Iqtisodiy talimot doc


 F.Kenye - fiziokratizm ta'limotining asoschisi



Yüklə 3,09 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə39/150
tarix26.07.2023
ölçüsü3,09 Mb.
#137611
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   150
6-IQTISODIY-TALIMOTLAR-TARIXI-2005-oquv-qollanma-A.Razzaqov-va-bosh

7.2. F.Kenye - fiziokratizm ta'limotining asoschisi. 
Uning "Iqtisodiy jadval" asaridagi g`oyalar 
 
(1694-1774 yy.) har tomonlama keng bilimli olim bo`lib, Versal 
yaqinida kambag`al dehqon oilasida dunyoga keldi, u yoshligidan meditsi-
naga havas qo`ydi, qishloq jarrohidan dars oldi, tibbiyot amaliyoti unga 
shuhrat keltirdi. Dvoryan unvoniga ega bo`ldi va Versal saroyiga (Ludovik 
XV qirol saroyiga) o`tdi. 1718 yilda vrachlik kasbini oldi. 1744 yilda med-
itsina doktori ilmiy darajasiga erishdi, 1752 yildan esa Ludovik XV 
xonadonida tabiblik qildi (Leybmedik). Tibbiyot va biologiyaga oid 
ko`pgina asarlar yaratdi. Eng muhimi shuki, u oltmish yoshdan boshlab 
iqtisodiyot muammolari bilan bevosita shug`ullana 
boshladi. 
Shuni ta'kidlab o`tish kerakki, F.Kenyening 
iqtisodiy g`oyalari qirol saroyida - Versalda yuzaga 
keldi. Bu yerda u umrining deyarli oxirigacha 
yashadi va ijod qildi. Bizningcha, bu yerda obyektiv 
iqtisodiy informatsiya yetarli bo`lgan va olim 
ulardan yaxshi foydalanib o`z ta'limotlarini yaratgan. 
1766 yilda Adam Smit ham uning mehmoni va 
suhbatdoshi bo`lgan edi. Didro va D`Alamber 
tomonidan chop etilgan "qomus"da F.Kenyening 
dastlabki iqtisodiy maqolalari: "Fermerlar", "Don", "Aholi", "Soliqlar" 
paydo bo`ldi (1756-1757yy). 1758 yilda uning asosiy va eng muhim asari - 
"Iqtisodiy jadval" kitobi dunyoga keldi. F.Kenye bu asarlarida fiziokratizm 
maktabi asoslarini yaratdi, uning nazariy va siyosiy dasturini ta'riflab berdi. 
Uning ishini va tadqiqotlarini XVIII asrning ikkinchi yarmida Fransiyaning 
taniqli davlat arbobi A.Turgo (1727-1781 yy.) davom ettirdi. Fiziokratizm 
g`oyalarini (ayniqsa F.Kenye ta'limotini) Dupon de Nemur, D`Alamber, 
V.Mirabo, G.Letron va boshqalar keng targ`ib etdilar. Shunday qilib
haqiqiy fiziokratlar maktabi yoki o`sha davr tili bilan aytganda "iqtisod-
chilar maktabi" tarkib topdi. Uning eng rivojlangan davri XVIII asrning 
60-70 yillariga to`g`ri keladi. 
Qishloq xo`jalik ishlab chiqarishi muammolari tadqiqot predmeti 
sifatida qaraladi. Shu bilan birga, xalq xo`jaligi tarmoqlarining o`zaro 
chambarchas bog`liqligi deyarli e'tiborga olinmaydi 

Yüklə 3,09 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   150




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin