Iqtisodiy talimot doc



Yüklə 3,09 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə42/150
tarix26.07.2023
ölçüsü3,09 Mb.
#137611
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   150
6-IQTISODIY-TALIMOTLAR-TARIXI-2005-oquv-qollanma-A.Razzaqov-va-bosh

1-jadval 
Xarid 
Ishlab chiqarish 
I
II 
III 
Ishlab chiqarishning bir yil-
lik hajmi 
Fermerlar 




Yer egalari 




Hunarmandlar 




Yakuniy xarid 




Bu jadvalda uch tarmoq (sektor)ning o`zaro bog`liqligi ko`rsatib 
berilgan. 
Shuni ta'kidlab o`tish kerakki, jadvalning boshqa variantida ham 
oddiy takror ishlab chiqarish qarab chiqilgan (boshlang`ich va oxirgi holat 
teng). Hayotda odatda kengaytirilgan takror ishlab chiqarish ro`y beradi. 
F.Kenyening asosiy vazifasi qirol va yer egalarini jamiyat asosi sifatida 
saqlab qolish edi. Ammo u mulkdorlar sinfini birinchi o`ringa qo`ya olmas 
edi, chunki bu olimning dehqonchilikning ustunligi haqidagi fiziokratik 
konsepsiyasiga qarshi chiqar edi. Bundan tashqari u asosiy tamoyilni sin-
flarning ishlab chiqarish vositalariga munosabatini inkor etadi. 
Jadvalda F.Kenye iqtisodiy ta'limotining asosiy tomonlari: uning 
"sof mahsulot" va "kapital", unumli va unumsiz sinflar to`g`risidagi ta'li-
moti aks etgan; unda muallifning kapitalistik ishlab chiqarish usulining 
himoyachisi sifatidagi sinfiy pozitsiyasi ham ko`rinib turibdi. F.Kenye tak-
ror ishlab chiqarish jarayonini tahlil qilishga kirishganda baholarning 
o`zgarmasligini asos qilib oladi (bunda almashuv ekvivalentlik tamoyili 
asosida ro`y beryapti deb faraz qilinadi). Bu jarayon tashqi bozordan ab-
PDF created with pdfFactory trial version 
www.pdffactory.com


140 
straksiya qilinadi (ya'ni bu xodisa faqat ichki bozor sharoitida ro`y beryapti 
deb qarash kerak). 
Qishloq xo`jalik yilining oxiri hosil yig`ib olish tugallangan davr 
muomala (aylanish) momentining boshlang`ich punkti qilib olingan. 
Dehqonchilik yalpi mahsulotining qiymati 5 mlrd livr (1799 yilgacha amal 
qilgan o`sha davrdagi Fransiya pul birligi) bo`lib (4 mlrd oziq-ovqat, 1 
mlrd xomashyo), u unumli sinf vakillariga (fermerlarga) tegishli, shundan 
1 mlrd sarflangan asosiy kapital qiymatini qoplaydi. Jami asosiy kapital 
("boshlang`ich avans") 10 mlrd livrga teng deb qabul qilinsa, u ta'mir-
lashga (amortizatsiyaga) muhtoj, ya'ni har yili o`zining boshlang`ich qiy-
matiga nisbatan 10 foiz yeyiladi (eskiradi) deb hisoblanadi. Aylanma kapi-
tal ("yillik avans") 2 mlrd, "sof mahsulot" qiymati 2 mlrd, "unumsiz sinf" 
o`tgan davr mobaynida ishlab chiqilgan 2 mlrd livrlik mahsulotga ega. 
Shunday qilib, yalpi ijtimoiy mahsulot 7 mlrd livrga teng (5 mlrd
2 mlrd). Undan tashqari fermerlar qo`lida naqd 2 mlrd livr pul ham bor
(5 mlrd + 2 mlrd + 2 mlrd = 9 mlrd), ular bu summani muomala - aylanish 
boshlanguncha yer egalariga ijara haqi, ya'ni renta to`lab qo`ygan edilar. 
Xo`sh, bu variantda yaratilgan mahsulotning realizatsiya va aylan-
ish jarayoni qanday amalga oshadi? "Iqtisodiy jadval"ning shartlariga ko`ra 
bu jarayon besh aktdan iborat bo`lib, har biri 1 mlrd livrga tengdir. 
1. Mulkdorlar "unumli sinf"dan 1 mlrd livrlik oziq-ovqat mahsulot-
lari sotib oladilar. Natijada bu operatsiyada qishloq xo`jaligi mahsulotining 
1/5 qismi realizatsiya qilinadi, yer egalarining mulki muomala sohasidan 
iste'mol sohasiga o`tadi. 
2. Mulkdorlar "unumsiz sinf"dan 1 mlrd livrlik sanoat mahsulotlari 
sotib oladilar. "Unumsiz sinf" shu bilan o`z mahsulotning yarmini realizat-
siya qiladi. 
3. "Unumsiz sinf" mulkdorlardan olgan puliga "unumli sinf"dan 
iste'mol uchun kerakli mahsulotni oladi. Shu yo`l bilan qishloq xo`jaligi 
mahsulotining yana 1/5 qismi realizatsiya qilinadi. 
4. "Unumli sinf" "unumsiz sinf"dan olgan 1 mlrd livrga uning 
o`zidan ("unumsiz sinf"dan) shuncha pulga ishlab chiqarish qurollarini 
oladi. Ular asosiy kapitalning yeyilgan, ishdan chiqqan elementlarini qayta 
tiklash uchun kerak. Bu operatsiya oqibatida ("unumsiz sinf"ning) sanoat 
mahsulotining ikkinchi yarmi realizatsiya qilinadi. 
5. Aylanish jarayonining beshinchi, yakunlovchi aktida "unumsiz 
sinf" "unumli sinf"dan 1 mlrd livrlik qishloq xo`jalik xom ashyosi xarid 
qiladi. 
 
PDF created with pdfFactory trial version 
www.pdffactory.com


141 
 
Fermerlar 
(unumli sinf) 
5 mlrd 
Mulkdorlar 
(yer egalari) 
2 mlrd 
Sanoatchilar 
(unumsiz sinf) 
2 mlrd 
1 mlrd 
Qishloq xo`jalik
mahsulotlari 
Sanoat mollari 
1 mlrd 
Qishloq xo`jalik
mahsulotlari 

Yüklə 3,09 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   150




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin