Iqtisodiy talimot doc



Yüklə 3,09 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə40/150
tarix26.07.2023
ölçüsü3,09 Mb.
#137611
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   150
6-IQTISODIY-TALIMOTLAR-TARIXI-2005-oquv-qollanma-A.Razzaqov-va-bosh

Fransua Kenye
PDF created with pdfFactory trial version 
www.pdffactory.com


134 
F.Kenye "tabiiy tartib" konsepsiyasini ilgari surdi, bu olimning us-
lubiy platformasi edi ("tabiiy huquq" konsepsiyasini eslang), bunda u 
paydo bo`layotgan va tobora mustahkamlanayotgan dahlsiz xususiy mulkni 
tushundi, iqtisodiyot erkin raqobat asosida rivojlanishini, bozor bahosining 
stixiyali o`zgarishi, ya'ni davlatning aralashuvini inkor etadigan jarayonni 
qo`llab-quvvatladi, boylikning adolatli taqsimlanishini istar edi. Iqtisodiy 
rivojlanish odamlarning istak xohishiga bog`liq bo`lmagan tabiiy jarayon 
bo`lib, uning ma'lum qonuniyatlarga bo`ysunishini tan olish fiziokratlarn-
ing so`zsiz yutug`i edi. Bu qonunlar ularning fikricha tarixiy bo`lmay, 
abadiy qonunlar deb qaralgan edi. Shu sababli ishlab chiqarishning kapital-
istik (bozor) shakli tabiiy va abadiy ishlab chiqarish shakli deb hisoblangan 
(hozirgi rivojlanish buni ko`p jihatdan isbotlamoqda). 
F.Kenye almashuvning ekvivalentligi ta'limotini ilgari surdi. U al-
mashuv yoki savdo boylik yaratmaydi, demak, almashuv jarayoni hech 
narsa ishlab chiqarmaydi, deb hisoblagan. Erkin raqobat sha-roitida al-
mashuv sohasida teng miqdorli qiymatlarning almashuvi ro`y beradi. Bu 
qiymat tovarlarda ular bozorlarga kirmasdan oldin ham mavjud bo`ladi 
(V.Pettining tovar qiymati faqat almashuv paytida paydo bo`ladi, degan 
fikri noto`g`ridir). Bundan kelib chiqadiki, almashuv jarayonida boylik 
yaratilmaydi va foyda paydo bo`lmaydi. Almashuvning ekvivalentligi 
to`g`risidagi ta'limot mekantilistlarning qarashlarini inkor etish uchun 
nazariy asos bo`ldi. Bu holat shu bilan birga fiziokratlardan boylik man-
bayini muomala sohasidan tashqarida izlashni taqozo etdi. Ammo, 
F.Kenye miqdorli qiymatlarning almashuvi sababini to`g`ri tushuntirib 
bera olmadi, chunki qiymat nazariyasi hali to`la ishlab chiqilmagan edi va 
u qiymatni ishlab chiqarish harajatlari bilan aynan bir deb hisobladi. 
Fiziokratlarning iqtisodiy tizimida "sof mahsulot" to`g`risidagi 
ta'limot markaziy o`rinni egallaydi. F.Kenye yalpi ijtimoiy mahsulot va 
ishlab chiqarish harajatlari o`rtasidagi farqni sof mahsulot deb bilgan, 
boshqacha qilib aytganda bu ishlab chiqarish chiqimlaridan oshiqcha 
mahsulotdir. F.Kenye "sof mahsulot" faqat qishloq xo`jaligida, dehqon-
chilikda yaratiladi, bu sohada tabiat kuchlari ta'sirida iste'mol qiymatlari 
miqdori ko`payadi, deb ta'kidlaydi. Sanoatda esa iste'mol qiymatlari faqat 
turli kombinatsiyalarga uchraydi, mehnat jarayonida dehqonchilikda 
yaratilgan mahsulotning shakli o`zgaradi, lekin uning miqdori 
ko`paymaydi, shuning uchun "sof mahsulot" paydo bo`lmaydi va boylik 
yaratilmaydi (kuchli, ammo noto`g`ri mantiq bor). 
A.Smitning fikricha, shu asosda hunarmandlar (sanoatchilar) 
unumsiz, foyda bermaydigan sinf deb qaralgan. Aslida esa fiziokratlar bu 
PDF created with pdfFactory trial version 
www.pdffactory.com


135 
sinfning borligini tan oladilar, uni unumsiz emas, balki foydaga sof 
qo`shimcha daromad keltirmaydigan sinf deb qaraganlar. A.Turgo esa bu 
sinfga yuqori baho berib, "haq to`lanadigan sinf" deb qaraydi. 
Fiziokratlar qiymatni iste'mol qiymatiga, hatto tabiat mahsulotiga 
tenglashtirganlar (almashuv qiymati ham bor). Ularni faqat miqdoriy soha, 
ya'ni ishlab chiqarish jarayonida olingan iste'mol qiymatlarining ortiqcha 
qiymati (iste'mol qilingandan ortig`i) qiziqtirgan. Bu narsa asosan dehqon-
chilikda aniq namoyon bo`ladi. Ammo F.Kenye ta'limotining boshqa to-
moni ham bor, uning fikricha "sof mahsulot" miqdori ishlab chiqarish 
chiqimlarining miqdoriga bog`liqdir, bu chiqimlarga xom ashyo sarflari, 
materiallar va ish haqi kiradi. Materiallarning qiymati belgilanganligi tu-
fayli, ish haqi tirikchilikning minimum harajatlariga keltirilgan ekan, "sof 
mahsulot" (qo`shimcha qiymat) qo`shimcha mehnatning samarasi sifatida 
yuzaga keladi. Shunday qilib, fiziokratlarda qo`shimcha qiymat tushun-
chasi qarama-qarshi xarakterga ega. Ular uni tabiatning sof hadyasi ham-
dir, ya'ni dehqonlarning qo`shimcha mehnati natijasidir, deb qaraganlar 
(qo`shimcha qiymat yaratishda tabiat ham ishtirok etadi). Fiziokratlarning 
bunday fikrlashi qiymatning ijtimoiy tabiatini tushunmaslikdan va qiymat 
tushunchasini iste'mol qiymati bilan qorishtirib yuborish oqibatida yuzaga 
keldi. Foyda tushunchasi mustaqil kategoriyaga ajratilmagan, hatto inkor 
etilgan. Renta qo`shimcha qiymatning yagona shakli sifatida qabul qilin-
gan ekan, foyda ishlab chiqarish chiqimlarining faqat ajralmas qismi 
bo`lishi mumkin edi. Ular foydani ish haqining shakli sifatida qaraganlar, 
foyda go`yoki odatdagi ish haqidan o`zining kattaroq miqdori bilan farq 
qilgan va u kapitalistlar tomonidan foyda sifatida to`la iste'mol qilingan. 
Fiziokratlarning "unumli" va "unumsiz" mehnat to`g`risidagi ta'li-
moti "sof mahsulot" to`g`risidagi ta'limot bilan chambarchas bog`liq 
bo`lib, uning mantiqiy davomi deb hisoblanadi. Merkantilistlardan farqli 
ravishda ular "sof mahsulot" yaratuvchi mehnat unumli bo`ladi, ya'ni 
qo`shimcha qiymatni yaratadi, degan edilar. Bu unumli mehnatning tabiati 
to`g`risidagi masalaga prinsipial to`g`ri yondashish yo`li edi. Ammo renta 
qo`shimcha qiymatning yakkayuyagona aniq shakli sifatida tan olinganligi 
sababli dehqon mehnati birdan-bir unumli mehnat deb hisoblanadi, ishlab 
chiqarishning boshqa sohalaridagi (sanoatda ham) mehnat "unumsiz", ya'ni 
samarasiz deyiladi. Bundan dehqonchilik mehnatini boshqa mehnat tur-
lariga qarshi qo`yish asossizdir, chunki yollanma mehnat ishlab chiqarish-
ning qaysi sohasida qo`llanmasin, qo`shimcha qiymat yaratadi, demak bu 
ham mehnat, bu soha ham unumli mehnatdir. 
PDF created with pdfFactory trial version 
www.pdffactory.com


136 
F.Kenye "sof mahsulot" to`g`risidagi o`z qarashlari asosida jami-
yatni uch sinfga bo`ladi: unumli sinf (fermerlar), yer egalari sinfi va unum-
siz sinf (bu sinfni u sanoatchilar sinfi deb ham ataydi). Unumli sinfga 
dehqonchilikdagi barcha xodimlar, qishloq xo`jalik ishchilari ham, fermer-
lar ham, ya'ni uningcha "sof mahsulot" yaratuvchilarning hammasi kiradi. 
Yer egalari "sof mahsulot" yarat-maganligiga qaramasdan, shu bilan birga 
bu mahsulotning iste'molchilari hisoblanadi, chunki ular uni ijara to`lovi 
sifatida oladilar. Samarasiz, "unumsiz" sinf vakillari esa dehqonchilikdan 
boshqa tarmoqlarda ishlaydi (sanoat, savdo, xizmat sohasi). Ular "sof 
mahsulot" yaratmaydilar. 
Jamiyatning sinfiy tuzilishi to`g`risidagi bu ta'limotning asosiy 
kamchiligi shuki, F.Kenye yangi jamiyatning asosiy sinflarini ko`ra bil-
maydi, to`g`rirog`i bunga tarixiy sharoit halaqit beradi. Bu tizimda yol-
lanma ishchilar bilan kapitalistlar birlashtirilgan. Fransiyada o`sha davrda 
kam bo`lsa ham, proletariat sinfi mavjud edi, lekin kapitalistik munosabat-
lar rivojlanmaganidan burjua jamiyatining boshqa sinflarga qarshi tura 
oladigan mustaqil sinfiga ajralmagan edi. Sinflar to`g`risidagi ta'limotning 
bu kamchiliklaridan qat'i nazar, jamiyatni sinflarga bo`lishning iqtisodiy 
belgilarini aniqlash va iqtisodiy asoslarini ko`rsatishga urinish ijobiy voqea 
hisoblanadi. 
Fiziokratlarning muhim xizmatlaridan biri shuki, ular birinchilar-
dan bo`lib, kapital tushunchasini tahlil qilishgan. Asarlarida bevosita "kapi-
tal" so`zi qo`llanilmagan, ammo yerlarning zaxini qochirish, ya'ni yer si-
fatini yaxshilash, qurilish, ot, plug, borona uchun ma'lum tipdagi dastlabki 
avans (bo`nak) hamda urug`lik va ishchibatraklarga beriladigan avans 
boshqacha ekanligi aniq belgilanadi. Chunki birinchisiga qilingan harajat 
bir necha yilda bir marta bo`lib, o`z-o`zini asta-sekin qoplaydi (asosiy 
kapital), ikkinchisi esa yiliga yoki doim bo`lib, har bir hosil tufayli qoplan-
gan. Shu sababli F.Kenye ularni dastlabki avans (hozirgi zamon nuqtayi 
nazaridan asosiy kapital) va yillik avans (aylanma kapital) deb atadi. Bu 
g`oya A.Smit tomonidan rivojlantirildi. Bu o`sha davr uchun buyuk 
kashfiyot edi. Shunisi muhimki, aylanma kapital bilan birga asosiy kapital 
ham doim harakatda deb qaraladi. Dehqonchilikda qo`llaniladigan kapi-
talning moddiy elementlariga qishloq xo`jaligi qurollari va inventar, mol, 
urug`lik, odamlarning tirikchilik vositalari va boshqalar kiritilgan. F.Kenye 
merkantilistlardan farqli ravishda (ular kapitalni pul bilan aynan bir deb 
hisoblaganlar), pullarning o`zi emas, balki pulga olinadigan ishlab chiqar-
ish vositalari kapital hisoblanadi, deydi. Ammo kapitalning bu moddiy 
elementlari umumiy mehnat jarayonining oddiy elementlari sifatida, kapi-
PDF created with pdfFactory trial version 
www.pdffactory.com


137 
talistik ishlab chiqarish jarayonida ishlatiladigan ijtimoiy shaklidan ajral-
gan holda qaraladi, oqibatda kapital abadiy, ya'ni tarixiy bo`lmagan kate-
goriya deb ko`rsatiladi. 
Ishlab chiqarish chiqimlari (xarajatlari)ni tadqiq qilish orqali kapi-
talning tashkil etuvchi qismlarini ajratish imkoni paydo bo`ldi, bunda kapi-
talning (oborot) aylanish xarakteri hisobga olindi. Kapitalning bir qismi 
boshlang`ich avans (bo`nak) hisoblanib, unga qishloq xo`jalik inventari, 
qurilish, mol va boshqalarga ketgan sarflar kiradi, shulardan 10 foizi yillik 
amortizatsiya hisoblangan, yillik avans deb atalgan kapitalning boshqa 
qismiga urug`lik olish, asosiy qishloq xo`jalik ishlari, ishchi kuchi uchun 
harajatlar kiradi. 
Boshlang`ich avans bilan bog`liq kapital sarfi ishlab chiqarish sikli 
bir qancha (qator yillar) ichida to`la aylansa, yillik avansga sarflangan 
kapital esa bir ishlab chiqarish sikli (bir yil) davomida to`la aylanadi. Bu 
yerda amalda doimiy va aylanma kapital to`g`risidagi g`oya berilgan, 
ammo bu tushunchalar boshqa so`zlarda ifoda etilgan, xolos. Shunisi 
diqqatga sazovorki, F.Kenye kapitalni asosiy va aylanma kapitalga 
bo`lganda faqat ishlab chiqarish kapitali bilan bog`lagan holda bergan, uni 
muomala kapitali (savdo kapitali) bilan qo`shib yubormagan. Shu sababli u 
pul va tovarni ishlab chiqarish kapitalining biror tarkibiy qismiga kiritmas-
dan, to`g`ri fikr yuritgan. Shunday qilib, fiziokratlar asosiy va aylanma 
kapitalga oid muammoni nazariy jihatdan yechishga asos soldilar. 
F.Kenye iqtisodiyot tarixida takror ishlab chiqarish jarayonini va 
yalpi ijtimoiy mahsulot muomalasini butunicha ko`rsatish uchun bir-
inchilardan bo`lib urinib ko`rdi. U o`sha davr jamiyati fuqarolarini uch sin-
fga bo`ladi: birinchisi - unumli sinf (fermerlar); ikkinchisi - mulkdorlar 
sinfi (pomeshchik, cherkov...) va uchinchisi - unumsiz sinf (hunarmand, 
ishchi va savdo xodimlari). Bu jarayon sxematik ravishda "Iqtisodiy jad-
val"da tasvirlangan. Unda mamlakatda ishlab chiqarilgan tayyor mahsulot-
ning aylanishi orqali qanday taqsimlanishi ko`rsatilgan, buning oqibatida 
ishlab chiqarishning avvalgi hajmida qayta boshlash uchun shart-sharoitlar 
yaratiladi. 
"Iqtisodiy jadval"ning bir necha variantlari mavjud, biri Versalda 
1758-1759 yillarda chop etilgan. 1894 yilda bu jadvalning boshqa varianti 
topildi. Birinchi variant bo`yicha (2-chizmaga qarang) kapital aylanishi 
quyidagicha ro`y beradi. qishloq xo`jaligida yaratilgan jami qimmat 5 
mingga teng bo`lib, shundan 3 mingi yerni ishlashga ketgan xarajatdir. 
Fermerlar yetishtirilgan mahsulotning 2/5 qismidan aylanma kapital uchun 
foydalanadilar, 1/5 qismi unumsiz sinfga sotiladi va unga asosiy kapitalni 
PDF created with pdfFactory trial version 
www.pdffactory.com


138 
(asbob-anjomni) ta'mirlash uchun kerakli asbob-uskuna olinadi. Bu yerda 
fermerlar faqat "boshqarish uchun haq olganliklari" sababli unumdor narsa 
fermer mehnati emas, balki yerdir. qoldiq esa yer egasiga renta sifatida 
to`lanadi. 

Yüklə 3,09 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   150




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin