Iqtisodiy talimot doc



Yüklə 3,09 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə37/150
tarix26.07.2023
ölçüsü3,09 Mb.
#137611
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   150
6-IQTISODIY-TALIMOTLAR-TARIXI-2005-oquv-qollanma-A.Razzaqov-va-bosh

 
XULOSA 
XVII-XVIII asrlarda qulay ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarda dastlab 
Angliyada klassik iqtisodiy maktab kurtaklari paydo bo`la boshladi. Bu 
yangi iqtisodiy g`oyalar V.Petti nomi bilan bog`liq (burjua inqilobi, manu-
faktura va savdoning rivojlanganligi, agrar islohot, dehqonlarning chegara-
lanishi, mustamlakachilik siyosati, qulay tarixiy, tabiiy va geografik hamda 
iqlimiy sharoitlar). 
Klassik iqtisodiy maktabning shakllanishi avvalgi g`oya mer-
kantilizmdan prinsipial farq qiladi, agar merkantilizmda boylikning asosi 
muomala sohasi (javohir, oltin, kumush, pul, savdo saldosi)da vujudga ke-
ladi deb qaralgan bo`lsa, endi boylik ishlab chiqarish sohasida vujudga ke-
ladi deb isbotlab berildi. V.Petti yangi kapitalistik jamiyatni, erkin tad-
birkorlikni, kapitalistlarni himoya qildi, xususiy mulkni "muqaddas" va 
"dahlsiz" deb bildi. U iqtisodiy tadqiqotda tabiiy fanlarni, ya'ni mavhum 
usullarni qo`llab har bir masalaning ichki bog`liqligiga asosiy e'tiborni 
qaratdi, matematik va statistik usullardan keng foydalandi. 
V.Petti "tabiiy baho" (qiymat), "siyosiy baho" tushunchalarini 
kiritdi, tovar qiymatining unga sarflangan mehnat miqdori bilan 
o`lchanishi g`oyasiga, ya'ni qiymatning mehnat nazariyasiga asos soldi. 
"Mehnat boylikning otasi, yer esa uning onasidir" degan fikrni bildirdi. Qi-
ymatni aynan almashuv qiymati (pul) shaklida tushundi. 
Ish haqi ishchilarga tirikchilik uchun zarur bo`lgan jismoniy mini-
mum, ya'ni "yashash, mehnat qilish va ko`payish" uchun kerak darajada 
PDF created with pdfFactory trial version 
www.pdffactory.com


130 
to`lansa bas, degan g`oyani ilgari surdi. Kapitalistlarning foydasini imkoni 
boricha oshirishni, ishchilarning soliq to`lashlarini zarur deb bildi. 
Pulning roli va uning mamlakatdagi miqdori masalalarini asosan 
to`g`ri hal etdi, ya'ni pul miqdori ishlab chiqarilgan mahsulot miqdoriga 
to`g`ri, pulning aylanish oborotiga esa teskari proporsionalligini aniqladi. 
Pulning me'yorda bo`lishini qo`llab-quvvatladi. 
Yer va renta masalalarini ancha puxta ishlab chiqdi. Ish haqi va 
rentaning bir-biriga qarama-qarshiligini isbotladi (yer bahosini to`g`ri hal 
etmadi). 
Petti "Siyosiy arifmetika" va boshqa asarlarida statistika, aniqrog`i 
demografik statistika faniga asos soldi. "Aholi - boylik asosi" masalasini 
to`g`ri qo`ydi. Milliy daromad masalasini qo`ydi va uni qisman hal etdi. 
Fransiyadagi klassik iqtisodiy maktabning dastlabki vakili 
P.Buagilber ham muhim g`oyalarni ilgari surdi. Bu mamlakat ahvoli An-
gliyanikidan ancha katta farq qilardi. Shu sababli iqtisodiy qarashlarda 
o`ziga xoslik seziladi. Agar Petti ko`proq sanoat va savdoni qo`llagan 
bo`lsa, Buagilber asosan qishloq xo`jaligi sohasini tadqiq etdi va o`zining 
muhim xulosalarini chiqardi. Qiymatni aynan iste'mol qiymati shaklida tu-
shundi. "Proporsional baholar" tarafdori edi, erkin tadbirkorlik, raqobat va 
erkin baholarni qo`lladi. Ortiqcha ishlab chiqarish inqirozini to`g`ri tushun-
tirib berdi, pulga salbiy munosabatda bo`ldi, oltin va kumushlarni yovuzlik 
sababi deb bildi. Noto`g`ri ravishda faqat qishloq xo`jaligini qo`llab-
quvvatladi, sanoat va savdoga kam e'tibor qildi. Buagilberning iqtisodiy is-
lohotlari bo`yicha takliflari o`z davri uchun nihoyatda ahamiyatlidir. 

Yüklə 3,09 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   150




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin