6.3. Fransiyada klassik iqtisodiy maktabning vujudga
kelishi. P.Buagilberning iqtisodiy qarashlari
Agar Angliyada klassik iqtisodiy g`oyalarning boshlanishi V.Petti
nomi bilan bog`liq bo`lsa, Fransiyada P.Buagilber bilan boshlanadi, bu
g`oyalar Angliyada Rikardo bilan intihosiga yetgan bo`lsa, Fransiyada
Sismondi bilan yakunlanadi.
Fransiyadagi ijtimoiy-iqtisodiy muhit Angliyanikidan keskin farq
qilar edi. Fransiyada feodal munosabatlar hali ham kuchli bo`lib, qirollar
("qirol - quyosh - Ludovik XIV") va uning atrofidagilar tomonidan qattiq
himoya qilingan. Kolber tomonidan olib borilgan siyosat mamlakat
iqtisodiyotining umumiy rivojiga olib kelmadi. U sanoatni, moliyani
taraqqiy ettirish tarafdori edi, ammo bu ish qishloq xo`jaligining ziyoniga
o`tkazildi, feodal munosabatlar to`la saqlab turildi (eslang, Angliya burjua
inqilobi XVII asrda bo`lib o`tdi, vaholanki Fransiyada bu inqilob XVIII asr
oxirida ro`y berdi), bu esa iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishga to`siq edi.
Manufakturalar paydo bo`ldi, ammo rivoj topmadi. Sex tizimi saqlangan
bo`lib, rivojga to`siq edi.
Yer masalasi to`la hal etilmadi, "Senyorsiz yer yo`q" tamoyili
saqlandi, mayda yer egaligi, dehqonlarning turli soliq va yig`imlarga
mahkum etilganligi ularni bu tizimda yerni yaxshilash va ishlab chiqarishni
rivojlantirishga rag`batlantirmas edi, vaholanki, aholining 3/4 qismi
dehqonlar bo`lib, ular bu sohada tushkunlikda edi. Shu sababli, bu sohada
islohotlar o`tkazish zarur bo`lgan, ammo unga shu davrdagi tizim halaqit
berardi. Ichki bozor tor bo`lib, kapitalistik tadbirkorlikning o`sishiga yo`l
bermasdi. Bu sinf asosiy soliq to`lovchi sinf edi, dvoryanlar va dindorlar
umuman soliq to`lamagan, shahar burjuaziyasi hali nisbatan kam sonli,
soliqlardan ustalik bilan bosh tortar edi.
Yana bir muhim to`siq - bu urushlar edi. Fransiya olib borgan
urushlar tufayli mablag`larning asosiy qismi shu urushlarga sarflanardi. qi-
rol saroyidagi bazmi jamshidlar ham davlat xazinasiga katta ziyon keltirar
edi.
Demak, Fransiyada XVII asrning ikkinchi yarmida feodal muno-
sabatlar o`zining cho`qqisiga chiqqan edi (Angliya bilan solishtiring), va-
holanki Angliyada burjua inqilobi bo`lib, kapitalistik munosabatlar tez
shakllana boshladi. Fransiyada yuqori tabaqa barcha yerning egasiga ay-
PDF created with pdfFactory trial version
www.pdffactory.com
124
landi, dehqonlar shaxsan ozod bo`lsalar ham, feodal majburiyatlar ni-
hoyatda ko`p edi. Xo`jalikdagi kapitalistik uklad nihoyatda sekin rivo-
jlandi, ichki bozor hiyla tor edi, xalq xo`jaligida natural xo`jalik asosiy
bo`lib, sanoat rivoji past bo`lgan. Faqat zeb-ziynat buyumlari va parfum-
eriya mahsulotlari tayyorlash bo`yichagina Fransiya Yevropada yuqori
o`rinda edi.
Ana shunday sharoit Fransiyaning XVII asr oxiri - XVIII asr boshi-
dagi sotsial-iqtisodiy ahvoli klassik iqtisodiyotning Fransiyadagi
asoschilaridan biri bo`lgan Pyer Buagilber (1646-1714) ning iqtisodiy
qarashlariga katta ta'sir ko`rsatdi. Pyer Lepezan - iqtisodchining asl famili-
yasi bo`lib, de Buagilber - bu oila yer pomest'esining nomi edi. Lekin
tarixda Pyer Buagilber nomi saqlanib qoldi. Pyer Lepezan de Buagilber
dvoryan normand oilasidan chiqqan, u yaxshi ma'lumot olgach, adabiyot
bilan shug`ullandi, keyinchalik Ruan okrugida oilaviy kasb-hunar sudya
(hakam) lavozimini egalladi; dehqonlar ishini olib bordi; o`z ko`zi bilan
ularning nochor ahvoliga guvoh bo`ldi; u bu lavozimni umri oxirigacha
saqlab qoldi va katta o`g`liga topshirdi; o`zini "qishloq xo`jaligining advo-
kati - himoyachisi" deb atadi.
Olimning tadqiqot predmetini qisqacha qilib jamoat boyligi kon-
sepsiyasidan iborat deyish mumkin. Bu boylik pulning fizik massasi bilan
emas, balki turli-tuman foydali boylik va buyumlardan, masalan, non, vino,
go`sht, kiyim-kechak va boshqalardan iboratdir. Hatto yerga va pulga
egalikning o`zi boylikni ta'minlaydi. Agar yer ishlanmasa, pul esa hayot
uchun zarur ashyolar (masalan, oziq-ovqat va kiyim-kechak) aralashtiril-
masa bunday "boylik" egasi qashshoqlikka mahkum etiladi.
Shu sababli jamiyatda pulni ko`paytirish emas, balki ishlab chiqar-
ishni o`stirish masalasi iqtisodiy fanning asosiy vazifasi hisoblanishi kerak.
Olimning tadqiqot uslubiga quyidagilar xos:
·erkin raqobat sharoitida iqtisodiyotda avtomatik mo`'tadillik
mavjud bo`ladi;
·tovarlar va xizmatlar qiymati (qimmati) ni belgilashda xarajatlar
qoidasiga amal qilinadi;
·milliy iqtisodiyot manfaatlari uchun shaxsiy manfaatning jamoat
manfaatlaridan ustunligi tan olinadi;
·xo`jalik hayotida pulning mustaqil va ahamiyatli roliga yetarli
baho berilmaydi va boshqalar.
Buagilber sanoat va savdoni kamsitish yo`li bilan qishloq
xo`jaligining roli ataylab mutlaqlashtirgan.
PDF created with pdfFactory trial version
www.pdffactory.com
125
Adam Smitdan ancha oldin shaxsiy manfaat (egoizm)ning jamiyat
uchun ahamiyatini ko`ra bildi.
1691 yilda u Fransiyani og`ir iqtisodiy ahvoldan chiqarish tizimini
taklif etdi. Dastlabki fikrlari bo`yicha turli islohotlar o`tkazib (ular burjua-
demokratik xarakterga ega bo`lishi kerak edi), 1707 yilda esa uning
g`oyalari yetilib, quyidagi uch qismdan tarkib topdi:
1. Soliq tizimini o`tkazish. Soliq tizimining dehqonlar mehnatidan
manfaatdorlik tamoyiliga asoslanishi, undan tashqari soliq barchaga te-
gishli bo`lishi kerak edi.
2. Ichki savdoni har xil cheklashlardan ozod qilish (ichki savdo erk-
inligi); bu chora ichki bozorni kengaytirish, mehnat taqsimotining o`sishini
ta'minlash, tovar-pul muomalasini kuchaytirishi kerak edi;
3. Donning erkin sotilishiga yo`l berish, donga tabiiy baho ta'sirini
cheklamaslik. Gap shundaki, mamlakatda donga sun'iy ravishda baho bel-
gilangan bo`lib, ishlab chiqarish harajatlari qoplanmas edi, don yetishtirish
o`smay qo`ygan edi. Buagilberning fikricha, iqtisodiyot erkin raqobat
sharoitida rivojlanishi va tovarlar bozorida "haqiqiy qiymat"ga ega bo`lishi
kerak edi. U davlat bu sohada dehqonlarga homiylik qilishi zarur, deb
hisobladi.
Bu islohotlar mamlakat va xalq farovonligini oshirish va xo`jalikni
rivojlantirishning boshlang`ich shartlari bo`lishi kerak edi. Buagilber o`z
g`oyasini reklama qilish maqsadida bu islohot bu oyda qirolga kerak
bo`lgan summani yetkazib beradi, degan fikrni tarqatdi. Vazirlar esa ikki
soat davomida kerakli qator qonunlarni tayyorlashi mumkin va xo`jalik
"xuddi hamirturushdagi kabi" tez o`sadi, deydi u. U o`z takliflari bilan bir
necha bor murojaat qildi. Ammo, uning bu harakatlari zoye ketdi. U o`z
g`oyalarini kitoblarda bayon etdi va bu kitoblarni nashr ettirdi. Uning
asosiy iqtisodiy asarlari "Fransiyaning to`la tavsifi", "Fransiya to`g`risida
varaka", "Boyliklar tabiati to`g`risida traktat" va boshqalardir. Uning ayrim
asarlari, masalan, 1707 y. 2 jildda chiqarilgan "Fransiya ayblari" kitobi
ta'qiqlangan. Ularda Fransiyaning shu davrdagi og`ir iqtisodiy ahvoli to`la
yoritib berilgan, ayniqsa qishloq xo`jaligining orqada qolish sabablari
to`g`ri berilgan. Xalq xo`jaligi orqada qolishining bosh sababi - olib bori-
layotgan iqtisodiy siyosatning, Kolber (moliya boshlig`i) va boshqalarning
merkantilistik qarashlari fosh etilgan. U faqat sanoat rivojini bir to-
monlama qo`llab-quvvatlashga qarshi chiqdi. qishloq xo`jaligi manfaat-
larini himoya qildi, don eksportini cheklashga qarshi chiqdi, soliq tizimini
isloh qilish tarafdori bo`ldi, u ezilgan xalq ommasining ahvolini yaxshilash
tarafdori edi (V.Petti bilan solishtiring). Olib borilayotgan iqtisodiy siyosat
PDF created with pdfFactory trial version
www.pdffactory.com
126
xo`jalik hayotining tabiiy rivojiga teskari edi. Buagilber aytadiki, avvalgi
davrdagi to`kin-sochinlikni qaytarish uchun mo’jiza qilish shart emas,
tabiat ustidan bo`layotgan doimiy zo`ravonlikka chek qo`yish yetarlidir.
Olimning fikricha, shunday soliq va iqtisodiy siyosat tadbirlari kerakki,
ular tabiatga qarama-qarshi bo`lmasligi kerak. Bu g`oya shundan iboratki,
unga ko`ra iqtisodiyotda shunday qonunlar borki, ularni bemalol, jazosiz
buzish mumkin emas (ekologiyada ham shunday).
Shunga mos ravishda u tabiatning talablari nimadan iborat
ekanligini ochib berishga uringan, obyektiv qonuniyatlarni o`rganishga
kirishib, ilmiy tahlil qilish yo`li sari yirik qadam tashlagan. Ammo shu bi-
lan bir vaqtda u xo`jalikdagi xodisalarni tabiiy va tabiiy bo`lmaganlarga
ajratib, avvalgisini himoya qildi va keyingisini qoraladi. Buagilyber o`zi
taklif etgan siyosatni amalda isbotlovchi nazariyani yaratishga intildi. Un-
ing iqtisodiy qarashlari ko`p jihatdan V.Pettiga o`xshab, mamlakatning
iqtisodiy o`sishi nima bilan bog`liq degan savolga javob topish edi. Buagil-
berni ko`proq va asosan Fransiya iqtisodining turg`unlik holati va uning
orqaga ketishi sabablari qiziqtirardi. Bundan u umuman nazariy masalalar,
masalan, xalq xo`jaligida qanday qonuniyatlar harakat qiladi va uning rivo-
jini ta'minlaydi, degan masalaga o`tdi.
Buagilber bu muammoga javob berishda bosh e'tiborni "optimal
baho paydo bo`lishi" masalasiga qaratdi. Uningcha iqtisodiy barqarorlik va
taraqqiyotning eng muhim sharti proporsional va normal baholar hisobla-
nadi. Xo`sh, bu baholar nimadan iborat? Avvalo, bu baholar o`rtacha har
bir sohadagi ishlab chiqarish harajatlarini qoplashga yordam berishi va
ma'lum kirim, sof foyda keltirishi kerak. Aks holda ishlab chiqarish
bo`lmaydi, undan so`ng, bu shunday baholarki, unda tovarlarni realizatsiya
qilish jarayoni bekamu ko`st davom etishi va barqaror iste'mol talabi qon-
dirilishi kerak. Va nihoyat, bu shunday baholarki, pullarning "o`z o`rni
bo`lib", ular to`lov oborotini bajarishi va odamlar ustidan hukmronlik,
zo`ravonlik qila olmasligi zarur.
Xalq xo`jaligi proporsionalligi ifodalangan baholar qonunini, aslida
esa qiymat qonunini tushunish yangi va ilg`or g`oya edi. Olimning asosiy
asarlari shu g`oyalar bilan bog`liq. Iqtisodiyotda "optimal baholar"ni qan-
day ta'minlash mumkin? Buagilberning fikricha, baholarning bunday struk-
turasi raqobat erkinligi sharoitida stixiyali ravishda tarkib topadi.
Erkin raqobat sharoitining buzilishi Fransiyada donga maksimal
baholarning qo`yilganligidir, deydi u. Uningcha, donga erkin baholar bel-
gilansa, baholar birmuncha oshadi, bu dehqonlarning da-romadini oshiradi
va ularning sanoat tovarlariga talabini ko`taradi, oqibatda bu mahsulotlarni
PDF created with pdfFactory trial version
www.pdffactory.com
127
ishlab chiqarish ortadi va hokazo. Bunday zanjirli reaksiyalar bir vaqtning
o`zida "proporsional baholar" o`rnatilishiga va xo`jalikning ravnaqiga olib
keladi.
Demak, Buagilber iqtisodiy erkinlik tarafdori edi va talabga qarshi
chiqmaslikni taklif etadi. Shu bilan birga, u davlatning iqtisodiy funksi-
yasini inkor etmadi: bu o`sha davr uchun, real hayotni tushungan amali-
yotchi olim uchun tabiiy edi. Uningcha, davlat to`g`ri soliq tizimi orqali
mamlakatda iste'mol va talabni yuqori darajada ta'minlashi mumkin. Agar
iste'mol sarflari oqimi pasaysa, tovarlarni sotish va ishlab chiqarish keskin
kamayadi. Agar kambag`allar ko`proq ishlab topsalar, soliqlarga kam sarf
qilsalar, ular o`z daromadlarini tez sarflashga moyildirlar. Boylar esa, ak-
sincha, o`z daromadlarini saqlashda va demak, mahsulotni sotishda qiy-
inchilik tug`dirishiga olib keladi.
Buagilberning bu mulohazalari iqtisodiy ta'limotlarning keyingi yuz
yillikdagi rivojiga katta ta'sir etdi. Jamiyat boyligi va iqtisodiy o`sish
bo`yicha prinsipial jihatdan ikki xil qarash mavjud.
Birinchisi bo`yicha ishlab chiqarishning o`sishi jamg`arish hajmi
(ya'ni jamg`arma va kapital qo`yilmalar)ga bog`liq. Bunda to`lovlarga ta-
lab avtomatik ravishda (stixiyali) amalga oshadi. Bu konsepsiyaga ko`ra,
ortiqcha ishlab chiqarish inqirozlari bo`lishi inkor etiladi.
Ikkinchi pozitsiya bo`yicha iste'mol talabi ishlab chiqarishning yu-
qori sur'atlarda o`sishini qo`llaydigan omil sifatida qaraladi. Buagilber
ma'lum ma'noda mana shu pozitsiya tarafdori edi va u qonuniy ravishda
iqtisodiy inqirozlar muammosini keltirib chiqargan.
Buagilber inqiroz xodisasini xo`jalikning ichki qonuniyatlari bilan
emas, balki yomon davlat siyosati bilan bog`laydi. Uningcha, yaxshi siyo-
sat olib borish yo`li bilan talab kamomadini hal etish va inqirozlarni chet-
lab o`tish mumkin. Bu masala juda murakkab bo`lib, Seyga tegishli (buni
keyin qarab chiqamiz) "bozorlar qonuni"ga asos bo`lgan deyish mumkin,
ya'ni erkin mahsulotlar almashuvi tizimida mahsulotlarning ortiqcha ishlab
chiqarilishi mumkin emas (inqirozlar bo`lmaydi). Aksincha, Shumpetern-
ing fikricha, Buagilber iste'mol talabining yetarli emasligi va jamg`arma
ortiqchaligi sababli, o`sha davrdagi tizim uchun inqiroz xavfi bo`lib, tizim
barqarorligiga shubha bildirgan, ya'ni Sey qonunini oldindan tanqid qilgan.
Buagilber o`zining "Boylik, pul va o`lponlarning tabiati to`g`risida
mulohaza" asarida iqtisodiy inqiroz davrida nima ro`y berishini yorqin va
obrazli ifodalab beradi, uningcha, odamlar faqat yetishmovchilikdangina
emas, ortiqcha boylikdan ham o`lishi mumkin ekan. Tasavvur qilingki,
deydi u, 10-12 odam bir-biridan ajratilib, zanjirband qilingan. Birida oziq-
PDF created with pdfFactory trial version
www.pdffactory.com
128
ovqat ko`p, ammo boshqa hech narsa yo`q; ikkinchisida esa kiyim-kechak
serob, uchinchisida ichimliklar ko`p va hokazo, ammo ular bu mahsulot-
larni almasha olmaydilar. Zanjirlar bu oddiy insonlarga tushunarsiz inqi-
rozlarni keltirib chiqaruvchi iqtisodiy kuchlardir. Buagilber insoniyat
tarixida XX asrda bir necha bor ro`y bergan yirik iqtisodiy inqirozlarni old-
indan ko`ra bilgandek (ma'lumki, ishsizlik va qashshoqlik sharoitida sutlar
dengizga to`kilgan, ekin maydonlariga o`t qo`yilganligi aniq).
Merkantilistlardan farqli ravishda u boylikning manbayi almashuv
sohasi emas, balki ishlab chiqarish degan edi. Almashuvni esa ishlab
chiqarish rivojining sharti sifatidagina qaraydi.
Buagilber V.Pettidan holi, mustaqil ravishda qiymatning mehnat
nazariyasiga asos soldi, u bozor bahosi va "haqiqiy baho"ni farqlagan,
"haqiqiy baho mehnat sarfi bilan belgilanadi", degan. U haqiqiy baho de-
ganda, ishlab chiqarishning turli tarmoqlari o`rtasida mehnat taqsimotining
to`g`ri proporsiyasini tushungan. Shunday proporsional taqsimotning zaru-
riy shart-sharoiti sifatida ishlab chiqaruvchilar orasidagi erkin raqobat yo-
tadi.
V.Pettidan farqli ravishda (qiymatni pul shaklida ifodalashni taklif
etgan) Buagilber qiymatning pul shaklini qat'iy ravishda inkor etgan, shun-
day zaruratga ehtiyoj yo`q degan. Agar V.Pettining diqqat markazida pul-
lar v boshqa tovarlar o`rtasidagi almashuv munosabatlari turgan bo`lsa,
Buagilberning e'tibori tovarlarning tovarga bevosita munosabati, ya'ni
tovarlarning to`g`ridan-to`g`ri almashuviga qaratilgan edi. Buagilber uchun
shu narsa xarakterli ediki, u pulga keskin qarshi bo`lgan, pulda barcha
yovuzlik va ofatlarning manbayi mujassamlangan, tovarlarning "haqiqiy
baho" asosida almashuvi buzilishining sababi ham shunda deydi u. U oltin
va kumushni buyuk yovuzlik deb baholaydi, pulga qarshi mutaassiblik (fa-
natizm) bilan kurashadi. Pulning yagona yaxshi tomoni shundaki, u al-
mashuvni osonlashtiradi. Oltin va kumush o`rnini qog`oz pul bemalol
qoplaydi. Ko`rinib turibdiki, olim pulning barcha funksiyalarini tushunib
yetmaydi. Pul umumiy ekvivalent bo`lib, uning rolida qiymatga ega
bo`lgan tovarlargina xizmat qilishi mumkin. Shu sababli uningcha, tovar
ishlab chiqarilishini saqlagan holda, pulni yo`q qilish kerak. Shu yerda u
iqtisodiy munosabatlarning ikki shakli o`rtasidagi chambarchas aloqani tu-
shunmadi, uning bir shaklini (tovar) saqlab, ikkinchi (pul) shaklini yo`q
qilmoqchi edi.
Olim tovar ishlab chiqarishning asl maqsadi faqat iste'molni qon-
dirishda deb xato o`ylagan (iste'mol va almashuv uchun).
PDF created with pdfFactory trial version
www.pdffactory.com
129
Demak, Buagilberning eng buyuk xizmati shundaki, u qiymatni sar-
flangan ish vaqtiga tenglashtirdi. Lekin u tovar ishlab chiqarishning qulay
tomonini saqlagan holda uning salbiy tomonlarini tugatishni orzu qiladi.
Agar Pettining iqtisodiy ta'limotida almashuv qiymati asosiy bo`lsa,
Buagilberda iste'mol qiymati bosh rolni o`ynadi. Aslida ularni bir-biridan
ajratib bo`lmaydi.
Buagilber qarashlaridagi cheklanganlik (faqat dehqonlarni himoya
qilishi, sanoat va savdoni yetarlicha baholamasligi), bizningcha tarixan
bo`lib, Fransiya kapitalizmi rivojining xususiyatlaridan kelib chiqadi,
nazariy jihatdan orqaga qarash bor. Agar Angliyada sanoat, savdo va hatto
qishloq xo`jaligida kapitalistik munosabatlar to`la g`alaba qozongan bo`lsa,
uning iqtisodiyoti mehnat taqsimoti, raqobat, kapital va ishchi kuchlarining
faolligi bilan xarakterlanar edi; Fransiyada esa bu munosabatlar endi
shakllana boshlagan edi, xolos.
Dostları ilə paylaş: |