la qaraladi). Shu yerda xalqimizning maqollarida ham shunday 
g`oyalar 
allaqachon 
mavjudligini 
aytib 
o`tmoqchimiz. 
Masalan, 
"Oldingdan oqqan suvning qadri yo`q", "Shakarning ozi shirin", "Bemaza 
qovunning urug`i ko`p bo`ladi" va boshqalar. Bu g`oyalar to`g`riligini 
marjinalistlar isbotlab berdilar. 

Yüklə 3,09 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   150




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin